O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.9. Avtomobilning tormozlash xususiyati
4.8. Yo‘lning normal reaksiyalari
Gorizontal yo‘lda turgan avtomobilning g‘ildiraklariga ta’sir etuvchi normal reaksiyalarni aniqlaymiz. Avtomobil og‘irligining vektori og‘irlik markazidan o‘tadi. Undagi ko‘p riklarning o‘qlarigacha bo‘lgan masofa l 1 , l 2 bilan belgilanadi. G‘ildiraklarga ta’sir etuvchi, R z1 , R z2 normal reaksiyalar mos ravishda orqa va oldingi ko‘priklardagi avtomobil og‘irligining tashkil etuvchilari G 1 , G 2 larga teng bo‘ladi. R z 1 R z 2 l 2 l 1 L G 29-rasm. Harakatsiz avtomobilga ta’sir etuvchi kuchlar. G – avtomobil og‘irligi; R z1 , R z2 – orqa va oldingi ko‘priklar g‘ildiraklariga ta’sir etuvchi normal reaksiyalar; L – avtomobilning bazasi; l 1 , l 2 – orqa va oldingi ko‘priklarning o‘qlaridan og‘irlik markazigacha bo‘lgan masofalar. 41 4.9. Avtomobilning tormozlash xususiyati Avtomobilning tormozlash xususiyatlari deganda, haydovchi xohishi bilan avtomobilning harakatlanish tezligini pasaytirish zarur bo‘lganda tezda to‘xtatish va nishablik joylarida to‘xtatib turish xususiyatiga aytiladi. Tormozlash xususiyatlari bir necha tormoz tizimlari bilan ta’minlanadi. Ishchi tormoz tizimi avtomobilning harakatlanish vaqtida doimiy foydalanish uchun mo‘ljallangan, uning yordamida haydov- chi avtomobil tezligini u yoki bu darajada sekinlatishi yoki to‘xta ti- shi mumkin. Barcha turdagi avtomobil va mototsikl lar ishchi tormoz tizimi bilan jihozlanadi. Ishchi tormoz tizimining boshqa rish organi, odatda, tormoz pedali hisoblanadi. Nogironlarga mo‘ljallan gan avtomobillarda pedal dasta bilan almashtirilishi mumkin. Ehtiyot tormoz tizimi, ishchi tormoz tizimi ishdan chiqqanda avtomobilni sekinlatish va to‘xtatish uchun mo‘ljallangan. KamAZ avtomobillaridagi ehtiyot tormoz tizimi to‘xtab turish tormozi bilan konstruktiv birlashtirilgan. Yordamchi tormoz tizimi uzoq muddatga kichik tormoz kuchi hosil qilish uchun mo‘ljallangan. Bunday tormoz tizimi bilan shaharlararo yo‘nalishda qatnashga mo‘ljallangan ba’zi bir yuk avtomobillari va avtobuslar jihozlanadi. Yordamchi tormoz tizimining ish prinsipi, u ulanganda dviga- telda yonilg‘i uzatish to‘xtatiladi va gazlarni chiqarish quvurlarida to‘sgich (zaslonka) yopilib, tirsakli valning aylanishiga to‘sqinlikni vujudga keltirishga asoslangan. Shunday qilib, bunday holatda dviga tel bilan tormozlash bo‘ladi. Odatda, yordam chi tormoz tizimi- dan surunkali nishabliklarda, ishchi tormoz mexaniz mining qizishi va yeyilishining oldini olish uchun foydalaniladi. Yordamchi tormoz tizimi avtomobilni to‘satdan to‘xtatish imkonini bermaydi. To‘xtab turish tormoz tizimi to‘xtab turgan avtomobilning o‘z- o‘zidan yurib ketishi oldini olishga mo‘ljallangan. Odatda, bu tizim ishchi tormoz mexanizmlariga ta’sir qiladi va mexanikaviy po‘lat arqon yuritmali yoki prujinali energoakkumulatorli bo‘ladi. To‘xtab turish tormoz tizimi bilan barcha avtomobillar jihozlanadi. Oxirgi paytlarda yon aravachali mototsikllar ham to‘xtab turish tormozi bilan jihozlanmoqda. 42 Ayrim hollarda avtomobilni to‘xtab turish joylarida to‘xtatganda, to‘xtab turish tormozi o‘rniga past uzatmalardan biri ulab qo‘yiladi. Bu – yo‘llarda harakatlanish qoidalariga ziddir. Istisno tariqasida, boshqa iloj qolmaganda karburatorli avtomobillarda bu usulni qo‘l- lash mumkin, chunki o‘t oldirish tizimi o‘chirib qo‘yilganda, biror sababga ko‘ra, harakatga kelgan avtomobil dvigateli o‘t olmay di. Dizel dvigatelli avtomobillarda bunday usulni qo‘llash qat’iyan man etiladi. Bundan tashqari, to‘xtab turish tormozi bilan birga uzatmani ulab qo‘yish dizel dvigatelli avtomobillarda qat’iy taqiqlangan. Tormozning ikki turi mavjud: xizmat yuzasidan va tasodifan (favqulodda). Xizmat yuzasidan tormozlash deb, avtomobilning tezligini pasay- tirish yoki haydovchi oldindan ko‘zlagan joyda to‘xtatishiga aytiladi. Tasodifan tormozlash deb, kutilmaganda qatnov qismida paydo bo‘lgan yoki kech aniqlangan to‘siqni bosmaslik uchun yuqori intensivlik bilan tormozlashga aytiladi. Tormozlash xususiyatlari bir necha ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. Bulardan asosiysi: eng katta sekinlashuv va to‘xtash yo‘li hisoblanadi. Tormoz yo‘lining qiymati, ayrim hollarda eng katta sekinlashuv qiymati, avtomobilning texnik tavsifnomasida ko‘rsatiladi. Tormoz xususiyatining ko‘rsatkichlari, ularni aniqlash sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, sirpanchiq yo‘lda, quruq asfaltga qaraganda avtomobilning tormoz yo‘li ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun avtomobilning texnik tavsifnomasida u yoki bu tormoz xususiyati ko‘rsatkichini ko‘rsatganda, odatda, uni aniqlagan sharoit ko‘rsatiladi. Avtomobilning tormoz yo‘li, uning yonilg‘i to‘la quyilgan, birga yo‘lovchisi bo‘lganda qattiq qoplamali gorizontal yo‘lda soatiga 60 yoki 40 km boshlang‘ich tezlikda aniqlanadi. Avtomobilning tormozlashda sekinlashuvini aniqlash uchun maxsus pribor-desslerometr qo‘llaniladi. Tormoz yo‘li deb, avtomobilni tormozlashni boshlagandan to u to‘la to‘xtaguncha bosib o‘tgan masofaga aytiladi. To‘xtash yo‘li deb, to‘siqni ko‘rgandan to avtomobil to‘xta- guncha, avtomobil bosib o‘tgan yo‘lga aytiladi. Tasodifan tormozlash jarayonini ko‘rib chiqamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling