O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.5. Avtomobilning balandlikka chiqishiga qarshilik kuchi va yo‘lning jami qarshilik kuchi
Yo‘lning tipi
va holati Tishlanish koeffitsiyenti Yo‘lning tipi va holati Tishlanish koeffitsiyenti Hamma tipdagi qattiq yo‘llar 0,7...0,8 Tekis muz 0,05...0,15 35 Tuproqli yo‘l Quruq va toza 0,6...0,8 Quruq 0,5...0,6 Ho‘l va iflos 0,3...0,5 Namlangan 0,3...0,4 Qor bilan qoplangan 0,2...0,4 Bahorgi paytida 0,15...0,3 Muzlagan 0,15...0,3 Qum Quruq Namlangan Sochiladigan qor 0,2...0,3 0,4...0,5 Shina va yo‘lning tishlanishi harakat xavfsizligi uchun katta ahamiyatga ega. Tishlanish koeffitsiyentining yetarli bo‘lmasligi ko‘pincha avariyalarga sabab bo‘ladi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil yo‘lidagi baxtsiz hodisalarning 16 foizi yilning namgarchilik davriga to‘g‘ri keladi, ya’ni tishlanish koeffitsiyen- tining kichikligi natijasida sodir bo‘ladi. Avtomobil doimiy harakat qilishi uchun uning tortish kuchi bilan yo‘lning jami qarshilik ku chi Pψ o‘rtasida quyidagi tengsizlik mavjud bo‘lishi kerak: P T ≥ Pψ. Lekin bu shartning bajarilishi avtomobilning harakat qilishi uchun yetarli emas, chunki g‘ildirak bilan yo‘l o‘rtasida tishlanish kuchi ham mavjud bo‘lishi kerak, ya’ni: P T ≤ Pφ. Demak, avtomobil sirpanmasdan, shatakka olinmasdan harakat- lanishi uchun quyidagi shart bajarilishi kerak: Pφ ≥ P T ≥ Pψ . . 4.5. Avtomobilning balandlikka chiqishiga qarshilik kuchi va yo‘lning jami qarshilik kuchi Avtomobil yo‘llari asosan balandlik va pastliklardan iborat bo‘lib, yo‘lning qiyaligi quyidagicha ifodalanadi: i = tgα, α – yo‘lning gorizontal tekislik bilan hosil qilgan burchagi. Balandlikka chiquvchi avtomobilning og‘irligi G ikki tashkil etuvchidan (26-rasm), ya’ni yo‘lga parallel G sinα va perpendikulyar G · cosα kuchlardan iborat. Avtomobilning balandlikka chiqishi uchun qarshilik kuchi P P quyidagicha aniqlanadi: 36 G sinα G cosα G α α Η Β 26-rasm. Avtomobilning balandlikka chiqishiga qarshilik kuchi. G – avtomobilning og‘irligi; H – qiyalikning balandligi; B – qiyalikning asosi(100 m.); α – qiyalik burchagi. P P = G sinα Avtomobil balandlikka chiqayotganida P P kuch avtomobil harakatiga qarshilik ko‘rsatuvchi, pastlikka tushayotganida esa, uni ilgariga itaruvchi kuch bo‘ladi. Demak, qiyalik i avtomobil balandlikka harakatlanganda musbat, pastlikka harakatlanganda esa, manfiy deb qabul qilinadi. G‘ildirakning gorizontal yo‘lda va balandlikka chiqishidagi g‘ildirashga qarshiligi birgalikda yo‘lning holati, tipi va qiyaligini ifodalaydi. Bu qarshilik kuchlari yig‘indisi yo‘l ning jami qarshilik kuchi Pψ ni tashkil etadi: Pψ = P f + P P = G a · f · cosα + G a · sinα = G a (f · cosα + sinα) Agar yo‘lning umumiy qarshilik koeffitsiyenti ψ = f cosα + sinα deb qabul qilinsa, Pψ quyidagiga teng bo‘ladi: Pψ = G a · ψ. Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling