O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov
Asosiy boshqaruv jihozlari va ularning joylashuvi
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Haydovchining ish o‘rnidagi holati
2.2. Asosiy boshqaruv jihozlari va ularning joylashuvi
Haydovchi avtomobilni yo‘l sharoitidan kelib chiqqan holda boshqarishi kerak. Avtomobilning boshqarish jihozlari barcha hozirgi zamon avtomobillarida bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Lekin avtomobilning rusumiga qarab, ularning joylashuvi va ishlash asoslari bir-biridan farq qilishi mumkin. Shuning uchun haydovchi o‘ziga notanish bo‘lgan avtomobilga o‘tirishdan oldin uning boshqaruv jihoz lari va joylashuvi bilan har tomonlama tanishib chiqishi kerak. «Neksiya» avtomobilining asboblar taxtasi va boshqaruv jihozlari 5-rasmda ko‘rsatilgan. 2.3. Haydovchining ish o‘rnidagi holati Haydovchi avtomobilning boshqaruv jihozlari va ularning joylashuvi bilan tanishib chiqqach, avtomobilga o‘tirishi mumkin. Buning uchun u avtomobil yoniga kelib, chap qo‘li bilan eshikni ochadi. Yon tomon bilan turib o‘rindiqqa o‘tiradi va eshikni yopadi. So‘ng o‘rindiqqa qulay o‘tirganligini baholaydi. Agar o‘tirish noqulay bo‘lsa, u o‘rindiqning holatini o‘zgartirib, optimal holatni tanlaydi. Bunda u chap oyog‘i bilan ilashma tepkisini oxirigacha bosa oladigan, o‘ng oyog‘i esa tormoz tepkisini va gaz bosqichi orasida bemalol harakatlana oladigan bo‘lishi kerak. Xavfsizlik kamarini taqqan paytda haydovchining ko‘krak qafasi va kamarning tasmasi orasida bir kaft oraliqda tir qish qolishi kerak. 11 5-rasm. «Neksiya» avtomobilidagi boshqaruv jihozlarining joylashuvi: 1 – yon tomonni shamollatish panjarasi; 2 – yon oynaning puflash soplosi; 3 – chiroqning yorug‘lik dastalarini yo‘naltiruvchi rostlagich * ; 4 – tumanga qarshi old chiroqlarni ulab-uzgich; 5 – orqa oyna elektr isitgichining ulab-uzgichi; 6 – burilish ko‘rsatkichlarini va tashqi yoritish asboblarini boshqarish g‘ildiragi; 7 – rulni boshqarish g‘ildiragi; 8 – asboblar paneli; 9 – peshoyna va orqa oynalar tozalagichlarini va yuvgichlarini boshqarish pishangi; 10 – avariya darakchisining ulab-uzgichi; 11 – tumanga qarshi orqa chiroqlarni ulab-uzgich; 12 – oyna tozalagichning ishlash sikllarining chastotasini rostlagich; 13 – raqamlarni ko‘rsatadigan soat; 14 – markaziy shamollatish panjarasi; 15 – narsalar solinadigan quti; 16 – havo haroratini rostlagich; 17 – havo taqsimlash rostlagichi; 18 – magnitola; 19 – sigaret (papiros) yondirgich-tutatgichi; 20 – mayda narsalar uchun tokcha; 21 – kuldon; 22 – havo konditsionerining ulab-uzgichi * ; 23 – ventilator ishlash rejimini almashlab ulagich; 24 – havo aylantirish rejimini ulab-uzgich; 25 – akselerator pedali; 26 – o‘t oldirish qulfi; 27 – tormoz pedali; 28 – ilashma pedali; 29 – ovoz signal tugmasi; 30 – elektr saqlagichlar bloki; 31 – bakning yonilg‘i quyish og‘zini ochish tugmasi; 32 – yukxona qop qog‘ini ochish tugmasi. Avtomobilni joyidan qo‘zg‘atishdan oldin har bir haydovchi orqani ko‘rishi, ko‘zgularni o‘zi egallab turgan holatga mos ravishda sozlab olishi kerak. Kabina ichida joylashgan ko‘zguning tekis yoki qavariqligi juda kichik bo‘lishi maqsadga muvofiq. Yon tomonga o‘rnatilgan ko‘zgular shunday sozlangan bo‘lishi kerakki, undan haydovchiga ko‘zgu o‘rnatilgan tarafdagi qanotlar (krilo)ning oz qismi va yondagi kenglik bemalol ko‘rinadigan bo‘lishi kerak (6-rasm). Qo‘llar rul chambaragini shunday ushlab turishi kerakki, haydovchi avtomobilni bemalol boshqara oladigan va uzoq vaqt davomida charchamaydigan bo‘lishi kerak (7-rasm). 12 7-rasmda ko‘rsatilgan qo‘llarning holatini vaqt-vaqti bilan o‘z- gar tirib turish kerak. 6-rasm. Orqani kuzatish ko‘zgusining to‘g‘ri sozlangan holati. 7-rasm. To‘g‘ri chiziqli harakat paytidagi qo‘llarning joylashuv holati. 8-rasm. Qo‘llarning o‘zgartirib turish holatlari. Qo‘llarning holatini 8-rasmda ko‘r sa tilgandek o‘zgartirib turish haydovchining umurtqa pog‘onasining qotib yoki qiyshayib qolmas- ligini va oxir-oqibatda haydovchilarda «kasb kasalligi»ning paydo bo‘lishining oldini oladi. Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling