O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

1.2. Birja bozor elementi sifatida
«Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta’siri, undan 
ko‘riladigan zararning darajasi va ko‘lami, birinchi navbatda, shu 
davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq 
barqaror va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qan-
chalik kuchliligiga bog‘liqligini isbotlashga hojat yo‘q deb o‘ylay-
man.
9
O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va moderni-
zatsiya modeli orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy 
manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo‘yar ekanmiz, eng 
avvalo, «shok terapiyasi» deb atalgan usullarni bizga chetdan tu-
rib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o‘zini 
o‘zi tartibga soladi, degan o‘ta jo‘n va aldamchi tasavvurlardan voz 
kech dik»
2
.
Mamlakatimizda 1990–1991-yillardagi iqtisodiy va siyosiy 
shart-sharoitlar o‘ziga xos birja jarayoniga va birjalarning keyingi 
rivojlanishiga olib keldi. Real tovar bilan birja savdosi hozirda bo-
zor kollapsini boshidan kechirmoqda. Bozorning rivojlanishi bilan 
birjalar o‘z rivojlanishida qator bosqichlarni bosib o‘tdi: dunyoga 
kelish, tez o‘sish, pasayish, birja faolligi, birjalarni qayta tashkil qi-
lish. Ularni bozor iqtisodiyoti sharoitlarida hali ko‘p qiyinchiliklar 
kutib turibdi. Birja faoliyati bo‘yicha boy tajriba to‘plangan, birja 
kadrlari tayyorlangan, davlat qonunchiligi ishlab chiqilgan, bir-
ja ishi nazariyasi rivojlanmoqda. Bularning barchasi birja sohasi-
da keyingi yangi sifat qadamlarini qo‘yish uchun shart-sharoitlar 
yaratilgan deb xulosa chiqarishga imkon beradi.
Bozor sifatida birja xo‘jaliklarning mikro va makro darajalari-
ni, ya’ni erkin xo‘jalik faoliyati yurituvchi tadbirkorlarni ishlab 
chiqarish bilan bog‘laydi. Birja eng muhim bozor mexanizmlari: 
raqobat, talab, taklif, narx shakllanishini o‘zida mujassamlaydi. 
Narx shakllanishi mexanizmi vositasida birja xo‘jalik agentlarini 
bozor o‘zgarishlari, yangi sharoitlar va yangi tovar turlarining pay-
do bo‘lishi haqidagi axborot bilan uzluksiz ta’minlaydi.
Birja, bir tomondan, foyda olish maqsadida o‘z mahsulotlarini 
sotish uchun, boshqa tomondan, o‘z talabini qondirish uchun mus-
taqil xo‘jalik subyektlari uchrashadigan bozor elementi hisobla-
nadi (1-chizma). Birjada xaridor va sotuvchi bir-biri bilan bog‘liq 
emas. Oldi-sotdi jarayoni vositachilar (brokerlar, dilerlar, treyder-
lar) orqali amalga oshiriladi. Narx talab va taklifga bog‘liq bo‘la-
2
Karimov I. A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bar-
taraf etishning yo‘llari va choralari. – T.: O‘zbekiston, 2009. – 7-b.


10
di. Agar ishlab chiqaruvchi birjada sifati yaxshilangan yangi tovar 
taklif etadigan bo‘lsa, u oshirilgan narx qo‘yishga haqli. Iste’mol-
chilarning bunga javobi ijobiy bolgan holatda ishlab chiqaruvchi 
tarmoq bo‘yicha o‘rtacha darajadan yuqori foyda oladi. Bu boshqa 
tadbirkorlarni ishlab chiqarishni qayta yo‘naltirish va o‘zini yaxshi 
ko‘rsatgan tovar ishlab chiqarishga majbur qiladi.
broker, diler,
treyderlar
birja
sotuvchi
sotuvchi
sotuvchi
taklif
pul
pul
axborot
pul
talab
Ta’minot
nazorati
Muammolarni
hal qilish
xaridor
xaridor
xaridor
arbitraj
omborlar
Tovar
yukalab
jo‘natish
1-chizma. Birjada mustaqil xo‘jalik subyektlarining

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling