O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


 Asosiy boshqaruv jihozlari va ularning joylashuvi


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/84
Sana27.08.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1670440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
True

2.2. Asosiy boshqaruv jihozlari va ularning joylashuvi 
Haydovchi avtomobilni yo‘l sharoitidan kelib chiqqan holda 
boshqarishi kerak. Avtomobilning boshqarish jihozlari barcha hozirgi 
zamon avtomobillarida bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Lekin 
avtomobilning rusumiga qarab, ularning joylashuvi va ishlash asoslari 
bir-biridan farq qilishi mumkin. Shuning uchun haydovchi o‘ziga 
notanish bo‘lgan avtomobilga o‘tirishdan oldin uning boshqaruv 
jihoz lari va joylashuvi bilan har tomonlama tanishib chiqishi kerak. 
«Neksiya» avtomobilining asboblar taxtasi va boshqaruv jihozlari 
5-rasmda ko‘rsatilgan. 
2.3. Haydovchining ish o‘rnidagi holati
Haydovchi avtomobilning boshqaruv jihozlari va ularning 
joylashuvi bilan tanishib chiqqach, avtomobilga o‘tirishi mumkin. 
Buning uchun u avtomobil yoniga kelib, chap qo‘li bilan eshikni 
ochadi. Yon tomon bilan turib o‘rindiqqa o‘tiradi va eshikni yopadi. 
So‘ng o‘rindiqqa qulay o‘tirganligini baholaydi. Agar o‘tirish 
noqulay bo‘lsa, u o‘rindiqning holatini o‘zgartirib, optimal holatni 
tanlaydi. Bunda u chap oyog‘i bilan ilashma tepkisini oxirigacha 
bosa oladigan, o‘ng oyog‘i esa tormoz tepkisini va gaz bosqichi 
orasida bemalol harakatlana oladigan bo‘lishi kerak. Xavfsizlik 
kamarini taqqan paytda haydovchining ko‘krak qafasi va kamarning 
tasmasi orasida bir kaft oraliqda tir qish qolishi kerak. 


11
5-rasm. «Neksiya» avtomobilidagi boshqaruv jihozlarining joylashuvi:
1 – yon tomonni shamollatish panjarasi2 – yon oynaning puflash soplosi; 3 – chiroqning yorug‘lik 
dastalarini yo‘naltiruvchi rostlagich
*
4 – tumanga qarshi old chiroqlarni ulab-uzgich; 5 – orqa 
oyna elektr isitgichining ulab-uzgichi; – burilish ko‘rsatkichlarini va tashqi yoritish asboblarini 
boshqarish g‘ildiragi; 7 – rulni boshqarish g‘ildiragi; 8 – asboblar paneli; – peshoyna va orqa oynalar 
tozalagichlarini va yuvgichlarini boshqarish pishangi; 10 – avariya darakchisining ulab-uzgichi; 
11 – tumanga qarshi orqa chiroqlarni ulab-uzgich; 12 – oyna tozalagichning ishlash sikllarining 
chastotasini rostlagich; 13 – raqamlarni ko‘rsatadigan soat; 14 – markaziy shamollatish panjarasi; 
15 – narsalar solinadigan quti; 16 – havo haroratini rostlagich; 17 – havo taqsimlash rostlagichi; 
18 – magnitola; 19 – sigaret (papiros) yondirgich-tutatgichi; 20 – mayda narsalar uchun tokcha; 
21 – kuldon; 22 – havo konditsionerining ulab-uzgichi
*
23 – ventilator ishlash rejimini almashlab 
ulagich; 24 – havo aylantirish rejimini ulab-uzgich; 25 – akselerator pedali; 26 – o‘t oldirish qulfi; 
27 – tormoz pedali; 28 – ilashma pedali; 29 – ovoz signal tugmasi; 30 – elektr saqlagichlar bloki; 
31 – bakning yonilg‘i quyish og‘zini ochish tugmasi32 – yukxona qop qog‘ini ochish tugmasi.
Avtomobilni joyidan qo‘zg‘atishdan oldin har bir haydovchi 
orqani ko‘rishi, ko‘zgularni o‘zi egallab turgan holatga mos ravishda 
sozlab olishi kerak. Kabina ichida joylashgan ko‘zguning tekis yoki 
qavariqligi juda kichik bo‘lishi maqsadga muvofiq. 
Yon tomonga o‘rnatilgan ko‘zgular shunday sozlangan bo‘lishi 
kerakki, undan haydovchiga ko‘zgu o‘rnatilgan tarafdagi qanotlar 
(krilo)ning oz qismi va yondagi kenglik bemalol ko‘rinadigan 
bo‘lishi kerak (6-rasm).
Qo‘llar rul chambaragini shunday ushlab turishi kerakki
haydovchi avtomobilni bemalol boshqara oladigan va uzoq vaqt 
davomida charchamaydigan bo‘lishi kerak (7-rasm).


12
7-rasmda ko‘rsatilgan qo‘llarning holatini vaqt-vaqti bilan o‘z-
gar tirib turish kerak. 
6-rasm. Orqani kuzatish ko‘zgusining 
to‘g‘ri sozlangan holati.
7-rasm. To‘g‘ri chiziqli harakat 
paytidagi qo‘llarning joylashuv holati.
8-rasm. Qo‘llarning o‘zgartirib turish holatlari.
Qo‘llarning holatini 8-rasmda ko‘r sa tilgandek o‘zgartirib turish 
haydovchining umurtqa pog‘onasining qotib yoki qiyshayib qolmas-
ligini va oxir-oqibatda haydovchilarda «kasb kasalligi»ning paydo 
bo‘lishining oldini oladi. 

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling