O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


 Tartibga solinmagan va solinadigan chorrahalarda


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/84
Sana27.08.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1670440
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   84
Bog'liq
True

5.2. Tartibga solinmagan va solinadigan chorrahalarda 
harakatlanish
Haydovchining tartibga solinmagan va solingan chorrahalardan 
o‘tish tartibi yo‘l harakati qoidalarida bayon qilingan. Bu yerda 
chorrahalarda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatlar va 
haydovchilarning amalga oshirishi kerak bo‘lgan xatti-harakatlari 
ko‘rib chiqiladi.
Chorrahalar harakatining tartibga solinishi yoki solinmaganligi 
uch turga bo‘linadi:
– tartibga solinmagan chorrahalar;
– vaqtincha tartibga solingan chorrahalar;
– tartibga solingan chorrahalar.
Bugungi kunda faqat jadalligi kichik bo‘lgan sodda chorraha-
lardagina harakatni tartibga solmaslikka ruxsat etiladi.
Chorrahada harakatni svetofor yordamida boshqarish shartlari-
ning mezonlari maxsus kurslarda o‘rganiladi.
Tartibga solinmagan chorrahalarda harakat xavfsizligi va tezlik 
yonlama ko‘rinish masofasiga va chorraha hududini haydovchining 
ish o‘rnidan ko‘ruvchanligiga bog‘liq bo‘ladi (35-rasm).
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, «A» avtomobilning haydovchisi 
chap tarafdan yaqinlashib kelayotgan avtomobilni ko‘ra olmaydi. 
Shuning uchun yaxshisi tezlikni kamaytirishi va zarur bo‘lsa 
to‘xtashi kerak.
Ba’zi paytlarda chorraha yaqinidagi avtomobillar, ayniqsa, yuk 
avtomobillari avtobuslarning ko‘rinish chegarasini cheklab qo‘yishi 
mumkin (36-rasm).
Chorrahada xavfsiz harakatlanish uchun haydovchi avtomobilning 
tezligini yonlama ko‘rinish masofasiga qarab tanlashi kerak (37-rasm).
Quyidagi jadvalda to‘rt tomonli teng ahamiyatli chorrahalarda 
yonlama ko‘rinish masofasiga qarab xavfsiz tezliklarning tavsiya 
etilgan qiymatlari berilgan. Agar avtomobil tavsiya etilgan tezlikdan 
yuqori bo‘lgan tezlikda harakatlansa, YTHning sodir bo‘lish 
ehtimoli ortib ketadi.
Yonlama ko‘rinish masofasi, m
12
21
32
45
62
76
120
Tavsiya etilgan tezlik, km/s
20
30
40
50
60
70
80


60
35-rasm. «T» simon chorrahada 
haydovchi ko‘ra oladigan chegara.
36-rasm. Chorrahadagi avtomobillarni 
boshqa avtomobillar uchun ko‘rinish 
chegarasining cheklab qo‘yilishi.
37-rasm. Chorrahadagi 
ko‘rinish masofasini aniqlash 
sxemasi:
L
a
– asosiy yo‘ldagi ko‘rinish 
masofasi; L
ik
– ikkinchi darajali 
yo‘ldagi ko‘rinish masofasi.
Agar svetofor kunning ma’lum bir davrida o‘chirib qo‘yilib, 
faqat sariq chirog‘i lipillab (yonib-o‘chib) tursa yoki harakatni 
tartibga soluvchi tomonidan boshqarib turilsa, chorrahada 
harakatlanish vaqtincha tartibga solingan deb ataladi.
Tartibga solingan chorrahalarda (svetofor yoki tartibga soluvchi 
tomonidan) harakatlanish tartibga solinmagan chorrahalarga 
qaraganda yengil bo‘ladi. Bunday chorrahalarda haydovchidan yo‘l 
harakatlari qoidalariga to‘liq amal qilish talab etiladi, xolos.
Haydovchilar yo‘l harakati qoidalarida svetoforning chiroqlariga 
mos ravishda qanday harakat qilishlari har tomonlama aniq va 
tushunarli bayon qilingan.
Yo‘l harakati qoidalari va boshqa me’yoriy hujjatlarga asosan 
piyodalarning o‘tish joyi asosan chorrahalarda rejalashtirilgan 
bo‘ladi. Ikki chorraha orasidagi masofa (peregon) katta 
bo‘lgandagina piyodalarning o‘tish joyi chorrahalar oralig‘ida ham 
qurilishi mumkin.


61

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling