O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


III. AVTOMOBILNI CHEGARALANGAN ORALIQDA


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/84
Sana27.08.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1670440
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   84
Bog'liq
True

III. AVTOMOBILNI CHEGARALANGAN ORALIQDA 
BOSHQARISH 
3.1. Avtomobilning dinamik gabariti va yo‘lagi
haqida tushuncha 
Avtomobillar bir-biridan o‘zlarining gabarit uzunligi va kengligi 
bilan tubdan farq qiladi. 
Yo‘l harakati jarayonida, uni tashkil etishda va avtomobillarni 
xavfsiz boshqarishda ularning statik holatidagi gabarit uzunligidan 
tashqari, dinamik holatidagi gabarit kengligi va uzunliklari ham 
muhim ahamiyatga ega. Masalan, yo‘llarning o‘tkazish qobiliyati 
harakatlanish bo‘lagining kengligi va boshqalar. 
Harakatlanish yo‘lagining o‘tkazish qobiliyatini quyidagicha 
aniqlash mumkin: 
P
V
L
G

1000
,
avt/soat,
bu yerda: V – avtomobilning harakat tezligi; L
G
– dinamik gabarit 
uzunligi. 
Avtomobilning dinamik gabarit uzunligi deb avtomobilning 
orqa bamperidan oldinda harakatlanayotgan avtomobilning orqa 
bamperigacha bo‘lgan masofaga aytiladi (15-rasm). 
L
a
L
2
X

15-rasm. Avtomobilning dinamik gabarit uzunligi:
L
a
– avtomobilning statik holatidagi gabarit uzunligi; X – xavfsizlik oralig‘i;
∆ 
= 2–5 m – xavfsizlik tirqishi.


19
Ko‘pgina mualliflar xavfsizlik oralig‘ining uzunligini mazkur 
avtomobilning to‘xtash yo‘liga teng qilib olishni maslahat beradilar. 
Ammo real yo‘l sharoitida bu masofa to‘xtash yo‘lining uzunligidan 
sezilarli darajada kichik bo‘ladi. 
Xavfsizlik oralig‘ining uzunligini aniqlash usullari dars likning 
5-bobida keng yoritiladi. 
Avtomobil to‘g‘ri yo‘lda harakatlanayotganida haydovchi 
to‘g‘ri chiziqli harakat qilyapman deb hisoblaydi. Ammo 
avtomobil harakatlanayotganida unga harakat yo‘nalishini 
o‘zgartirishga intiluvchi har xil omillar ta’sir etadi. Bunday 
ta’sirlarga g‘ildiraklarning yo‘l qoplamasining notekis joylariga 
urilishi, shamol ta’siri va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish 
mumkin. Bu ta’sirlar natijasida avtomobil tanlangan yo‘nalishdan 
og‘a boshlaydi (16-rasm).
V
g
I
II
III
IV
V
D

16-rasm. Yo‘lning to‘g‘ri qismidagi avtomobilning dinamik yo‘lagi:
D

– gabarit yo‘lak; V
g
– gabarit kenglik.
Ma’lum vaqt davomida avtomobil chetga og‘adi (II holat). 
Avtomobilni chetga og‘ganini anglab yetgan haydovchi rulni teskari 
tarafga buradi (III va IV holatlar). Avtomobil tanlangan yo‘nalishda 
harakatlana boshlaganidan keyin haydovchi yana rulni neytral 
(betaraf) holatda ushlab turadi. Bu jarayon harakatlanishning 
boshlanishidan to avtomobil to‘xtagunicha davom etadi. Dinamik 
yo‘lakning kengligi avtomobilning gabarit kengligiga, rul 
boshqarmasining texnik holatiga, haydovchiga va avtomobilning 
tezligiga bog‘liq bo‘ladi: 
D

= 0.054 V + B

+ 0,3, m,
bu yerda: V – avtomobilning tezligi; V
G
– avtomobilning gabarit 
kengligi.


20
Hozirgacha avtomobilning to‘g‘ri chiziqli harakati ko‘rib 
chiqildi. Harakat jarayonida avtomobil harakat yo‘nalishini o‘zgar-
tirib, chapga va o‘ngga burilishi yoki orqaga qaytishi mumkin (egri 
chiziqli manyovr). Bunday manyovrlar uchun avtomobilga zarur 
bo‘lgan kenglik dinamik yo‘lakchadan ancha farq qiladi. 
Avtomobilning eng chekka nuqtalarining yo‘ldagi proyeksiyasi 
bilan chegaralangan yo‘lak 
– 
avtomobilning «dinamik gabarit 
yo‘lagi» (DGY) deb ataladi (17-rasm).
DGYning qiymati avtomobilning bazasiga (oldi va orqa 
o‘qlar orasidagi masofa), gabarit kengligiga, boshqariluvchi 
g‘ildiraklarning burilish burchagiga, tirkama va yarim tirkama-
larning soniga bog‘liq bo‘ladi. 
17-rasm. Dinamik 
gabarit yo‘lagining 
sxemasi.
Haydovchi chegaralangan oraliqlar orqa li 
harakatlanayotganda dinamik gabaritli 
uzun 
likni, kenglikni va yo‘lakni doimo 
yodida tutishi kerak. 
Chegaralangan oraliqda harakatlanayot-
gan haydovchi ogohlantiruvchi ishora bel-
gisini (chiroqni) bergandan so‘ng kamida 5 
sekund o‘tgandan keyingina o‘zi egallab tur-
gan harakatlanish yo‘nalishini o‘zgartirishi, 
o‘ngga yoki chapga hamda orqaga buril-
ish. Manyovrini boshlashi kerak. Manyovr 
vaqti da orqadan, oldindan va yon tomon-
dan yaqinla shib kelayotgan imtiyozga ega 
bo‘lgan avtomobillarga yo‘l berishi kerak. 

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling