Xizmat axborotlarini ruxsatsiz ulanishdan himoya qilish
tizimlari. Ruxsatsiz ulanish quyidagi tizimlarga taalluqli bo‘lishi
mumkin:
– ma’lumotlar bazasi serveri;
– birjaning savdo zalida joylashgan savdo qatnashchilarining ish
o‘rni;
– savdo qatnashchilarining uzoqda joylashgan ish o‘rni:
– birja kompyuter tizimidagi birja savdosi bo‘limi xodimlari-
ning ish o‘rni.
79
Axborotni qayta ishlash, uzatish va birja kompyuter tizimida
saqlash bosqichlarida xavfsizlikka tahdidlar quyidagilarni qamrab
oladi:
– axborotning maxfiyligini buzish;
– axborotning to‘laqonliligini buzish;
– axborotning ochiqligini buzish.
Birja kompyuter tizimiga nisbatan qoidabuzarlar ichki (xodim-
lar orasidan) va tashqi (begona shaxslar) bo‘lishi mumkin.
Ichki qoidabuzarlar quyidagi xodimlar toifalaridan bo‘lishi
mumkin:
– birja kompyuter tizimidan foydalanuvchilar (operatorlar);
– texnik vositalarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar (muhandislar,
texniklar);
– amaliy va tizimli dasturchilar;
– binolarga xizmat ko‘rsatuvchi texnik personal:
– birja kompyuter tizimining xavfsizlik xizmati xodimlari;
– birja kompyuter tizimiga ulanish huquqiga ega bo‘lgan turli
pog‘onadagi rahbariyat.
Begona shaxslar orasidan quyidagilar qoidabuzarlar bo‘lishi
mumkin:
– savdo qatnashchilari (vakolatli treyderlar va ularning yordam-
chilari);
– birja savdo zaliga tashrif buyuruvchilar;
– birja kompyuter tizimiga masofadan ulanish kanallari bo‘yicha
hujum qiluvchilar;
– birja kompyuter tizimi bilan uning hayot faoliyatini ta’minlash
masalalari bo‘yicha aloqa qiluvchi tashkilotlar;
– raqobatlashuvchi tashkilotlar vakillari;
– tasodifan yoki atayin propusk (o‘tkazish) rejimini buzgan
shaxslar (birja kompyuter tizimi xavfsizligini buzish maqsadisiz);
– birja hududidan tashqaridagi istalgan shaxslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |