O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Vazifalarni avtomatlashtirishning


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

9.5. Vazifalarni avtomatlashtirishning
ahamiyati
Birja savdosini avtomatlashtirish birja muhitini tubdan o‘zgar-
tirib yubordi va bozor xulq-atvoriga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu nima 
uchun «tarixiy» ma’lumotlar bilan ishlash mexanik savdo tizimi-
ning faoliyat ko‘rsatish samaradorligini oshirmasligi sabablaridan 
yana biridir. Doimiy taraqqiy etayotgan jamiyatning texnologik 
rivojlanishi bozorning asosiy elementi – insonni uzluksiz o‘zgar-
tirib boradi.
Birja faoliyati obyektlari va subyektlarining axborot-tahliliy 
ta’minoti statistikaning muhim vazifasi va birja faoliyatini tartibga 
solish va sug‘urtalashning zarur sharti hisoblanadi. Davlat statis-
tikasi va birjalarni nazorat qilishi va litsenziyalashi lozim bo‘lgan 
organlar birja bozorining miqyosi va ahvoli, uning infratuzilmasi, 
birja jarayoni qatnashchilarining daromad va xarajatlari haqidagi 
ma’lumotlarga ehtiyoj sezadi. Biznes-statistika birja bozorining sa-
lohiyati, uning rivojlanish qonuniyatlari, narx va sotuv bashorati, 
birja bozorida investitsiyalar haqidagi ma’lumotlarga ehtiyoj seza-
di. Shunday qilib, birja statistikasining vazifalari birja konyunk-
turasi, birja tovar aylanmasi tendensiyalari va narx, tovar bozorida 
birjalar roli, birja jarayonining moddiy ta’minoti haqida axborot 
to‘plash va tahlil qilishga borib taqaladi.
Birja statistikasining muayyan vazifalari quyidagilardan ibo-
rat: birjalar mavjudligi va birja faoliyati haqida axborot to‘plash 
va qayta ishlash; muayyan sanadagi yoki davrdagi birja bozorining 
ahvolini baholash; birja savdosi salohiyati talab va taklif bahosini, 
ularuing nisbatini aniqlash; birjada ishbilarmonlik faolligini ba-
holash; birja tovar aylanmasini, uning hajmi, strukturasi va dina-
89
mikasini, tovarlar ulgurji bozorida tovar birjalari rolining tavsifini 
baholash va tahlil qilish; real tovarli bitimlar va muddatli bitimlar 
nisbatini tahlil qilish; birja narxlari darajasi, o‘zgaruvchanligi va 
dinamikasini, ularning mavsumiyligini tahlil qilish, birja narxlari-
ni bashorat qilish; birja savdosining tijorat natijalarini baholash va 
tahlil qilish; birja savdosi infratuzilmasining holati va rivojlanishi 
tavsifnomasi.
Avtomatlashtirishda bu operatsiyalarni amalga oshirish uchun 
ketadigan vaqt va mehnat sarfi sezilarli qisqaradi. Shu sababli band-
lik xizmatining eng yaxshi ishlashi uchun avtomatlashtirish zarur.
Xulosa
Birja savdosining sezilarli o‘sishi tovar bozori, xomashyo va 
oziq-ovqat bozori uchun tovar birjalari ahamiyatining ortishiga olib 
keldi. Ularning ko‘plab turlari bo‘yicha birja aylanmalari jahon 
sav dosi va jahon ishlab chiqarish hajmidan bir necha marta ortiq.
Garchi birjalarda tovarlarni real yetkazib berish mos keluvchi 
tovarlar bilan jahon savdosining 5–10 % idan ortmasa-da, jahon 
bozorida narxlar shakllanishi va muayyan bitimlarga, shuningdek, 
firmalar faoliyati natijalariga birjalarning ta’siri juda katta.
Oxirgi yigirma-o‘ttiz yil davomida birja aylanmasining jiddiy 
o‘sishiga yangi texnik vositalar, avvalo, EHMlarning joriy qilinishi 
sabab bo‘ldi. Masalan, hisob-kitob palatalarida EHM o‘rnatish mi-
jozlar bilan hisob-kitoblarni avtomatlashtirish, hisob-kitob, komis-
sion foizlar hisoblash, axborotni saqlash va h.k. bilan bog‘liq barcha 
zarur hujjatlardan ko‘chirma olish muammolarini to‘liq hal etishga 
imkon berdi. Bundan tashqari, fyuchers savdosiga xizmat ko‘rsatish 
xarajatlarlarini pasaytirish, hujjatlar bilan ishlashni tezlatish va si-
fatini oshirish, birja savdosini kengaytirish uchun shart-sharoitlar 
yaratishga erishildi. EHM joriy qilinishi nafaqat bitta mamlakat, 
balki qator mamlakatlarning birdaniga bir nechta birjasi uchun hi-
sob-kitoblarni bitta markazda mujassamlash imkonini beradi.


90
Birjalarda EHMni qo‘llash birja savdosi jarayonining o‘zini 
avtomatlashtirishga imkon beradi. Narxlarni maxsus doskalarda 
yozish o‘rniga videokotirovkalar kompyuter tizimi joriy qilinadi, 
ya’ni kotirovkalar birja halqasidagi periferiya qurilmalaridan bir 
vaqtning o‘zida ularning tepasiga osib qo‘yilgan katta elektron 
tablolarga, birja halqasidagi telefon budkalarda broker va dilerlar-
ning shaxsiy ekranlariga, shuningdek, birja hududidan tashqarida 
bo‘lgan mijozlarga uzatiladi. Kompyuter tarmoqlari, videokotirov-
ka va boshqa eng yangi texnik vositalardan foydalanish bitimlarni 
bir lahzada tuzish imkonini beradi. Amerikaning yirik birjalarida 
tungi paytda ham elektron savdo elementlarining joriy qilinishi sa-
babli tun-u kun savdo qilish imkoni paydo bo‘ldi. Oxirgi villarda 
elektron birjalar tuzishga harakatlar qilindi. Turli elektron savdo 
tizimlarini joriy qilish rejalari Amerika va Angliya birjalarida ish-
lab chiqilmoqda.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling