O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
True
4.10. Avtomobilning turg‘unligi
Turg‘unlik deganda avtomobilning surilish, sirpanish, ag‘dari- lishga qarshilik ko‘rsatish xususiyatlari tushuniladi. Avtomobilning bo‘ylama va ko‘ndalang turg‘unliklari bo‘ladi. Bo‘ylama turg‘unlik- ning yo‘qolishi avtomobillarda juda kam uchraydi, u juda keskin nishabliklarda sodir etilishi mumkin. Shuning uchun avtomobil turg‘unligi haqida gap ketganda, odatda, uning ko‘ndalang turg‘unligi ko‘zda tutiladi. Avtomobil ning turg‘unligi bir necha ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. Bulardan asosiysi: aylana bo‘lib, harakatlanganda avtomobil surilishiga, (ag‘darilishiga) sabab bo‘ladigan eng katta tezlik; g‘ildirakning ko‘ndalang surilishiga sabab bo‘ladigan eng katta qiyalik burchak; avtomobilning ag‘darilishi boshlanishiga mos keladigan eng katta qiyalik burchak. 45 Yo‘lda harakatlanayotgan avtomobil turg‘unligi ko‘p hollarda, uning og‘irlik markazi balandligidan, bazasi, koleyasi, shinalar o‘lchami, konstruksiyasi, holati, yo‘lning egrilik radiusi va uning yuzasining holati, harakatlanish tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Sirpanchiq yo‘llarda ag‘darilishdan ko‘ra, uning surilishi yoki sirpanishi ko‘proq sodir bo‘ladi. Tishlanish sifatlari yaxshi bo‘lgan yo‘llarda ag‘darilish holatlari ko‘proq bo‘lishi mumkin. Og‘irlik markazi yuqori bo‘lganligi uchun yengil avtomobillardan ko‘ra, yuk avtomobillarining turg‘unligi kamroq bo‘ladi. Yuk avtomobillari yuklangan sari ularning og‘irlik markazi balandga ko‘tarilib, turg‘unligi yomonlashadi. Yuk avtomobili turg‘unligining yo‘qolishiga mahkamlanmagan yuklar ham sabab bo‘lishi mumkin. Burilishlarda mahkamlanmagan yuk yukxonadan siljib, devorga urilib, avtomobilning ag‘darilishiga olib kelishi mumkin. Avtomobil sisternalari yoki o‘zi ag‘daruvchi avtomobil suyuq (masalan, suyuq qorishma) yuklarni tashiganda ham shunday bo‘lishi mumkin. Egrilik bo‘ylab harakatlanganda suyuqlik tashuvchi avtomobillarning yuki bir devordan ikkinchisiga siljib, chayqalib turadi va u avtomobil turg‘unligining yo‘qolishiga olib keladi. Avtomobilni ishlatish jarayonida o‘zgaradigan ko‘p sonli faktorlardan, uning turg‘unligiga asosiy ta’sir qiladiganlari shina va tormoz tizimining texnik holatidir. Shina naqshlari yeyilgan sari yo‘l bilan tishlanish yomonlasha boradi va tezlikni oshirish yoki tormozlashda yonga surilish ehtimoli oshadi. Shina naqshlari to‘la yo‘qolgan g‘ildirakning tishlanish koeffitsiyenti, yangisiga qaraganda qariyb ikki barobar kam. Sirpanchiq yo‘llarda surilishning oldini olish uchun ilashish mexaniz mini ajratmasdan avtomobilni tormozlash yaxshi samara beradi, chunki bunda aylanayotgan yetakchi g‘ildiraklarning dvigatel maxovi gi bilan bog‘langanligi ularning blokirovka bo‘- lishiga qarshilik ko‘rsatadi. Shibbalangan qorli va sirpanchiq yo‘llarda turumlangan shi- nalardan foydalanish avtomobil turg‘unligini ancha oshiradi. Bunday shinalar bilan sinalgan avtomobilning tormoz yo‘li 2 – 2,5 baravar kamaygani aniqlangan. Turumlangan shinalar avtomobilni barcha g‘ildiraklariga yoki yetakchi g‘ildiraklariga o‘rnatilishi kerak. Oldingi o‘qiga o‘rnatilganda har bir tormozlashda orqa 46 o‘qning yonga surilishi oshib boradi. Yuk avtomobili tirkama yoki yarim tirkama bilan ishlatilganda, turumlangan shinalar, birinchi navbatda, tirkamaga o‘rnatilishi kerak. Hozirgi zamon pnevmatik shinalarga sirpanishning oldini olish uchun turum o‘rnatiladi. U korpus va o‘zakdan iborat. Korpus po‘lat va qo‘rg‘oshin qorishmasidan tayyorlanadi, korroziyaga chidamli bo‘lishi uchun oksidlanadi. Ayrim hollarda plastmassadan yasalishi mumkin. O‘zak qattiq qotishmadan aylanishga chidamli qilib yasaladi. Turumning diametri yengil avtomobillar shinalarida 8 – 9 mm, yuk avtomobillarining yuk ko‘tarish qobiliyatiga qarab 15 mm gacha bo‘lishi mumkin. Uzunligi protektor qalinligiga qarab 10 – 30 mm. Yo‘l bilan kontaktda bo‘lgan shina qismida 8 – 12 dona turum bo‘lishi kerak. Turumning chiqib turgan qismi yengil avtomobillarda 1 – 1,5 mm, yuk avtomobillarida 3 – 5 mm bo‘lsa, yaxshi foyda beradi. Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling