O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/84
Sana27.08.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1670440
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   84
Bog'liq
True

xatti-harakatlari
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiy komissiya-
sining ma’lumotlariga ko‘ra, barcha YTHning 10 % dan 40 % 
gachasi bir sathda joylashgan kesishmalarda sodir etilar ekan.
Avtomobillarning eng ko‘p manyovri (o‘ngga, chapga va orqaga 
qayrilish) chorrahalarda amalga oshiriladi. Chorrahaga yaqinlashib 
kelganda transport oqimining harakatlanish tartibi (rejimi) 
o‘zgaradi, chunki boshqa haydovchilarni o‘z vaqtida kerakli qatorga 
o‘tib olmaganligi sababli haydovchilarga boshqa haydovchilarning 
xatti-harakatlari noaniq bo‘ladi.
Yonlama ko‘rinish masofasi, chorrahadagi yo‘llarning qo‘shilish 
radiuslari, harakatlanish yo‘laklarining soni, harakat jadalligi va 
boshqa omillar ham YTHning sodir bo‘lish ehtimoliga juda katta 
ta’sir ko‘rsatadi.
3 3 3 1 1 1 5 5 
5
a) 
b) 
d)
32-rasm. Chorrahadagi ziddiyatli nuqtalar: 
a) quyilish; b) ayrilish; d) kesishish.
Transport oqimining chorrahadagi harakatlanish trayektoriyasini 
o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bu trayektoriyada oqimning bir-biriga 
qo‘shilishi, ayrilishi va kesishishi mumkin ekan. Tadqiqotlar yana 
shuni ko‘rsatadiki, YTH asosan ana shu joylarda, ya’ni nuqtalarda 
sodir bo‘ladi. Shuning uchun chorrahadagi ayrilish, quyilish va 
kesishish nuqtalari – «ziddiyatli nuqtalar» deb ataladi.
Sanab o‘tilgan ziddiyatli nuqtalarning harakat xavfsizligi uchun 
ta’siri bu manyovrlarni bajarishning murakkablik darajasidan kelib 
chiqadi.


57
Ayrilish manyovrini bajarmoqchi bo‘lgan haydovchi chorrahaga 
yaqinlashib kelganda tezlikni kamaytiradi. Avtomobilning tezligi 
orqadan kelayotgan avtomobilning tezligidan katta farq qilmaydi 
(tezlik ko‘proq burilish radiusining o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi).
Transport oqimiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan avtomobil haydovchisi 
chorrahaga yaqinlashganda tezlikni kamaytirib, oqimdagi ikkita 
avtomobil orasidagi masofaning xavfsiz qo‘shilishi uchun yetarli 
bo‘lsa, tezlikni sezilarli darajada kamaytirmasdan, manyovrni 
tugallaydi. Aks holda, u avtomobilni ma’lum muddatga to‘xtatishga 
majbur bo‘ladi.
Ziddiyatli nuqtalardan eng xavflisi – bu kesishuv nuqtalaridir. 
Haydovchi chorrahadan o‘tish uchun unga yaqinlashganda yon 
tomonidan kelayotgan avtomobillarni kuzatishi, agar yon tomondan 
chorrahaga kirayotgan avtomobillar imtiyozga ega bo‘lsa, to‘x tab, 
ularni o‘tkazib yuborishi kerak. Bu manyovrda eng asosiy omil 
yonlama ko‘rinish masofasidir.
Ziddiyatli nuqtalarning xavfliligini besh ballgacha bo‘lgan 
mezon bilan baholash qabul qilingan. Chorrahadagi ziddiyatli 
nuqtalarning soni, chorrahaning murakkabligi undagi harakatlanish 
yo‘laklarining soniga, chorrahaning turiga, harakatning boshqa-
rilishi yoki boshqarilmasligi va chorrahada ruxsat etilgan manyovr-
larga bog‘liq bo‘ladi.
Chorrahalarning murakkabligini baholash va ziddiyatli nuqtalar 
sonini kamaytirish usullari shu fan bo‘yicha maxsus kurs larda 
o‘rganiladi.
Ushbu kurs chorrahaga yaqinlashayotganda xatti-harakatlarni 
ko‘rib chiqish bilan cheklanadi.
Chorrahalarda xavfsizlik ta’minlanishining eng birinchi sharti 
yo‘l harakati qoidalariga to‘liq amal qilishdan iboratdir.
Chorrahaga yaqinlashayotgan haydovchi, avvalo, yo‘l belgilari 
va chiziqlariga e’tiborini qaratishi kerak.
Chorrahaga haydovchi asosiy yo‘ldan kirib kelayotgan bo‘lsa, 
hushyorlikni yo‘qotmasligi lozim.
Chorrahaga yaqinlashayotganda bulardan tashqari, haydovchi 
quyi dagi qoidalarga amal qilishi kerak, ya’ni orqadagi ko‘rish oynasi-
ga qarashi, keyin ogohlantiruvchi ishoralarga va xavfsizlik ta’minla ni-
shiga ishonch hosil qilgach, mo‘ljallangan manyovrni bajarishi lozim.


58
33-rasm. Avtomobilning o‘ngga 
burilish sxemasi.
O‘ngga burilishda: 1 – o‘ngga burilish 
chiroqlarini yoqish; 2 – ko‘zguga qarab 
boshqa transport vositalarining orqada va 
yonda egallab turgan holatini baholash; 
3 – o‘ng taraf dagi harakatlanish yo‘lagida 
harakat lanayotgan avtomobillarni 
o‘tkazib yuborish; 4 – o‘ng tarafdagi 
harakat yo‘lagiga o‘tish; 5 – tezlikni 
kamaytirib, kerakli uzatmani qo‘shish; 
6 – yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarni 
o‘tkazib yuborish; 7 – boshqa transport 
vositasiga xalaqit bermaslikka ishonch 
hosil qilish va iloji boricha yo‘lni qatnov 
qismining o‘ng chekkasini egallash;
8 – manyovrni tugatish.
34-rasm. Chapga burilish sxemasi.
Chapga burilish va orqaga qayrilish-
da: 1 – burilishni ogohlantir uvchi 
ishoralarni yoqish; 2 – ko‘zguga qarash; 
3 – chap tarafdagi hara katlanish yo‘lagidagi 
harakatlanayot gan avtomobilni o‘t ka-
zib yuborish; 4 – eng chapda joy lashgan 
harakatlanish bo‘lagiga o‘tish; 5 – tezlikni 
asta kamaytirish va kerakli uzatmani 
qo‘shish; 6 – yo‘lni kesib o‘tayotgan 
piyodalarni o‘tkazib yuborish; 7 – qarama-
qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan 
av tomobillar ni o‘tkazib y ubor ish;
– manyovrni tugatish. 
Chorrahadan o‘tishda quyidagicha xatti-harakatlar amalga oshi-
ri ladi: kerakli harakatlanish yo‘lagiga o‘tish, xavfsiz tezlikni tan-
lash, o‘ngga va chapga qarash, harakat uchun xavf bor bo‘lsa, 
avtomo bilni to‘xtatishi kerak.
Demak, chorrahalardan o‘tishda haydovchiga o‘z xatti-harakat-
larini quyidagi tartibda amalga oshirishni tavsiya etish mumkin.


59

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling