O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus professional ta’limning


Download 0.91 Mb.
bet178/200
Sana14.11.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1773365
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   200
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

Mavzuning nomi


Mavzuning qisqacha mazmuni




Jami


O‘qitishning tashkiliy shakli


Mustaqil ta’lim

1.

Qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunandalarining tur tarkibi, o‘simlik kasalliklarining asosiy belgilarini aniqlash. Zararli organizmlarga qarshi kurash usullari

Tur tushunchasi. Hasharotlarning turlarini aniqlash belgilari. Hasharotlarning turkumlari. To‘g‘ri qanotlilar, qattiqqanotlilar, pardaqanotlilar, tangaqanotlilar va boshq. to‘g‘risidagi tushuncha beriladi. Ularning qishloq xo‘jalik mahsuldorligiga keltiradigan zarari tushuntiriladi. O‘simlik kasalliklari xaqida tushuncha. Kasallik turlari va ularning klassifikatsiyasi. O‘simlik kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilari biologiyasi,qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunandalariga qarshi kurash usullari,tashkiliy xo‘jalik, agrotexnik, kimyoviy, biologik, fizik – mexanik, genetik va boshqa usullar, mohiyati va qo‘llanish xususiyatlari, uyg‘unlashgan kurash tizimi to‘g‘risida tushuncha berish.


6

A

3

2.

Yorug‘lik va feromon tutqichlardan foydalanish orqali hasharotlarni hisobga olish. Biologik kurash usuli, uning rivojlanishi biotsenozdagi


organizmlarni o‘zaro munosabati .Biolaboratoriyada sitotroga va mum kuyasini ko‘paytirish texnologiyasini o‘rganish

Yorug‘lik va feromon tutqichlaridan foydalanish orqali hasharotlarni hisobga olish: Asosiy tushunchalar, yorug‘lik va feromon tutqichlarining tuzilishi va ishlash prinsipi,tabiatda organizmlarni tur ichidagi va turlararo munosabatlari simbiotik munosabatlar va ularning turlari.(foreziya, mutualizm, komensalizm). Yirtqichliq va tekinxo‘rlik tushunchalari. Tekinxo‘rlikning shakllari, (haqiqiy fakultativ, ekto va endo tekinxo‘rlik) birlamchi, ikkilamchi, yakka, guruhli, tekinxo‘rlik, antibioz va boshqalar to‘g‘risida tushuncha berish. Mum kuyasini ko‘paytirish. Ozuqa maxsulotlarini tayyorlash, sitatrogani ko‘paytirish, ozuqa maxsulotlarini tayyorlash, mum kuyasi va sitatrogani ko‘paytirishda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar to‘g‘risida tushuncha beriladi.


6

A

3

3.

Biolaboratoriyada trixogramma, brakonni, oltinko‘zni, ko‘paytirish texnologiyasi bilan tanishish


Biolaboratoriyada trixogramma, brakonni, oltinko‘zni ko‘paytirish texnologiyasi bilan tanishish va uni qo‘llash texnologiyasini tushuntirish


6

A

3

4.

Biolaboratoriyada enkarziyani ko‘paytirish texnologiyasi bilan tanishish. O‘simliklarni kimyoviy himoya qilish usullari. Pestitsidlarning preparat shakllari va ularni qo‘llash usullari


Biolaboratoriyada enkarziyani ko‘paytirish texnologiyasi bilan tanishish. Uni qo‘llash texnologiyasini tushuntiriladi. Kimyoviy usulning o‘simliklarni himoya qilishdagi o‘rni, uning rivojlanish yo‘nalishlari. Bu usulning kamchiliklarini yo‘qotish yo‘llari.


Pestitsidlarni qo‘llash shakllari: dust (kukun), konsentrat emulsiya, namlanuvchi kukun, donadorlashtirilgan va mikrodonador- lashtirilgan pestitsid shakllari, oquvchi suspenziyalar, mikrokapsula va boshqa turlari shakllari. Pestitsidlarni changlash, purkash va aerozol usulida qo‘llash afzalligi va kamchiliklari.

6

A

3

5.

Fosfororganik insektoakaritsidlar va maxsus akaritsidlar xossalari Peritroidlar va yangi pestitsid guruhlari bilan tanishuv. Bordo suyuqligini tayyorlash va uni sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash


Fosfororganik insekto-akaritsidlar. Guruhning umumiy xossalari. Fosfororganik pestitsidlarning ta’sir qilish mexanizmi. Peritroidlar neonikotinoid, lyamdotsigolatrin, imidorkloprid, nematotsid va akaritsidlar tarkibi, xossalari va qo‘llanilishi. Uslubiy qo‘llanmalar foydalanib, Bordo suyuqligini tayyorlash va uni sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash o‘rganiladi xamda laboratoriya sharoitida tayyorlanadi.


6

A

3

6.

Oltingugurtning ohakli qaynatmasi (OOQ) ni tayyorlash va uning quvvatini aniqlash Kasalliklarga qarshi qo‘llaniladigan kimyoviy vositalar. O‘simliklarni kimyoviy himoya qilishda qo‘llaniladigan organik fungitsidlar. Urug‘larni dorilashda qo‘llaniladigan fungitsidlar


Uslubiy qo‘llanmalar foydalanib, Oltingugurtning ohakli qaynatmasi (OOQ) ni va uni sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash o‘rganiladi xamda laboratoriya sharoitida tayyorlanadi Fungitsidlar to‘g‘risida tushuncha. Ularning tasnifi. Fungitsidlarni qo‘llash muddatlari va usullari. O‘simliklarni o‘suv davrida qo‘llaniladigan zamonaviy fungidlarning ta’rifi.


O‘simliklarni rivojlanishi davrida qo‘llaniluvchi fungitsidlar; haqiqiy va soxta un-shudring, zamburug‘li kassalliklarga qarshi; qo‘llaniladigan fungitsidlar. Urug‘larni dorilashda qo‘llaniladigan fungitsidlar va ularning qo‘llanilish texnologiyalari. Urug‘larni dorilash sifatini aniqlash usullari.

6

A

3

7.

Gerbitsidlarning tasnifi. Ularning xossalari bilan tanishuv. G‘o‘za va g‘alla ekinlarida, sabzavot va meva bog‘larida qo‘llaniladigan gerbitsidlar




Gerbitsidlarni o‘simliklarga ta’sir qilishni o‘ziga xos tanlab ta’sir qilishining sabablari. Gerbitsidlar qo‘llashning muddatlari va usullari. Gerbitsidlar va ularning tasniflanishi. Gerbitsidlarning o‘simliklarga ta’sirchanligi xususiyatlari va ularni tanlab ta’sir qilishi. Gerbitsidlarning ishchi suyuqliklarini sarflash me’yorlari. G‘o‘za, g‘alla va boshqa ekinlar dalalaridagi begona o‘tlarga qarshi qo‘llanuvchi gerbitsidlar. Uslubiy qo‘llanmalar xamda pestitsid kolleksiyalardan foydalanib, sabzavot va meva bog‘larida qo‘llaniladigan gerbitsidlar bilan tanishiladi va xossalari o‘rganiladi.


2

A

1

8.

Defoliantlar, desikantlar va ularning qo‘llanilishi .Hammaxo‘r zararkunandalar va ularga qarshi kurash choralari G‘o‘zani so‘ruvchi va kemiruvchi. zararkunandalari hamda ularga


qarshi kurash choralari. Boshoqli ekinlar zararkunandalari hamda ularga qarshi kurash. Sholi ekini zararkunandalari.

Defoliatsiya va desikatsiya haqida tushuncha. Defoliatsiya va desikatsiya o‘tkazish muddatlari. Paxtachilikda qo‘llaniladigan defoliantlar va desikantlar.


Guruhning umumiy ta’rifi. Magniy xlorati, Dropp, avguron va boshqalar. Hammaxo‘r zararkunandalarning turlari, ularning yuqori miqdori va ommaviy ko‘payishining davriyligi. Chigirtkasimonlar: osiyo chigirtkasi, voha chigirtkasi va marokash chigirtkasi. Ularning ekologik bog‘liqligi, rivojlanish xususiyatlari va ularga karshi kurash. Chirildoqlar: adir va bordo chirildoqlari ularning bioekologiyasi va qarshi kurash. Oddiy buzoqbosh, uning rivojlanish xususiyatlari, zarari hamda kurash choralari. Qarsildoqlar va qora qo‘ng‘izlar bioekologik xususiyatlari va ularga qarshi kurash. G‘o‘za zararkunandalari tur tarkibining umumiy tasnifi. So‘ruvchi zararkunandalar: o‘rgimchakkana, o‘simlik bitlari, beda, poliz va katta g‘o‘za bitlari, tamaki trips, beda qandalasi, o‘rgimchakkana ularning biologik xususiyatlari va ularga qarshi kurash choralari. Kemiruvchi zararkunandalar: chigirtkalar, tunlamlar, ko‘sak qurti, kuzgi tunlam, karadrina va boshqalar. Bularning tarqalishi rivojlanish biologiyasi hamda kurash choralari Tur tarkibining tasifi, tarqalishi va zarari, bug‘doy tripsi, zararli xasva, g‘alla o‘simlik bitlari va ularga qarshi kurash choralari. Qalqondor qisqichbacha, puchgul tripsi,qisqichbaqa, lentestiriya, sholi suv filchasi, sholi chigirkasi, sholi pashshasi, arpa kovaklovchi pashshasi, qirg‘oq chivini va ularga qarshi kurash choralari.


6

A

3

9.

Em-xashak va dukkakli ekinlarining asosiy zararkunandalari. Sabzavot ekinlarining zararli organizmlariga qarshi uyg‘unlashgan himoya qilishning qo‘llanilishi. Poliz ekinlarining zararli organizmlariga qarshi uyg‘unlashgan himoya qilishning qo‘llanilishi. Kartoshkani zararli organizmlariga qarshi uyg‘unlashgan himoya qilishning qo‘llanilishi


Beda zararkunandalarining tarqalishi va zarari. Beda barg filchasi va tuganak uzunburunlar, ularning zarari qarshi kurash choralari. Beda qandalasi va urug‘xo‘ri.


Dukkakli ekin zararkunandalarining tur tarkibi va uning zarari. No‘xat biti, no‘xat donxo‘ri va ularga qarshi kurash. Sabzavot ekinlari zararkunanda va kasalliklariga qarshi uyg‘unlashgan himoya usullari va vositalari. Poliz ekinlari zararkunanda va kasalliklariga qarshi uyg‘unlashgan himoya usullari va vositalari. Kartoshkani zararkunanda va kasalliklariga qarshi uyg‘unlashgan himoya usullari va vositalari.

6

A

3

10.

Issiqxona sabzavot ekinlari zararkunandalari. Mevali ekinlarni zararkunanda va kasalliklariga


qarshi kurash choralari. Moyli ekinlarning zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurash choralari. Tok zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurash choralari. Sitrus ekinlarini zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurash choralari. Omborxona zararli organizmlariga qarshi kurash. O‘simlik zararkunandalariga qarshi mikroorganizimlar (bakterial,zamburug‘ va viruslar) dan foydalanish. Begona o‘tlarga qarshi biologik kurash usullari

Issiqxonada sabzavot ekinlari zararkunanda va kasalliklariga qarshi uyg‘unlashgan himoya usullari va vositalari. Mevali ekinlarni zararkunanda va kasalliklariga qarshi uyg‘unlashgan himoya usullari va vositalari.


Moyli ekinlarning asosiy zararkunandalar, kasalliklarga qarshi kurash tizimi.
Tokda uchrovchi asosiy zararkunandalar, kasalliklarga qarshi kurash tizimi.
Sitrus ekinlarida uchrovchi asosiy zararkunandalar, kasalliklarga qarshi kurash tizimi.
Omborxonada uchrovchi asosiy zararkunandalar, kasalliklarga qarshi kurash tizimi.
Bakterial preparatlarning tasir qilish mexanizmi. Bakterial preparatlarning qisqacha tarifi.Hasharotlarnig zamburug‘ kasalliklari va ular asosida tayyorlangan preparatlar. Hasharotlarnig virus kasalligi. Virus kasalligining hasharotlarga nisbatan o‘ziga xosligi
Begona o‘tlarning zarari. Begona o‘tlarga qarshi kurashda tabiiy dushmanlardan foydalanish.Zamburug‘li mikroperapatlarni qo‘llash

6

A

3






Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling