O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

UO‘K: 336.76(075)
KBK 65.421
© K. Z. Xomitov, F. A. Hamidova, 2014
© «Noshir» nashriyoti, 2013, 2014
ISBN 978-9943-4113-8-8
3
KIRISH
O‘zbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlarining hukm su-
rishi, ayniqsa, tovar-xomashyo va fond boyliklari muomalasi so-
hasida tub o‘zgarishlar bilan birgalikda ro‘y berishi kuzatilmoqda. 
Bozor iqtisodiyotida tovar-xomashyo va fond boyliklari muoma-
lasi sohasining asosiy elementlaridan biri birjalar hisoblanadi. 
Zamonaviy bozor tizimiga kiradigan birjalar jamiyatda mahsulot 
ishlab chiqarish aylanmasining tezlashuviga va kengaytirilgan ish-
lab chiqarish jarayonining uzluksizligiga xizmat qiladi. Birjalar tu-
fayli tovarlarning muomalada bo‘lish vaqtining qisqarishi asosiy 
fondlar va mehnat vositalaridan foydalanish samaradorligini oshi-
radi, bank kreditlari va aylanma vositalarga ehtiyojni kamaytiradi 
va shu tariqa boshqa tarmoqlarga yo‘naltirilgan resurslar hajmini 
oshirishga imkon beradi. Shu sababli birja tizimi orqali mablag‘lar 
aylanish tezligini oshirish hozirgi kunda dolzarb va asosiy iqtisodiy 
vazifalardan biri sanaladi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida qimmatli qog‘ozlar 
bozori va birja tizimi infratuzilmasini rivojlantirish hamda ular 
faoliyatini isloh qilish, undagi barcha muammolarni bartaraf etish-
ga qaratilgan faoliyat olib borilmoqda. Moliya bozori, ayniqsa, 
uning qimmatli qog‘ozlar sektorini rivojlantirish davlatimizning 
strategik ustuvor yo‘nalishlari sirasiga kiradi, xususan, «... jahon 
iqtisodiy inqirozining oqibatlarini bartaraf etishda bank-moliya 
tizimini mustahkamlash...»
1
ga doir vazifalarni amalga oshirish so-
hadagi muhim masalalardan hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib aytishimiz 
mumkinki, birjalar faoliyati – davlatning iqtisodiy holatini baho-
laydigan muhim ko‘rsatkich, ya’ni barometr hisoblanadi. Chunki 
1
Karimov I. A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bar-
taraf etishning yo‘llari va choralari. – T.: O‘zbekiston, 2009. – 36-b.


4
aksariyat xorijiy mamlakatlar tovar-xomashyo va fond birjalari 
aylanmasi ular iqtisodiyotining salmoqli qismiga to‘g‘ri keladi.
Birjalarni bozorning asosiy elementi sifatida o‘rganish bilan bir-
ja ishi fani shug‘ullanadi.
Birja ishi fanining asosiy maqsadlari tovar-xomashyo va fond 
boyliklari birjalari faoliyati hamda birja savdosining huquqiy asos-
larini har tomonlama va chuqur o‘rganish, birja savdosi qatnash-
chilarini aniqlash, birja faoliyati haqida to‘liq axborot olish, birja 
savdosini yuritish faoliyati dasturlari va usullarini o‘zlashtirish, 
bozor iqtisodiyotida birjalarning o‘rni va rolini aniqlash, birja ope-
ratsiyalarini amalga oshirish, birjada fond boyliklari va tovarlar 
narxini kotirovkalash usullarini hamda mazkur birjalarda savdo yu-
ritish tartibini o‘rganish, buyurtmaning xaridordan sotuvchi tomon 
birja halqasi orqali harakatlanish texnologik zanjirini shakllantirish 
hisoblanadi.
Birja ishi fanini o‘rganish o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan barcha 
fanlar bilan uzviy bog‘liq. Ayniqsa, marketing, tadbirkorlik va biz-
nes asoslari, menejment, qimmatli qog‘ozlar bozori, moliya bozori 
kabi fanlar bilan kuchli aloqa kuzatiladi.
Birja ishi fanini o‘qitishda muammoli va ochiq ma’ruzalar, 
bahs-munozara ma’ruzalari, ma’ruza-konferensiyalar, davra sto-
li atrofida mashg‘ulot o‘tkazishning faol usullari, vaziyatli masa­
lalardan keng foydalangan holda masofadan o‘qitish kabi yangi 
pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, shuningdek, «aqliy hujum», 
ishbilarmonlik o‘yinlari va keys-stadilardan foydalanish muhim 
ahamiyatga ega.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, kasb-hunar kollejlarining iqti-
sodiyot yo‘nalishida ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun birja 
ishi fanidan mazkur o‘quv qo‘llanma yaratildi. O‘quv qo‘llanma 
o‘quvchilarga birja ishi sohasidagi bilimlarni chuqur o‘rganishga 
xizmat qilishiga va kelajakda ularning yetuk mutaxassis bo‘lib ye-
tishishlariga ko‘maklashuvchi nazariy qo‘llanmalardan biri bo‘ladi 
deb umid qilamiz.
5
I BOB

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling