O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomobilni to‘xtatish
Harakatni boshlash
Harakatni boshlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi (13- rasm). 16 13-rasm. Avtomobilning asosiy boshqaruv a’zolari: 1 – ilashma tepkisini chap oyoq bilan oxirigacha bosiladi; 2 – chap qo‘l bilan chapga burish dastakchasi pastga buralib, ishora chirog‘i yoqiladi; 3 – orqani ko‘rish ko‘zgulariga qarab orqadan bironta transport vositasi bor-yo‘qligi tekshiriladi. agar yaqinlashib kelayotgan transport vositasi imtiyozga ega bo‘lsa, u o‘tkazib yuboriladi; 4 – o‘ng qo‘l bilan uzatmalar qutisining birinchi pog‘onasi ulanadi; 5 – qo‘l tormozi bo‘shatiladi; 6 – qaz tepkisi o‘ng oyoq bilan asta bosilib, dvigatelning aylanish tezligi qulay holatga keltirib boriladi; 7 – ilashma tepkisini avval aytib o‘tilgan qoida asosida qo‘yib yuboriladi; 8 – o‘t oldirish qulfi. avtomobil harakatlanayotganda uzatmalar qutisini birinchi pog‘onadan boshqa yuqori pog‘onalarga o‘tkazish bosqichlari 14-rasmda aks ettirilgan. Avtomobilni to‘xtatish Avtomobilni to‘xtatishni uch turga ajratish mumkin: – oldindan belgilangan joyda to‘xtatish; 20 km/s 40 km/s 60 km/s 90 km/s gaz gaz gaz gaz I uzatma (0–20 km/s) II uzatma (20–40 km/s) III uzatma (40–60 km/s) IV uzatma (60–80 km/s) V uzatma (90 km/s va undan yuqori) 14-rasm. Uzatmalar qutisini yuqori pog‘onalarga o‘tkazish bosqichlari. 17 – kutilmagan vaziyatlarda to‘xtatish (svetoforning sariq yoki qizil chirog‘i yonib qolganida, imtiyozi bor transport vositalarini o‘tkazib yuborish uchun va hokazo); – yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun. Tajribali haydovchilar ikkinchi turdagi vaziyatlarni oldindan ko‘ra oladilar. Shuning uchun bunday haydovchilar uchun avtomobilni to‘xtatish ikki turga bo‘linadi, deb hisoblash mumkin. Avtomobilni to‘xtatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1. Boshqa haydovchilarni ogohlantirish maqsadida burilishning ishora chiroqlari yoqiladi. 2. Orqani ko‘rish ko‘zgulariga qarab, orqadan kelayotgan transport vositalariga xalaqit bermasligi baholanadi. 3. Yonilg‘i tepkisi oxirigacha qo‘yib yuboriladi. 4. Tormoz tepkisi to avtomobil to‘xtagunga qadar bir tekis bosiladi. 5. Uzatmalar qutisining dastagi betaraf holatga qo‘yiladi. 6. Qo‘l tormozi ishga tushiriladi. 7. Avtomobil to‘liq to‘xtaganidan so‘ng ilashmaning tepkisi qo‘yib yuboriladi. Avtomobil to‘xtab turish uchun qo‘yilganida, bulardan tashqa- ri oynalar ko‘tariladi, eshiklar va yukxona qulflanadi. Agar avtomobilda olib qochib ketishga qarshi qurilma o‘rnatilgan bo‘lsa, ular ishga tushirib qo‘yiladi. Shuni ham eslatib o‘tish joizki, avtomobil shoshilinch ravishda to‘xtatilganida tormozlashda yuqorida sanab o‘tilgan tartib saqlan- maydi. Haydovchi, eng avval, g‘ildiraklarning qotib (bloki rovka) qolmasligiga ahamiyat berishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling