O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq yo‘l
Yo‘lning tipi
f 0 (υ = 15 km/soat) f (o‘rtacha qiymati) Asfalt-beton yoki sement-beton: eng yaxshi holatda 0,014 0,014...0,018 qoniqarli holatda 0,018 0,018...0,020 tosh yotqizilgan yo‘l 0,25 0,023...0,03 shag‘al yotqizilgan yo‘l 0,02 0,02...0,025 Tuproq yo‘l: shibbalangan, quruq – 0,02...0,035 yomg‘irdan so‘ng – 0,05...0,15 qum – 0,10...0,30 shibbalangan qor – 0,07...0,10 4.4. Tishlanish kuchi. Avtomobilning harakatlanish sharti Tishlanish kuchi Rφ g‘ildirak bilan yo‘lning o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘lib, ular o‘rtasidagi ishqalanishni hamda shina elementlarining yo‘l bilan tishlanishini hisobga oladi. Demak, tishlanish kuchi g‘ildirakning yo‘lga nisbatan sirpani- shiga qarshilik qilib, uning ilgarilama harakatini ta’minlaydi. Hamma g‘ildiraklari yetakchi bo‘lgan avtomobil uchun: Rφ = R z · φ = G a · cosα · φ, faqat oldingi g‘ildiraklari yetakchi bo‘lgan avtomobil uchun: Rφ 1 = R z1 · φ = G 1 · cosα · φ, 34 faqat orqa g‘ildiraklari yetakchi bo‘lgan avtomobil uchun: Rφ 2 = R z2 · φ = G 2 · cosα · φ, bu yerda: α – yo‘lning bo‘ylama qiyaligi; G 1 , G 2 – avtomobilning oldingi va orqa o‘qlariga tushgan og‘irlik kuchlari; φ – tishlanish koeffitsiyenti; Rφ – g‘ildiraklar bilan yo‘l o‘rtasidagi tishlanish kuchi. Tishlanish koeffitsiyenti φ fizikaviy ma’nosi bo‘yicha mexanikada qabul qilingan ishqalanish koeffitsiyentini ifodalaydi va shina ning yo‘l sirti bilan mexanikaviy tishlanishini hisobga oladi. Tishlanish koeffitsiyentining qiymati yo‘lning va gruntning holatiga, shina protektorining shakliga, shinaning ichki bosimiga, g‘ildirakka tushgan og‘irlik kuchi va hokazolarga bog‘liq. Qattiq yo‘llarda tishlanish koeffitsiyentining qiymati shina bilan yo‘l o‘rtasidagi ishqalanishga hamda yo‘l ustining mikronotekisligiga bog‘liq. Yo‘l usti namlangan bo‘lsa, suv va tuproqning zarralaridan loy pardasi hosil bo‘lib, tishlanish koeffitsiyenti qiymati kamayadi. Shina yo‘l ustida sirpanib, kontaktning sirtida elementar gidrodinamik kuchlar hosil bo‘lsa, suyuq ishqalanish sodir bo‘lib, tishlanish koeffitsiyenti minimal qiymatgacha kamayadi. Deformatsiyalanadigan yo‘lda tishlanish koeffitsiyentining qiyma ti tuproqning siljishiga ko‘rsatadigan qarshiligiga va ichki ishqalanishiga bog‘liq. Tishlanish koeffitsiyenti qiymatining katta-kichikligiga shina protektorining rasmi (naqshi) ham ta’sir etadi. Yengil avtomobil- larning shinasi mayda naqshli bo‘lgani uchun qattiq yo‘llarda yaxshi tishlanadi. Yuk avtomobillarida shina protektori yirik naqshli bo‘lgani uchun avtomobilning yo‘l to‘siqlaridan o‘ta olish qobiliyati oshadi. Eksplua tatsiya davrida protektor yeyiladi va shinaning tishlanish qobiliyati kamayadi. Tishlanish koeffitsiyenti bilan vertikal kuch o‘rtasidagi munosabat to‘g‘ri chiziqqa yaqin bo‘lib, og‘irlik oshishi bilan φ ning qiymati kamayadi. Amaliy hisobda φ ning jadvalda keltirilgan o‘rta qiymatlaridan foydalaniladi. Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling