O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

9.3. Himoyalash lozim bo‘lgan
axborotni saqlash
Asbob-uskunalarning buzilishi, yo‘q qilinishi, dasturiy xato-
lar, personalning noto‘g‘ri harakatlari va boshqa turli sabablarga 
ko‘ra ma’lumotlarni yo‘qotishning oldini olish uchun ma’lumotlar 
to‘plamidan muntazam nusxa olish tizimi ko‘zda tutilgan. Bunday 
zaxira nusxalari olish xatolik yuzaga kelgan yoki axborot yo‘qotil-
gan taqdirda eng yaqin ishga yaroqli nusxadan foydalanishga im-
kon beradi. Bundan tashqari, birjaning asosiy binosi buzilib ketgan 
taqdirda birja faoliyat ko‘rsatayotgan vaqt davomida birja kom-
pyuter tizimiga berilgan barcha buyurtmalar va ular bilan tuzilgan 
bitimlar haqida to‘liq axborot olish mumkin bo‘lishi uchun arxiv 
nusxalari olish ko‘zda tutilgan.
Ma’lumotlar to‘plamidagi axborotdan zaxira uchun nusxa lenta-
li vositalarga olinadi. Arxiv nusxalari quyidagi guruhlarga taqsim-
lanadi:
– zaxira nusxalar;
– arxiv nusxalar;
85
– «yong‘in» nusxalari.
Zaxiralash. Zaxira nusxalari ma’lumotlar to‘plamidan nusxa 
olish vaqtida bo‘lgan ma’lumotlarni qayta tiklashga imkon beradi-
gan kundalik nusxa olish uchun xizmat qiladi.
Arxivlash. Arxiv nusxalari uzoq kelajakda kerak bo‘lib qolishi 
mumkin bo‘lgan istalgan ma’lumotlardan nusxa olish va saqlash 
(arxivlash) uchun xizmat qiladi. Birja kompyuter tizimining barcha 
savdo ma’lumotlar to‘plamlari kundalik arxivlanishi lozim.
«Yong‘in» nusxalari tabiiy ofatlar ro‘y berishi natijasida bir-
ja kompyuter tizimi yo‘qotilgan hollarda birja kompyuter tizimini 
ishga tushirishga imkon beradigan ma’lumotlar va dasturlar nus-
xalaridan iborat bo‘ladi. Zaxira uchun nusxa olish belgilangan vaqt 
oralig‘ida avtomatik ravishda amalga oshirilishi mumkin. Ma’lu-
motlarni arxivlash savdolar yakunlangandan so‘ng keyingi ope-
ratsion kunga tayyorlanish jarayonining bir qismi sifatida har kuni 
bajariladi. Bunda foydalanuvchilarning barcha harakatlarini qayd 
qilish jurnali, buyurtmalar berish/chiqarib tashlash va tuzilgan 
bitimlar haqidagi axborot keyinchalik arxivlash jarayonida mag-
nit-optik vositaga ko‘chirib olinadigan ma’lumotlar to‘plamining 
arxiv jadvaliga o‘tkaziladi.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling