O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Birja kompyuter tizimida foydalanuvchini tanib olish


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

Birja kompyuter tizimida foydalanuvchini tanib olish. Birja 
kompyuter tizimida foydalanuvchini tanib olish tizimga foydalanuv-
chining ismi va parolini kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Foy-
dalanuvchi birja kompyuter tizimida oladigan huquqlar quyidagi 
qoidalar bilan belgilanadi:
Birja kompyuter tizimida ro‘yxatga olingan har bir foydalanuv-
chiga xuddi shu nomli SQL served foydalanuvchisi mos keladi. 
Foydalanuvchi birja kompyuter tizimiga kirishga harakat qilgan-
da tizim kiritilgan ism va parolni SQL serverga tanib olish uchun 
uzatadi. Agar SQL server foydalanuvchini tanimasa, foydalanuv-


82
chi birja kompyuter tizimida ishlashga ruxsat bermaydi. Agar SQL 
server foydalanuvchining huquqlarini tasdiqlasa, birja kompyuter 
tizimidagi foydalanuvchilar jadvalida ushbu foydalanuvchining 
nomi izlanadi. Bu jadvalda quyidagilar ko‘rsatiladi:
– foydalanuvchiga birja kompyuter tizimida ishlashga ruxsat 
berilgan vaqt oralig‘i;
– foydalanuvchining qo‘shimcha vakolatlari.
Foydalanuvchining nomi va paroli asosida SQL seiver uni 
ma’lumotlar to‘plamidagi foydalanuvchilar guruhlaridan biriga 
kiritadi (atamashunoslikda Microsoft SQL Server). Muayyan gu-
ruhga mansublik server darajasida obyektlarga (ma’lumotlar va ja-
rayonlarga) ulanish jismoniy huquqini beradi. Hozirgi paytda birja 
kompyuter tizimida quyidagi foydalanuvchilar guruhlari mavjud:
– tizim administratori;
– smena boshligi;
– buxgalter;
– savdo administratori;
– nazoratchi;
– savdo qatnashchisining savdo zalidagi treyderi;
– savdo qatnashchisining masofadagi ish o‘rnida treyderi.
Savdo qatnashchilari foydalanadigan amaliy dasturiy ta’minot 
ma’lumotlar to‘plamini bevosita o‘zgartirish huquqiga ega emas. 
Treyderlar o‘tkazadigan ma’lumotlarni o‘zgartirish bo‘yicha bar-
cha operatsiyalar saqlanadigan jarayonlar orqali amalga oshirila-
di. Har bir murojaatda saqlanadigan jarayon treyder nomi asosida 
treyderning bajarilayotgan o‘zgarishni amalga oshirish huquqini 
tekshiradi.
Tizim foydalanuvchilarning unga ulanishga qilgan harakatlarini 
maxsus fayllar (jadvallar)ga yozib boradi. Bunda har bir so‘rov bi-
lan ishlashda tizim quyidagilarni qayd qiladi:
– voqea vaqti;
– voqea turi (ulanish-uzish so‘rovi);
– foydalanuvchining nomi;
– so‘rov kelib tushgan stansiya raqami.
83
Birja savdolar bo‘limi savdo zalining nazorat guruhi xodimlari 
kelib tushayotgan so‘rovlarni birja savdo zalidagi real o‘rinlar soni 
bilan taqqoslagan holda bu jarayonni doimiy kuzatib boradilar. Pa-
rolni tanlab topishga harakatlar ham dasturiy, ham vizual jihatdan 
qayd qilinadi.
Axborot texnologiyalari bo‘limi xodimlari lokal tarmoqning bar-
cha stansiyalarida o‘rnatilgan barcha dasturiy vositalarning kunda-
lik monitoringini yuritadi. Har bir stansiya uchun unda o‘rnatilishi 
va ishga tushirilishi mumkin bo‘lgan dasturlar ro‘yxati belgilanadi. 
Stansiyalarning katta qismiga (xususan, barcha treyder stansiyala-
riga) disketadan foydalanish uni protsessor blokidan olib tashlash 
yo‘li bilan taqiqlanadi. Protsessor bloklari muhrlanadi.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling