O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/84
Sana27.08.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1670440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
True

1.2. Kursning maqsadi va masalalari
Ushbu kursning asosiy maqsadi bugungi kun talablaridan 
kelib chiqib, har qanday yo‘l sharoitlarida ham avtomobillarni 
xavfsiz boshqarishga layoqatli haydovchilarni tayyorlashga 
qaratilgan bo‘lib, bunda haydovchilarga avtomobilning bosh-
qarish jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, avtomobil yo‘llari va 
yo‘l sharoitini harakat xavfsizligi ta’siri, haydovchining ru 
hiy 
fiziologik tasniflari, ishonchliligi va ishini to‘g‘ri tashkil yetish, 
YTH va ularning turlari, kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf 
etish usullari, avtomobil konstruksiyasining xavfsizligi, avtomobil 
transporti xo‘jaliklarida harakat xavfsizligi xizmati ishini 
tashkil etish bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalar hosil qilishga 
yo‘naltirilgan.
Ushbu kursni chuqur o‘zlashtirish va ularga to‘liq amal qilish 
har qanday yo‘l sharoitlarida ham haydovchiga avtomobilni 
to‘g‘ri va xavfsiz boshqarish hamda murakkab yo‘l-transport 
vaziyatlarida YTHni bartaraf etish uchun kafolat bo‘lib xizmat 
qiladi. 


9
II. AVTOMOBILNING BOSHQARISH JIHOZLARIDAN 
FOYDALANISH TEXNIKASI
2.1. Haydovchining ish o‘rni 
Haydovchining ish o‘rni kabinaning o‘lchamlari, boshqarish 
jihozlarini ishga tushirishning qulayligi, o‘rindiqning holati va 
boshqaruv jihozlarining unga nisbatan joylashuvi, ish o‘rnidagi 
muhitning ergonomik ko‘rsatkichlari bilan tasniflanadi. 
Haydovchining ish o‘rni haydovchining antropometrik (odam 
gavdasining o‘lchamlari) va ruhiy fiziologik tasniflaridan kelib 
chiqqan holda rejalashtirilishi va jihozlanishi kerak. 
Haydovchining ish o‘rnidan foydalanish xususiyatlari maishiy 
qulaylik (komfortnost) deb nomlanadi. 
O‘rindiq – o‘rindiq taxtasi, yostiqcha, suyanchiq va amorti-
zatsiyalovchi qurilmadan tashkil topgan bo‘ladi. O‘rindiq taxtasiga 
uni sozlovchi va tutib turuvchi har xil qurilmalar biriktirilgan bo‘la-
di (masalan, suyanchiqning qiyalik darajasini sozlovchi qurilma). 
Haydovchi o‘rindiqda qulay joylashib o‘tirganida uning tana a’zolari 
ma’lum burchaklarni egallashi va boshqarish a’zolarini ishlatayotganida 
ortiqcha kuchlanish talab qilmaydigan bo‘lishi kerak (3-rasm).
3-rasm. Haydovchining o‘rindiqda joylashuvining optimal holati.


10
Haydovchining o‘rindiqqa to‘g‘ri va noto‘g‘ri o‘tirish holatlari 
4-rasmda ko‘rsatilgan.
 a) 
b) 
v)
4-rasm. Haydovchining o‘rindiqqa to‘g‘ri (a) va noto‘g‘ri (b), (v) o‘tirish holatlari.
Haydovchining ish o‘rnidagi fizik-kimyoviy sharoitlar ke yingi 
bo‘limlarda o‘rganiladi. 

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling