O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Birja bitimlarining ishtirokchilari
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.2.1. Birja savdolari ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar
10.2. Birja bitimlarining ishtirokchilari
va ularga qo‘yiladigan talablar Birja boshqaruvi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan birja a’zolari birja bitimlarining ishtirokchilari hisoblana- di. Birja a’zosining faqat birjada belgilangan qoidalarga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan va ishonchnoma asosida faoliyat yurituvchi trey- derlari birja a’zosi nomidan bitimlar tuzish huquqi bilan birja sav- dolarida ishtirok etishi uchun ruxsat beriladi. Birja a’zosi o‘zining treyderi (treyderlari) tomonidan birjada amalga oshiriladigan barcha harakatlar uchun javobgardir. Trey- derlarning noto‘g‘ri yoki ruxsat etilmagan harakatlari natijalari uchun birja javobgar emas. Birja savdo zaliga birja savdolarida bitim tuzmaslik sharti bilan kirish uchun quyidagilarga ruxsat be- riladi: – birjaning bosh makleri; 94 – birja maklerlari; – savdo tizimining belgilangan tartibdagi faoliyatini ta’minlov- chi birja mutaxassislari; – birja boshqaruvi raisi, uning o‘rinbosarlari; – qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining vakolatli vakillari; – qonunda ko‘zda tutilgan tartib va hollarda boshqa shaxslar. Savdolarni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yish va to‘xtatish huquqi bilan savdolar jarayoniga tezkor aralashish huquqiga, keyinchalik o‘z harakatlarini yozma rasmiylashtirish bilan, birja boshqaruvi rai- si, uning o‘rinbosarlari, birjaning bosh makleri, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining vako- latli vakillari ega. 10.2.1. Birja savdolari ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar Birja a’zolarining treyderlari Savdo tizimining ish tartibiga mu- vofiq mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda savdolarda ishtirok etishlariga ruxsat beriladi. Birja a’zosining treyderi quyidagilarga ega bo‘lishi lozim: a) qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan mutaxassisga berilgan qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi I yoki II toifali malaka guvohnomasi; b) treyderning attestatsiya sinovidan o‘tganligi to‘g‘risidagi bir- ja malaka komissiyasining guvohnomasi; d) Savdo tizimida ishlash huquqini beruvchi birja malaka komis- siyasining guvohnomasi; e) birja a’zosi tomonidan berilgan tegishli ishonchnoma; f) birja a’zosi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tayyorlangan va treyderga berilgan treyderning ro‘yxatga olish shtampi (treyder shtampi). 95 Birja a’zosi treyderining birja savdolarida qatnashishi uchun Sav do tizimiga ulanishida uning Savdo tizimiga kirishi uchun asos bo‘lgan hujjatlarning mavjudligi va huquqiy holati tekshiriladi. Birja a’zosi qonunchilik va mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda o‘z treyderlarining harakatlari (harakatsizligi) uchun javobgardir. Bosh maklerga (maklerlarga) qo‘yiladigan talablar birja makle- riati to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi vakilining vakolatlari qonunchilikka muvofiq belgi- lanadi. Savdolarga qo‘yish, savdo ishtirokchilarini identifikatsiyalash ustidin nazorat qilish hamda ularga qimmatli qog‘ozlar bilan ope- ratsiyalarni bajarish huquqini berish birjaning bosh makleri va birja a’zolarini ro‘yxatga olish uchun mas’ul bo‘lgan birja bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling