O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

Tayanch so‘zlar: tovar birjasi, rasmiy narx kotirovkasi va standartlar 
bo‘yicha bitimlar tuzish, tovarlar ulgurji bozori, talab va taklif real nisbati, mu-
vozanatli narxlar, investitsiyalash, sug‘urta operatsiyalari, birja konyukturasi
birja statistikasi, birja faoliyatini statistik tadqiq etish, bozorni narx haqida ax-
borot bilan ta’minlash, riskni sug‘urtalash, bozorda raqobat uchun sharoitlar 
yaratish, «kesh» (cash) kassa bitimlari, «spot» kassa bitimlari.
Nazorat savollari:
1. Birja faoliyatini tashkil etish asoslari nimalardan iborat?
2. Birja faoliyatini tashkil etish tamoyillarini ayting.
3. Birjada narxlar qanday shakllanadi?
4. Fond birjasida savdo ishtirokchilari qanday tartibda ro‘yxatga olinadi?


26
III BOB
BIRJA A’ZOLARI VA
ISHTIROKCHILARI
3.1. Brokerlik idoralari
Birjada savdo tarmog‘i o‘tkazishda, odatda, ko‘p odamlar 
ishtirok etadi. U yerda ishlayotganlar aniq soni har kuni, ba’zida 
esa har soat o‘zgarib turadi. Kimdir savdo halqasida bir necha soat 
bo‘lib, so‘ng tanaffusga chiqishi va yana savdoning oxirlarida qay-
tishi mumkin. Bozor favqulodda faollik holatida bo‘lganida zal 
to‘lib ketishi ham mumkin. Savdo zaliga kirish cheklangan. Bir-
ja vositachilari savdo zalida ishtirok etadiganlardan biri sanaladi. 
Ular qatoriga brokerlar va maklerlar kiradi.
Broker – bu ishlab chiqaruvchi va diler o‘rtasidagi yoki diler va 
iste’molchi o‘rtasidagi munosabatlarda agent sifatida qatnashadi-
gan vositachi. Brokerlar faqat komission mukofotlar oladi.
Brokerlik idorasi birjada asosiy operatsion bo‘g‘in hisoblanadi. 
U birja ma’muriyati vaqt-vaqti bilan o‘tkazib turadigan tender sav-
dolarida sotib olinishi mumkin bo‘lgan to‘liq birja a’zosining joyi 
mavjudligida tashkil etilishi mumkin. Bitta to‘liq qatnashchi joyiga 
faqat bitta brokerlik idorasi tashkil qilinishi, o‘z navbatida, u bro-
kerlar belgilangan sonini bepul akkreditatsiyalashi mumkin.
Brokerlik idorasi mijozlar bilan brokerlik xizmatlari ko
£
rsatish 
haqida shartnomalar tuzish, shuningdek, o‘z hisobidan harakat qi-
lish huquqiga ega. O‘z xizmatlari uchun brokerlik firmalari tuzi­
ladigan bitim turi bilan ham, topshiriq turi bilan ham belgilanadigan 
mukofot oladi. Komission to‘lovlar har oy uchun qat’iy belgilan-
gan miqdorda yoki har bitta bitim uchun foydadan olinadigan foiz 
ko‘rinishida olinishi mumkin.
27
Dunyoning eng yirik brokerlik kompaniyalari:
– «Morgan Stepin» (AQSH);
– «Solaman braders» (AQSH);
– «Merrim Linch» (AQSH);
– «Nashura» (Yaponiya);
– «Dayva sekyuteriz», «SDJ. Uorbkurg», (Buyuk Britaniya);
– «Dalkiniyen sekyuritiz» (Kanada).
Mijozlar va brokerlik idoralari o‘rtasidagi munosabatlar ular 
tuzadigan shartnoma va bitimlar asosida vujudga keladi. Bunday 
bitimlar bir nechta bo‘lishi mumkin: odatda, doimiy mijoz bilan 
belgilangan muddatga tuziladigan brokerlik xizmatlari ko‘rsatish 
uchun shartnoma; mijozga o‘z brokeridan birja axboroti yoki mi-
jozni qiziqtirayotgan tahliliy sharh olish imkoniyatini beradigan 
axborot xizmatlari ko‘rsatish uchun shartnoma. Shuningdek, bosh-
qa bitimlar ham tuzilishi mumkin, masalan, vakillik yoki qo‘shma 
faoliyat haqidagi bitimlar.
Mijoz bilan ishlashda brokerlik idorasi o‘z birjasining hisob-ki-
tob firmalaridan birida bu mijoz bilan ishlash uchun hisob raqami 
ochadi. Broker bilan belgilangan turdagi bitim tuzish haqida keli-
shib olar ekan, mijoz unga topshiriq beradi, bu topshriqlar variant-
lari xilma-xil bo‘lishi mumkin. Masalan, bitta idoraning brokerlik 
xizmatlari ko‘rsatish haqidagi shartnomasida mijoz brokerga qu-
yidagi topshiriq turlarini beradi:
– tovarni joriy birja narxida sotib olish;
– tovarni joriy birja narxida sotish;
– tovarni joriy birja narxidan qimmatga sotib olmaslik;
– tovarni joriy birja narxidan arzonga sotmaslik;
– tovarni uning narxi belgilangan qiymatga yetgan paytda sotib 
olish;
– tovarni uning narxi belgilangan qiymatga yetgan paytda so-
tish;
– tovarni brokerning xohishi bilan sotib olish;
– tovarni brokerning xohishi bilan sotish.


28

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling