O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birjada mustaqil xo‘jalik subyektlarining
1.2. Birja bozor elementi sifatida
«Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta’siri, undan ko‘riladigan zararning darajasi va ko‘lami, birinchi navbatda, shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qan- chalik kuchliligiga bog‘liqligini isbotlashga hojat yo‘q deb o‘ylay- man. 9 O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va moderni- zatsiya modeli orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo‘yar ekanmiz, eng avvalo, «shok terapiyasi» deb atalgan usullarni bizga chetdan tu- rib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi tartibga soladi, degan o‘ta jo‘n va aldamchi tasavvurlardan voz kech dik» 2 . Mamlakatimizda 1990–1991-yillardagi iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlar o‘ziga xos birja jarayoniga va birjalarning keyingi rivojlanishiga olib keldi. Real tovar bilan birja savdosi hozirda bo- zor kollapsini boshidan kechirmoqda. Bozorning rivojlanishi bilan birjalar o‘z rivojlanishida qator bosqichlarni bosib o‘tdi: dunyoga kelish, tez o‘sish, pasayish, birja faolligi, birjalarni qayta tashkil qi- lish. Ularni bozor iqtisodiyoti sharoitlarida hali ko‘p qiyinchiliklar kutib turibdi. Birja faoliyati bo‘yicha boy tajriba to‘plangan, birja kadrlari tayyorlangan, davlat qonunchiligi ishlab chiqilgan, bir- ja ishi nazariyasi rivojlanmoqda. Bularning barchasi birja sohasi- da keyingi yangi sifat qadamlarini qo‘yish uchun shart-sharoitlar yaratilgan deb xulosa chiqarishga imkon beradi. Bozor sifatida birja xo‘jaliklarning mikro va makro darajalari- ni, ya’ni erkin xo‘jalik faoliyati yurituvchi tadbirkorlarni ishlab chiqarish bilan bog‘laydi. Birja eng muhim bozor mexanizmlari: raqobat, talab, taklif, narx shakllanishini o‘zida mujassamlaydi. Narx shakllanishi mexanizmi vositasida birja xo‘jalik agentlarini bozor o‘zgarishlari, yangi sharoitlar va yangi tovar turlarining pay- do bo‘lishi haqidagi axborot bilan uzluksiz ta’minlaydi. Birja, bir tomondan, foyda olish maqsadida o‘z mahsulotlarini sotish uchun, boshqa tomondan, o‘z talabini qondirish uchun mus- taqil xo‘jalik subyektlari uchrashadigan bozor elementi hisobla- nadi (1-chizma). Birjada xaridor va sotuvchi bir-biri bilan bog‘liq emas. Oldi-sotdi jarayoni vositachilar (brokerlar, dilerlar, treyder- lar) orqali amalga oshiriladi. Narx talab va taklifga bog‘liq bo‘la- 2 Karimov I. A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bar- taraf etishning yo‘llari va choralari. – T.: O‘zbekiston, 2009. – 7-b. 10 di. Agar ishlab chiqaruvchi birjada sifati yaxshilangan yangi tovar taklif etadigan bo‘lsa, u oshirilgan narx qo‘yishga haqli. Iste’mol- chilarning bunga javobi ijobiy bolgan holatda ishlab chiqaruvchi tarmoq bo‘yicha o‘rtacha darajadan yuqori foyda oladi. Bu boshqa tadbirkorlarni ishlab chiqarishni qayta yo‘naltirish va o‘zini yaxshi ko‘rsatgan tovar ishlab chiqarishga majbur qiladi. broker, diler, treyderlar birja sotuvchi sotuvchi sotuvchi taklif pul pul axborot pul talab Ta’minot nazorati Muammolarni hal qilish xaridor xaridor xaridor arbitraj omborlar Tovar yukalab jo‘natish 1-chizma. Birjada mustaqil xo‘jalik subyektlarining Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling