O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Birja savdolarida bosh maklerning


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

10.2.2. Birja savdolarida bosh maklerning
huquq va majburiyatlari
Savdoni o‘tkazish vakolatlan va belgilangan qoidalarning talab-
lariga rioya etilishini nazorat qilish bosh makler zimmasiga yukla-
tiladi. Bosh makler savdolarning o‘tkazilish jarayonini boshqaradi, 
treyderlar bilan tezkor o‘zaro aloqani amalga oshiradi hamda sav-
dolar o‘tkazilishiga jalb qilingan birja xizmatlari faoliyatini mu-
vofiqlashtiradi.
Bosh makler quyidagi huquqlarga ega:
– birjada amalda bo‘lgan qoidalar va nizomlarning treyderlar to-
monidan so‘zsiz bajarilishini talab qilish;
– savdo zalidan begona shaxslarni chiqarib yuborish;
– savdolarni o‘tkazish tartibini buzgan yoki ularni o‘tkazish-
ga xalaqit bergan treyderlarni zaldan chiqarib yuborish va Savdo 
tizimidan o‘chirish;
– savdolarni o‘tkazish tartibi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha 
axborotlarni rasmiy e’lon qilish.


96
Bosh maklerning majburiyatlari:
– birja boshqaruvi farmoyishlarini o‘z vakolati doirasida baja-
rish;
– birja boshqaruvi qarori bilan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq 
Savdo tizimini tayyorlash, ochish va yopish;
– reglament va mazkur Qoidalarga qat’iy amal qilgan holda sav-
dolarni o‘tkazish jarayonini boshqarish;
– bitimlar tuzilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek, 
sav do yakunlari bo‘yicha boshqa hujjatlarni imzolash;
– favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan holda mazkur Qoidalarga 
muvofiq chora ko‘rish;
– savdolar jarayonida yuz beradigan buzilishlarni qayd etish va 
bu haqda birja boshqaruvini o‘z vaqtida xabardor qilish;
– bitim tuzayotgan tomonlar o‘rtasida nizolar yuzaga kelganida 
savdo zaliga zudlik bilan qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga so-
lish bo‘yicha vakolatli davlat organining vakolatli vakilini va birja 
boshqaruvi raisini chaqirtirish;
– savdo yakunlari bo‘yicha hujjatlarning hisobini va ularning 
saqlanishini ta’minlash;
– savdo kuni bayonnomasini tuzish;
– savdolarni o‘tkazish tartibi bilan bog‘liq bo‘lgan birja bosh-
qaruvining farmoyishlarini birja a’zolariga o‘z vaqtida yetkazish;
– qonunchilik va mazkur Qoidalarning buzilislii holatlari aniq-
langan taqdirda hujjatlarni imzolamaslik.
Bosh makler (maklerlar) tomonidan savdolar jarayonida olingan 
ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi. Bosh makler savdoda ishtirok et-
magan hollarda birja boshqaruvi farmoyishiga muvofiq uning vazi-
falarini makler bajaradi.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling