O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Birjaning elektron savdo maydonchasida
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
9.4. Birjaning elektron savdo maydonchasida
aksiyalar xaridi yoki sotuv narxini kiritishda treyderlarning xatolari Kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari tufayli birja savdosi klavishani bosish tezligida amalga oshirilmoqda. Va, al- batta, xuddi shu tezlikda xatolarga ham yo‘l qo‘yilmoqda. Elektron savdo maydonchasida xato yoki noto‘g‘ri bosilgan klavisha mil- lionlab dollar turishi va hattoki bozor «qulashi»ga sabab bo‘lishi mumkin. Insonga xato qilish xos, hattoki zamonaviy texnologiyalar eng tajribali reyder ham aksiyalar xaridi yoki sotuv narxini kiritishda xato qilmasligini kafolatlay olmaydi. 86 Quyida bunday xatolarga misollar keltirilgan: J. P. Morgan Securitiyes Japan kompaniyasi treyderi kompyuter- da boshqa klavishani bosib yubordi, natijada sotuvga boshqa aksi- yalar chiqarib yuborildi. Xato aniqlangan paytda esa J. P. Morgan Securitiyes Japan sotib yuborilgan aksiyalarni qayta sotib olishiga to‘g‘ri keldi. Kunning ikkinchi yarmida, xato aniqlangan paytda birja indeksining o‘sganligiga qarab, aksiyalarni qimmatroq narxda sotib olishga to‘g‘ri kelgan. Ekspertlarning baholashicha, noto‘g‘ri bitim tufayli kompaniya yo‘qotishlari 50 mln. dollardan oshmagan. 2006-yilning iyuni. Yaponiyaning Tachibana Securitiyes kom- paniyasi Adways internet kompaniyasining 2600 dona aksiyasini har birini 1670 iyenadan (14,47 dollar) sotishga buyurtma ber- di, bundan sal oldin kompaniya 2400 dona aksiyaning donasini 1,4 mln. iyenadan (12 ming dollar) joylashtirgan edi. Garchi xato darhol aniqlangan va buyurtma bekor qilingan bo‘lsa-da, 1482 dona aksiya sotib yuborilgan. Broker yo‘qotishni 1,5 mln. dollardan or- tiq baholagan. 2005-yil dekabr. Rekord xatoga Yaponiyaning Mizuho Secu- ritiyes kompaniyasi treyderi yo‘l qo‘ydi. Broker J-Com rekruting kompaniyasining bir dona aksiyasini sotishga buyurtma oldi. Bu J-Com savdosining birinchi kuniyoq ro‘y berdi: sal oldin kompani- ya aksiyalari 610 ming iyena (5 ming dollar) narxida joylashtiril- gan. Broker kompyuterga xato qilib 1 iyena narxida 610 ming dona aksiyani sotishga buyurtma kiritdi. Xatoni darhol aniqladi- lar, biroq buyurtmani bekor qilishga barcha so‘rovlarga birja kom- pyuter tizimi javob qaytarmadi. «Vedomosti» gazetasining baho- lariga ko‘ra, Mizuho Securitiyes ko‘rgan zarar 40 mlrd. iyenadan (341 mln. dollar) ortdi. Bunda kompaniyada jami 14 ming dona aksiya mavjud bolib, buyurtmani joylashtirish bozorda xaosga olib keldi, asosiy bozor indeksi Nikkei 225 301 punktga pasayib ketdi. Voqea sodir bo‘lganidan ikki hafta o‘tgach Tokio birjasi rah- bariyati iste’foga chiqdi. Shu paytda yangi qoidalar joriy qilindi. Bu qoidalarga ko‘ra, brokerlik kompaniyalari kompaniya aksiyala- rining 5 % idan ortiq bo‘lgan barcha buyurtmalarni xatoga tekshirib 87 chiqishi talab qilinadi. Shunisi qiziqki, Mizuho Securitiyes brokeri birjadan yetkazilgan zarar uchun tovon to‘lashni talab qilgan, chun- ki kompyuter tizimi bunday bitimga yo‘l qo‘ygan. Birja to‘lashdan bosh tortgan, natijada ish sudda ko‘riladigan bo‘lgan. 2003-yilning apreli. Britaniya treyderi xato bo‘yicha GlaxoSmith Kline kompaniyasining 500 mingta aksiyasining har birini 13 funt- dan sotib olgan, bozorda esa bu aksiyalar narxi 70 pensdan ham kam bo‘lgan. Yetkazilgan zarar 6 mln. funtdan ortiq deb xabar be- radi The Wall Street Folly. 2002-yil noyabr. Ryanair kompaniyasi kotirovkalarini qo‘ya- digan brokerlik firmasi klerki yevro va funtdagi aksiyalar narxini adashtirib yuborgan. Bu xato London fond birjasi indeksini darhol 61 % yoki 404,5 punktdan 653,7 punktgacha oshirgan. 2002-yil oktyabr. Britanivalik treyder fyuchers narxini kiritish- da xatoga yo‘i qo‘ydi, ikkilamchi moliyaviy vositalar bilan ishlash bo‘yicha eng yirik mavdoncha hisoblangan Eurex birjasida savdo uch soatga to‘xtab qolgan, birja indeksi esa 500 punktga pasaygan. 2002-yil sentyabr. Bitta nemis indeksi DAXni 5 180 punkt da- rajada sotish istagida bo‘lgan Eurex treyderi 5 180 ta shartnoma- ni sotib yubordi va bu narxning keskin tushib ketishiga olib keldi. Besh soat o‘tgach, birja rahbariyati buning sababi bo‘lgan bitimdan keyin tuzilgan barcha bitimlarni bekor qilishga qaror qildi. 2001-yil dekabr. Shveytsariyannig UBS Warburg banki trey- deri ikki soniya ichida ajoyib natijaga erishdi – o‘z kompaniyasi- ga 71 mln. funt zarar yetkazdi. U Densu yapon kompaniyasining 16 dona aksiyasining har birini 600 ming iyenadan sotishga harakat qilib, buning o‘rniga 610 mingta aksiyani olti iyenadan sotib yu- bordi. 2001-yil may. Lehman Brothers investbank treyderi 3 mln. funt- lik aksiyalarni sotish istagida edi, biroq u ortiqcha nollarni qo‘shib yubordi va 300 mln. funtlik aksiyalarni sotib yubordi. 1999-yil noyabr. Diler klaviaturaga suyanib, tasodifan Premi- yer Oil kompaniyasining umumiy qiymati 1,8 mln. funtdan ortiq bo‘lgan 16 mingta aksiyasini sotib yubordi. 88 Boshqacha aytganda, birja savdosining yaxshiroq ishlashi uchun faqat avtomatlashtirishning o‘zigina emas, EHMdan foydalanishda e’tiborlilik ham talab qilinadi. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling