O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Birja a’zolarini savdolarga qo‘yish tartibi
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
10.2.3. Birja a’zolarini savdolarga qo‘yish tartibi
Birja a’zolari savdolarga kirish huquqini olish uchun birjaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: a) birja a’zosi nomidan treyderlarga qimmatli qog‘ozlar oldi- 97 sotdisi bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi ishonch noma; b) ro‘yxatdan o‘tkazish varaqasi; d) taqdim etuvchi tomonidan tasdiqlangan quyidagi litsenziyalar nusxasi: – qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi yoki in- vestitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida profes- sional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya; – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga berilgan bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsen- ziya; – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan sug‘ur- talovchilarga berilgan sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya; – qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka guvohno- masi nusxasi. Birjada birja a’zosi ro‘yxatdan o‘tganidan keyin uning treyder- lariga birjaning markaziy savdo zaliga kirish uchun elektron iden- tifikatsiya ruxsatnomasini hamda Savdo tizimiga ulanish uchun parol beradi. Treyderlar soni birja a’zosi tomonidan belgilanadi. Birja a’zosi ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng unga o‘zgartirilmaydigan identifikat- siya raqami beriladi. Birja a’zosi ro‘yxatdan o‘tganidan keyin uning treyderlari mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda ishchi termi- nallarga qo‘yiladi. Savdo kuni davomida Savdo tizimiga ruxsatsiz kirish holatlarini bartaraf etish maqsadida birja a’zosini identifikat- siya qilish uchun treyder tizimga o‘zining shaxsiy parolini kiritadi. Birja a’zosi o‘z parolini o‘zgartirishi uchun quyidagi hollarda birjaga yozma ravishda murojaat qiladi: – birja a’zosining treyderi almashganida; – parol to‘g‘risidagi ma’lumotning oshkor bo‘lganligi holati aniqlanganda; – treyderning parolidan foydalangan holda Savdo tizimiga rux- satsiz kirilganida. 98 Treyder o‘zining shaxsiy parolining maxfiyligini saqlashga maj- bur. U birja a’zosi bilan mehnat shartnomasini bekor qilganidan so‘ng paroldan foydalanish huquqini yo‘qotadi. Treyderlar o‘z parollarini oshkor qilish hamda Savdo tizimiga begona parol ostida kirish huquqiga ega emas. Ushbu qoida buzil- gan taqdirda bunga yo‘l qo‘ygan birja a’zosining vakillari birja Ar- bitraj komissiyasining qaroriga qadar savdolarda ishtirok etishdan chetlashtiriladi. Ba’zi asoslarga ko‘ra vakolatlarini yo‘qotgan treyderlarning ruxsatsiz harakatlarining oldini olish maqsadida birja a’zosi ushbu treyderlarga ilgari berilgan ishonchnomalarni birjadan o‘z vaqtida chaqirtirib olishi va savdo tizimiga kiriladigan parolni almashtirishi shart. Birja Savdo tizimida qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimlarni amalga oshirish uchun birja a’zolariga teng sharoitlarni yaratib be- radi. Birja a’zolari bitimlarni quyidagicha amalga oshirish huquqi- ga ega: a) o‘z nomidan va o‘z hisobidan (birja a’zolari – dilerlar); b) komissiya shartnomasi asosida o‘z nomidan o‘z mijozlari hisobiga; bunda birja a’zosi bitim bo‘yicha komissioner sifatida chiqadi (birja a’zolari – brokerlar); d) topshiriq shartnomasi bo‘yicha o‘z mijozi nomidan; bun- da treyder bitim bo‘yicha ishonchli vakil sifatida chiqadi (birja a’zolari – brokerlar); e) mijozning investitsiya aktivlarini boshqarish bo‘yicha qim- matli qog‘ozlar bilan oldi-sotdi bitimi (birja a’zolari – investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari). Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling