O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
11.2. Investitsiya va xolding
kompaniyalari faoliyati Investitsiya kompaniyasi – bu qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, qimmatli qog‘ozlarga mablaglar sarflash, qimmatli qog‘ozlarni o‘z nomidan va o‘z hisobidan olish-sotish ishlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir (biz investitsiya kompaniyasi deb ataydigan muas- sasa AQSH amaliyotida investitsiya banki deb nomlanadi). Investitsiya kompaniyalari o‘z resurslarini faqat muassislarning mablag‘lari va qayta investitsiyalangan o‘z mablag‘lari hisobidan shakllantiradi hamda yuridik va jismoniy shaxslarga sotiladigan o‘z qimmatli qog‘ozlari emissiyasini amalga oshiradi. Investitsiya kompaniyalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarishni tashkil etish va emitentga (muassislarga) ularning joylashtirilishi kafolatini berish. 2. Qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar qilish. 106 3. Qimmatli qog‘ozlar bilan o‘z hisobidan va shaxsiy tavak- kalchilik asosida operatsiyalar (oldi-sotdi) qilish (dilerlik faoliyati). O‘zbekistonda dastlabki investitsiya kompaniyalari 1992-yil- ning oxirida paydo bo‘ldi. Ulardan eng yirigi «Toshkent» Respub- lika universal tovar-fond birjasi bazasida tashkil etilgan «Toshkent» O‘zbekiston moliya-investitsiya kompaniyasi («O‘zmoliyain- vest») edi. Investitsiya kompaniyalari «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingun- ga qadar «Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish me- xanizmi to‘g‘risida»gi va «Korxonalar to‘g‘risida»gi Qonunlar asosida ish olib borardi. Ularning investitsiya muassasasi sifatida- gi faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonun hujjati mavjud emas edi. Shuning uchun ko‘pchilik investitsiya kompaniyalari tijorat va qimmatli qog‘ozlar bozori bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa faoli- yat turlari bilan shug‘ullanardi. 1996-yilda investitsiya kompani- yalari faoliyatining ayrim cheklovlari qabul qilinganidan keyin (ular o‘zlarining jalb qilingan resurslarini aholining omonatlari va mablag‘lari hisobidan shakllantirishi mumkin emas edi) ularning ko‘pchiligi investitsiya muassasalarining boshqa turlariga (odatda, boshqaruvchi kompaniyaga) aylangan holda o‘z maqomini o‘zgar- tirdi. Investitsiya kompaniyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri anderrayting, ya’ni qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish yoki ular- ni sarmoyadorlar o‘rtasida joylashtirish kafolatini berish hisoblana- di. Anderraytingga quyidagilar kiradi: qimmatli qog‘ozlarni chiqa- rish shartlarini belgilash, ularning yangi nashrlarini tayyorlash, qimmatli qog‘ozlarni keyin sarmoyadorlarga qayta sotish uchun emitentlardan sotib olish, ularni joylashtirish kafolatini berish, yan- gi nashrlarga obuna qilish bo‘yicha sindikatlar yoki sotish bo‘yicha guruhlar tashkil etish. Anderrayter – bu qimmatli qog‘ozlarga xizmat ko‘rsatuvchi va ularning birlamchi joylashtirilishiga kafolat beruvchi, qimmat- li qog‘ozlarni keyinchalik xususiy sarmoyadorlarga qayta sotish uchun emitentdan sotib oluvchi investitsiya muassasasidir. 107 Anderrayter sifatida investitsiya muassasalarining guruhi ish- tirok etishi mumkin. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling