O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov
III. AVTOMOBILNI CHEGARALANGAN ORALIQDA
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
True
III. AVTOMOBILNI CHEGARALANGAN ORALIQDA
BOSHQARISH 3.1. Avtomobilning dinamik gabariti va yo‘lagi haqida tushuncha Avtomobillar bir-biridan o‘zlarining gabarit uzunligi va kengligi bilan tubdan farq qiladi. Yo‘l harakati jarayonida, uni tashkil etishda va avtomobillarni xavfsiz boshqarishda ularning statik holatidagi gabarit uzunligidan tashqari, dinamik holatidagi gabarit kengligi va uzunliklari ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, yo‘llarning o‘tkazish qobiliyati harakatlanish bo‘lagining kengligi va boshqalar. Harakatlanish yo‘lagining o‘tkazish qobiliyatini quyidagicha aniqlash mumkin: P V L G 1000 , avt/soat, bu yerda: V – avtomobilning harakat tezligi; L G – dinamik gabarit uzunligi. Avtomobilning dinamik gabarit uzunligi deb avtomobilning orqa bamperidan oldinda harakatlanayotgan avtomobilning orqa bamperigacha bo‘lgan masofaga aytiladi (15-rasm). L a L 2 X ∆ 15-rasm. Avtomobilning dinamik gabarit uzunligi: L a – avtomobilning statik holatidagi gabarit uzunligi; X – xavfsizlik oralig‘i; ∆ = 2–5 m – xavfsizlik tirqishi. 19 Ko‘pgina mualliflar xavfsizlik oralig‘ining uzunligini mazkur avtomobilning to‘xtash yo‘liga teng qilib olishni maslahat beradilar. Ammo real yo‘l sharoitida bu masofa to‘xtash yo‘lining uzunligidan sezilarli darajada kichik bo‘ladi. Xavfsizlik oralig‘ining uzunligini aniqlash usullari dars likning 5-bobida keng yoritiladi. Avtomobil to‘g‘ri yo‘lda harakatlanayotganida haydovchi to‘g‘ri chiziqli harakat qilyapman deb hisoblaydi. Ammo avtomobil harakatlanayotganida unga harakat yo‘nalishini o‘zgartirishga intiluvchi har xil omillar ta’sir etadi. Bunday ta’sirlarga g‘ildiraklarning yo‘l qoplamasining notekis joylariga urilishi, shamol ta’siri va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bu ta’sirlar natijasida avtomobil tanlangan yo‘nalishdan og‘a boshlaydi (16-rasm). V g I II III IV V D y 16-rasm. Yo‘lning to‘g‘ri qismidagi avtomobilning dinamik yo‘lagi: D y – gabarit yo‘lak; V g – gabarit kenglik. Ma’lum vaqt davomida avtomobil chetga og‘adi (II holat). Avtomobilni chetga og‘ganini anglab yetgan haydovchi rulni teskari tarafga buradi (III va IV holatlar). Avtomobil tanlangan yo‘nalishda harakatlana boshlaganidan keyin haydovchi yana rulni neytral (betaraf) holatda ushlab turadi. Bu jarayon harakatlanishning boshlanishidan to avtomobil to‘xtagunicha davom etadi. Dinamik yo‘lakning kengligi avtomobilning gabarit kengligiga, rul boshqarmasining texnik holatiga, haydovchiga va avtomobilning tezligiga bog‘liq bo‘ladi: D Y = 0.054 V + B G + 0,3, m, bu yerda: V – avtomobilning tezligi; V G – avtomobilning gabarit kengligi. 20 Hozirgacha avtomobilning to‘g‘ri chiziqli harakati ko‘rib chiqildi. Harakat jarayonida avtomobil harakat yo‘nalishini o‘zgar- tirib, chapga va o‘ngga burilishi yoki orqaga qaytishi mumkin (egri chiziqli manyovr). Bunday manyovrlar uchun avtomobilga zarur bo‘lgan kenglik dinamik yo‘lakchadan ancha farq qiladi. Avtomobilning eng chekka nuqtalarining yo‘ldagi proyeksiyasi bilan chegaralangan yo‘lak – avtomobilning «dinamik gabarit yo‘lagi» (DGY) deb ataladi (17-rasm). DGYning qiymati avtomobilning bazasiga (oldi va orqa o‘qlar orasidagi masofa), gabarit kengligiga, boshqariluvchi g‘ildiraklarning burilish burchagiga, tirkama va yarim tirkama- larning soniga bog‘liq bo‘ladi. 17-rasm. Dinamik gabarit yo‘lagining sxemasi. Haydovchi chegaralangan oraliqlar orqa li harakatlanayotganda dinamik gabaritli uzun likni, kenglikni va yo‘lakni doimo yodida tutishi kerak. Chegaralangan oraliqda harakatlanayot- gan haydovchi ogohlantiruvchi ishora bel- gisini (chiroqni) bergandan so‘ng kamida 5 sekund o‘tgandan keyingina o‘zi egallab tur- gan harakatlanish yo‘nalishini o‘zgartirishi, o‘ngga yoki chapga hamda orqaga buril- ish. Manyovrini boshlashi kerak. Manyovr vaqti da orqadan, oldindan va yon tomon- dan yaqinla shib kelayotgan imtiyozga ega bo‘lgan avtomobillarga yo‘l berishi kerak. Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling