O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

10.1.1. Qimmatli qog‘ozlarni birja
savdolariga qo‘yish tartibi
Birjada qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha 
vakolatli davlat organida davlat ro‘yxatidan o‘tgan, Markaziy de-
pozitariyda ro‘yxatga qo‘yilgan, «Toshkent» RFBning rasmiy birja 
byulleteni to‘g‘risidagi Nizomga ko‘ra qimmatli qog‘ozlar rasmiy 
birja byulleteniga kiritilgan hamda joylashtirish va (yoki) muoma-
lada bo‘lish jarayonida bo‘lgan emission qimmatli qog‘ozlarning 
savdolarga qo‘yilishiga ruxsat beriladi.
Birjada joylashtirilayotgan va muomalada bo‘layotgan qimmatli 
qog‘ozlar qiymati O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi-
da ifodalanadi va to‘lanadi, qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollarda 
esa chet el valyutasida to‘lanadi. Rasmiy birja byulletenidagi qim-
matli qog‘ozlar listing kompaniyalarining qimmatli qog‘ozlari va 
listingdan tashqari kompaniyalar qimmatli qog‘ozlariga bo‘linadi.
10.1.2. Rasmiy birja byulleteni
Rasmiy birja byulleteni rasmiy birja listingi va listingdan tash-
qari kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlarini o‘z ichiga oladi. 
Lis tingdan tashqari kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlariga qu-
yidagilar kiradi:
a) listing talablariga to‘g‘ri kelmaganligi sababli listing jara-
yonidan o‘tmagan emitentlarning qimmatli qog‘ozlari;
b) birja qoidalariga muvofiq ravishda ekspertizadan o‘tmagan 
holda birjaga joylashtirish va muomalada bo‘lish uchun buyurtma 
berilgan qimmatli qog‘ozlar;
d) delisting natijasida rasmiy birja listingidan chiqarilgan emi-
tentlarning qimmatli qog‘ozlari.
Ekspertizadan o‘tmagan holda birjaga joylashtirish va muoma-
lada bo‘lish uchun buyurtma berilgan qimmatli qog‘ozlarga qu-
yidagilar kiradi:
93
a) Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan sotuvga qo‘yilgan davlat 
aktivlari (aksiyalari);
b) joylashtirish vaqtida sotuvga qo‘yilgan aksiyalar;
d) birjada muomalada bo‘lish uchun egalari tomonidan qo‘yil-
gan aksiyalar;
e) baholovchi tashkilot tomonidan oldindan baholanishi ma-
jburiy bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha maxsus savdo 
maydonchasiga qo‘yiladigan qimmatli qog‘ozlar;
f) birjada joylashtirilishi va muomalada bo‘lishi uchun qo‘yi-
ladigan korporativ obligatsiyalar.
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqa-
rilgan qimmatli qog‘ozlar qonunchilikka muvofiq davlat ro‘yxa-
tidan o‘tganidan keyin ularning O‘zbekiston Respublikasi hududi-
da muomalada bo‘lishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va kvotalar doirasidi bir-
jada muomalaga qo‘yiladi.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling