O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Birja savdolarida bosh maklerning
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
10.2.2. Birja savdolarida bosh maklerning
huquq va majburiyatlari Savdoni o‘tkazish vakolatlan va belgilangan qoidalarning talab- lariga rioya etilishini nazorat qilish bosh makler zimmasiga yukla- tiladi. Bosh makler savdolarning o‘tkazilish jarayonini boshqaradi, treyderlar bilan tezkor o‘zaro aloqani amalga oshiradi hamda sav- dolar o‘tkazilishiga jalb qilingan birja xizmatlari faoliyatini mu- vofiqlashtiradi. Bosh makler quyidagi huquqlarga ega: – birjada amalda bo‘lgan qoidalar va nizomlarning treyderlar to- monidan so‘zsiz bajarilishini talab qilish; – savdo zalidan begona shaxslarni chiqarib yuborish; – savdolarni o‘tkazish tartibini buzgan yoki ularni o‘tkazish- ga xalaqit bergan treyderlarni zaldan chiqarib yuborish va Savdo tizimidan o‘chirish; – savdolarni o‘tkazish tartibi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha axborotlarni rasmiy e’lon qilish. 96 Bosh maklerning majburiyatlari: – birja boshqaruvi farmoyishlarini o‘z vakolati doirasida baja- rish; – birja boshqaruvi qarori bilan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq Savdo tizimini tayyorlash, ochish va yopish; – reglament va mazkur Qoidalarga qat’iy amal qilgan holda sav- dolarni o‘tkazish jarayonini boshqarish; – bitimlar tuzilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek, sav do yakunlari bo‘yicha boshqa hujjatlarni imzolash; – favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan holda mazkur Qoidalarga muvofiq chora ko‘rish; – savdolar jarayonida yuz beradigan buzilishlarni qayd etish va bu haqda birja boshqaruvini o‘z vaqtida xabardor qilish; – bitim tuzayotgan tomonlar o‘rtasida nizolar yuzaga kelganida savdo zaliga zudlik bilan qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga so- lish bo‘yicha vakolatli davlat organining vakolatli vakilini va birja boshqaruvi raisini chaqirtirish; – savdo yakunlari bo‘yicha hujjatlarning hisobini va ularning saqlanishini ta’minlash; – savdo kuni bayonnomasini tuzish; – savdolarni o‘tkazish tartibi bilan bog‘liq bo‘lgan birja bosh- qaruvining farmoyishlarini birja a’zolariga o‘z vaqtida yetkazish; – qonunchilik va mazkur Qoidalarning buzilislii holatlari aniq- langan taqdirda hujjatlarni imzolamaslik. Bosh makler (maklerlar) tomonidan savdolar jarayonida olingan ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi. Bosh makler savdoda ishtirok et- magan hollarda birja boshqaruvi farmoyishiga muvofiq uning vazi- falarini makler bajaradi. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling