O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- INVESTITSIYA VA XOLDING KOMPANIYALARI 11.1. Investitsiya muassasalari tushunchasi Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat
Tayanch so‘zlar: birja bitimlari, bevosita bitimlar, repo bitimlari, repo ke-
lishuvi, birja a’zolari, topshiriq shartnomasi yoki komissiya shartnomasi, ras- miy birja byulleteni, listing kompaniyalarining qimmatli qog‘ozlari, listingdan tashqari kompaniyalar qimmatli qog‘ozlari, birja a’zosi treyderi, birjaning bosh makleri, birja maklerlari, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshi- rish huquqini beruvchi malaka guvohnomasi, elektron identifikatsiya ruxsatno- masi. Nazorat savollari: 1. Qimmatli qog‘ozlarni birja savdolariga qo‘yish tartibi qanday amalga oshiriladi? 2. Kimlar savdo qatnashchilari hisoblanadi? 3. Birjada axborotga ulanish qanday amalga oshiriladi? 4. Birja savdolarida bosh maklerning huquqlari nimalardan iborat? 5. Birja savdolarida bosh maklerning majburiyatlari nimalardan iborat? 6. Birja a’zolarini savdolarga qo‘yish tartibi qanday amalga oshiriladi? 102 XI BOB INVESTITSIYA VA XOLDING KOMPANIYALARI 11.1. Investitsiya muassasalari tushunchasi Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat – qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha litsenziyalanadigan faoliyat turi. Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi, qonun hujyatlarida belgilangan hollar bundan mustasno. Investitsiya muassasalari – bu qimmatli qog‘ozlar bilan o‘z faoliyatini asosiy faoliyat sifatida amalga oshiruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilaridir. Investitsiya muassasasi bo‘lgan yuridik shaxsning ustavida u ning asosiy faoliyat turi, albatta, ko‘rsatilishi kerak (bu investitsi- ya muassasalarini oddiy xo‘jalik yurituvchi subyekt lari dan ajratib turuvchi birinchi xususiyat). Boshqa mamlakatlarda investitsiya muassasalari qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘z faoliyatini maxsus faoliyat sifatida amalga oshiruvchi tashkilot deb ta’riflanadi. Mamlakatimiz fond bozori rivojlanish bosqichida bo‘lib, qim- matli qog‘ozlarning likvidligi yuqori bo‘lmagan hozirgi sharoitda investitsiya muassasasi maqomini olishga da’vogarlik qiluvchi tashkilotlar uchun o‘z faoliyatini amalga oshirish juda qiyin bo‘la- di. Shuning uchun fond bozorida ishlashga ixtisoslashgan tashkilot- lar shakllanish bosqichida o‘zlarini ular faoliyatining taqiqlanma- gan boshqa aniq investitsiya muassasasining faoliyati bilan qo‘shib 103 olib borilishidan olingan daromadlar hisobidan qo‘llab-quvvatlashi hech qanday xavfli emas. Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat quyidagilar sifatida amalga oshiriladi: – investitsiya vositachisi (brokeri, dileri); – investitsiya maslahatchisi; – investitsiya fondi; – investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi; – depozitariy; – hisob-kitob – kliring palatasi; – transfer-agent; – qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilot- chisi. Litsenziya talabgoriga uning arizasiga binoan qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun yoki maz- kur faoliyat turining qismlari uchun litsenziya berilishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshi rish uchun litsenziya qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni birga qo‘shib olib borish uchun belgilangan cheklashlar hisobga olingan holda beriladi. Faqat qimmatli qog‘ozlar bozo- ri mutaxassisining malaka guvohnomasi bo‘lgan kamida ikki xo- dimga ega yuridik shaxslar (investitsiya fondi bundan mustasno) qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka gu- vohnomasi uch yil muddatga beriladi. Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshi ruvchi yuridik shaxslarning tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. Investitsiya fondining faoliyati boshqa turdagi faoliyat bilan bir- ga qo‘shib olib borilishi mumkin emas. Depozitariyning professional faoliyatini birga qo‘shib olib boruv chi transfer-agent investitsiya vositachisining professional faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. 104 Professional faoliyatni birga qo‘shib olib borish va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazishga doir qo‘shimcha cheklovlar qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha va- kolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozoridagi har xil faoliyat turlarining birlashtirilishi bir shaxsning o‘ziga investitsiya muas- sasasining har xil turlari sifatida faoliyat yuritish uchun bir necha litsenziyalarni berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Investitsi- ya muassasalari sifatida yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin. Yuridik shaxs hisoblangan investitsiya muassasalarining faoliyati litsenziyalanishi lozim. Investitsiya muassasalarining lit- senziyalanishi ular faoliyatining davlat tomonidan nazorat qilinishi- ni anglatadi. Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi har bir faoliyat turiga mazkur bozorni tartibga soluvchi organning muayyan litsenziyasi to‘g‘ri keladi. Jismoniy shaxslar qimmatli qog‘ozlar bozorida in- vestitsiya maslahatchisi va investitsiya vositachisi sifatida faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun jis- moniy shaxslar mahalliy hokimiyat idoralarida tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olinishi hamda fond bozorini tartibga soluvchi organ to- monidan beriladigan malaka shahodatnomasiga va litsenziyaga ega bo‘lishi lozim. Malaka shahodatnomasi 3 yil muddatga beriladi. Investitsiya muassasalarining ikkinchi o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularni xodimlarining asosiy tarkibi, xususan: – investitsiya muassasalarining rahbarlari; – investitsiya muassasalarining qimmatli qog‘ozlar bilan in- vestitsiya muassasasi nomidan bitimlar tuzishda bevosita ishtirok etuvchi, shuningdek, mijozlar bilan ishlovchi mutaxassislari fond bozorining ahvoli uchun mas’ul bo‘lgan organda majburiy ravishda shahodatlashdan o‘tishlari kerak. Investitsiya muassasasida ishlovchi va qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni bajarishga doir hujjatlarga imzo chekish huquqiga ega bo‘lgan shahodatlashdan o‘tgan mutaxassislar kamida ikkita xususiyatga ega bo‘lishi zarur. 105 Va, nihoyat, investitsiya muassasalarining uchinchi o‘ziga xos xususiyati shuki, ular yetarli darajadagi o‘z mablag‘lariga ega bo‘lishi lozim. O‘z mablag‘lari deganda ustav, qo‘shimcha, zaxi- ra fondlari va bevosita foydadan tashkil topgan mablag‘lar hajmi tushuniladi. Investitsiya muassasalarining muayyan turlari uchun belgilangan majbuny iqtisodiy me’yorlarning mohiyatini keyingi boblarda ko‘rib chiqamiz. Yuqorida ta’kidlanganidek, 1996-yilgacha O‘zbekiston fond bozorida istalgan professional faoliyat turini amalga oshirish uchun qimmatli qog‘ozlar bozorida vositachilik faoliyatini amalga oshi- rish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lishning o‘zi yetarli edi. Bu yilga kelib, asosan, brokerlik, dilerlik, maslahat va depozitar (yagona, ammo yirik «VAQT» Milliy depozitariy doirasida) kabi faoliyat turlari rivoj topdi, bunda, ayniqsa, broker-dilerlik faoliya- tini maslahat faoliyati bilan birga olib borish kuchli taraqqiy etdi. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling