O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

Tayanch so‘zlar: birja, xizmat axboroti, savdo qatnashchilari, birja kompyu-
ter tizimi, treyder, zaxiralash, arxivlash, «yong‘in» nusxalari, birja statistikasi.
Nazorat savollari:
1. Birja nima?
2. Kimlar savdo qatnashchilari hisoblanadi?
3. Birjada axborotga ulanish qanday amalga oshiriladi?
4. Xizmatga oid axborotlarni ruxsatsiz ulanishdan himoyalash tizimi qan-
day amal qiladi?
5. Birja kompyuter tizimida axborot xavfsizligiga tahdidning asosiy turlari-
ni sanab bering.
6. Himoya tizimiga qo‘yiladigan talablar qanday?
7. Birja kompyuter tizimida foydalanuvchini tanib olish qanday ro‘y beradi?
8. Savdo jarayoni modeli nimalarni qamrab oladi?
9. Dasturiy vositalar operatorlarining xatolaridan himoyalash qanday 
amalga oshiriladi?
10. Axborotni saqlash qanday amalga oshiriladi?
11. Treyderlarning eng tarqalgan xatolarini ko‘rsating.
12. Birja statistikasining vazifalari qaysilar?
91
X BOB
FOND BIRJASIDA QIMMATLI
QOG‘OZLAR SAVDOSI BITIMLARI
10.1. Qimmatli qog‘ozlar savdosi
bitimlarini tuzish bo‘yicha
amaliy ko‘rsatmalar
Birjada quyidagi birja bitimlari amalga oshirilishi mumkin:
– bevosita bitimlar – qimmatli qog‘ozlar va, shuningdek, ular-
ning xosilalarini sotib olish va sotish bitimlari;
– repo bitimlari – qaytarib sotib olish sharti ko‘zda tutilgan qim-
matli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimi.
Shuningdek, repo-kelishuv – bu tomonlar ishtirokida repo biti-
mini amalga oshirish uchun tuziladigan kelishuv bo‘lib, ushbu 
bitimning narxi va o‘zga shartlarini, shuningdek, muddatlarini bel-
gilaydi.
Birja a’zolari o‘rtasidagi bitim uni savdo tizimida qayd etish va 
maxsus hisob registrida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali tuziladi. Bir-
ja bitimlari birja nomidan va hisobidan amalga oshirilishi mumkin 
emas. Birja a’zolari bitimlarni o‘z nomidan va o‘z hisobidan yoki 
mijozlarning topshirig‘i bo‘yicha amalga oshirishlari mumkin.
Topshiriq shartnomasi yoki komissiya shartnomasi birja a’zolari 
tomonidan mijozlar topshirig‘i bo‘yicha bitimni amalga oshirish 
uchun asos bo‘ladi. Tuziladigan topshiriq shartnomalari va komis-
siya shartnomalarining muhim shartlari mazkur Qoidalarda ko‘zda 
tutilgan talablarga to‘g‘ri kelishi lozim.


92

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling