O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
True
30-rasm. Avtomobilning tormozlanish protsessi grafigi.
Bu grafikda: t 1 – haydovchi to‘siqni ko‘rib, tormozlash zarurligi haqida qaror qabul qilguncha ketgan vaqt, ya’ni haydovchining reaksiyasi uchun zarur bo‘lgan vaqt; t 1 = 0,3...1 s; t 2 – haydovchi oyog‘ini drossel pedalidan olib, tormoz pedaliga qo‘yishi uchun ketgan vaqt; t 3 – tormoz yuritmasidagi ish suyuqligi (yoki havo) inersiya- sini hamda lyuftlarni yo‘qotish uchun ketgan vaqt, gid ravlik yuritma uchun t 3 = 0,2...0,3; pnevmatik yuritma uchun t 3 = 0,3...1,3; avtopoyezd tormozining yuritmasi uchun t 3 = 2...2,5 s; t 4 – tormozlovchi kuchning P Tmax (A nuqta) gacha o‘sishi uchun zarur bo‘lgan vaqt t 4 = 0,5 s; t T – tormozlash uchun ketgan vaqt; t 5 – avtomobil to‘xtagandan so‘ng sistemada bosim nolgacha kamayishi uchun ketgan vaqt. Haydovchining reaksiyasi uning sog‘lig‘iga, asabiga va boshqalarga bog‘liq. Ayniqsa, spirtli ichimlik iste’mol qilgan haydovchining reaksiya vaqti t 1 katta qiymatga ega bo‘ladi, natijada harakat xavfsizligi ta’minlanmaydi. t 2 vaqt ham haydovchining reaksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum intervalda o‘zgaradi. Tormoz yuritmasidagi lyuftlarni yo‘qotish uchun ketgan vaqt t 3 suyuqlik 44 siqilmaganligi va havoning siqilishi mumkinligi sababli gidravlik yuritma uchun kam, pnevmatik yuritma uchun esa katta qiymatga ega. Avtopoyezdning umumiy uzunligi katta bo‘lganligidan pnevmatik yuritmaning ishlashi uchun ko‘p vaqt ketadi. t 4 vaqt haydovchi avtomobilni boshqarishining individual uslubi va tormoz- lash vaqtidagi sharoitiga bog‘liq. Avtomobilni tormozlashga ket- gan vaqt t T g‘ildiraklar blokirovka qilingan daqiqadan avtomobil to‘xtaguncha o‘tgan vaqt bilan o‘lchanadi. Blokirovka qilingan g‘ildirak yo‘lda faqat sirpanib harakatlanadi va shuning uchun ham qora iz qodiradi. t T vaqtning qiymati tormozlanish boshlanmasdan oldingi tezlikning qiymatiga, yo‘lning umumiy qarshilik koeffitsi- yenti bilan bog‘liq faktorlar (yo‘l ning tipi, ob-havo sharoiti va h. k.) ga, avtomobil massasiga va boshqalarga bog‘liq. Bundan tashqari, harakat xavfsizligi va effektiv tormozlanish masalalarini hal etishda avtomobil butunlay to‘xtashi uchun ketgan vaqt T 0 va masofa S 0 kabi parametrlar ishlatiladi. Bunda T 0 – haydovchi to‘siqni ko‘rgandan avtomobilni to‘xtatguncha ketgan vaqt, s; S 0 – haydovchi to‘siqni ko‘rgandan avtomobilni to‘xtatguncha o‘tilgan masofa, m. Bu qiymatlar quyidagicha ifodalanadi: T 0 = t 1 + t 2 + t 3 + t 4 + t T , c. S 0 = S 1 + S 2 + S 3 + S 4 + S T , m Bu yerda: S 1 , S 2 , S 3 , S 4 , S T – t 1 , t 2 , t 3 , t 4 , t T – vaqtlarda o‘tilgan masofalar. Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling