O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

BIRJALAR TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA
1.1. Birja tarixi
Zamonaviy birjalar va tovarlar bilan birja orqali savdo qilish-
ning asosida yotadigan tamoyillar ko‘p asrlik shakllanish va rivoj-
lanish tarixiga ega.
Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rimning markaziy bozor muas-
sasasi, umumiy tovar ayirboshlash operatsiyalari, pul tizimi, uzoq 
muddatli tovar yetkazib berishga shartnomalar tuzish amaliyotiga 
ega savdo tajribasi mavjud bo‘lgan. Rim imperiyasi gullab-yash-
nagan davrda foravendalia (sotuv bozori) deb nomlangan savdo 
markazlari rimliklar imperiyaning uzoq hududlaridan keltirgan to-
varlarni sotish markazi hisoblangan. Yaponiyada birja savdosining 
qadimiy shakli eramizdan avvalgi I asrda mavjud bo‘lgan. Biroq 
bu iqtisodiy institutlar boshqa xalqlar sivilizatsiyalari tomonidan 
ishlab chiqilgan. Lekin, shunga qaramay, zamonaviy birja savdosi-
ning ko‘plab tamoyillari boshqa madaniyatlarda ham o‘xshab keta-
di. Zamonaviy birjalar esa bevosita G‘arbiy Yevropa xalqlarining 
hayoti va ijodi bilan bog‘liq bo‘lib, birja savdosi shakllarini tahlil 
qilganda, G‘arbiy Yevropa madaniyatining ruhiy, ijtimoiy va iqti-
sodiy xususiyatlarini ko‘rish mumkin.
G‘arbiy Yevropa «superetnosi» (bir vaqtning o‘zida bitta minta-
qada paydo bo‘lgan, tarixda to‘laqonli bir surat sifatida namoyon 
bo‘ladigan, bir nechta etnos-xalqlardan iborat bo‘lgan etnik tizim) 
Buyuk Karl va uning imperiyasi davrida, ya’ni IX asrning boshida 
vujudga kelgan. XI asrga kelib esa G‘arbiy Yevropa xalqlari yetuk 
holatga yetadi. Aynan XI asrning oxiri–XII asrning boshlarida Ang-
liya va Fransiyada o‘rta asrlarga xos ilk yarmarkalar paydo bo‘ldi. 


6
XII asrning o‘rtalariga kelib bu yarmarkalar yiriklashib, xilma-xil 
ko‘rinishga ega bo‘ldi. Ixtisoslashuvning rivojlanishi bilan ayrim 
yarmarkalar ingliz, flamand, ispan, fransuz va italyan savdogarlari 
o‘rtasida savdoning markazlariga aylandi. XIII asrda naqd pul bilan 
joyida hisob-kitob qilish va tovarni darhol yetkazib berish asosida-
gi bitimlar keng tarqalgan va odatiy bo‘lgan. Biroq bu paytda bel-
gilangan namunalar bo‘yicha sifat standartlariga ega, kelishilgan 
muddatda tovarni keyinroq yetkazib berishga shartnomalar tuzila 
boshlandi.
«Birja» tushunchasi etimologik jihatdan grek tilidagi «birsa» 
(sumka, hamyon), nemis tilidagi «borse» va XV asrda ilk paydo 
bo‘lgan joyi – Bryugge shahri (Niderlandiya) bo‘yicha golland tili-
dagi «bturs» so‘zlaridan olingan. Gap shundaki, bu shaharda taniq-
li sarrof va makler Van der Bursening uchta hamyondan iborat 
bo‘lgan gerbli uyi yonidagi maydonda turli mamlakatlardan kelgan 
savdogarlar savdo axboroti bilan almashish, xorijiy veksellar sotib 
olish va oldi-sotdi predmetini muayyan ko‘rsatmasdan turib boshqa 
savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun to‘planishardi. Biroq 
bir necha yil ichida yangi iqtisodiy munosabatlar turiga nom ber-
gan bu birja 1460-yilda vujudga kelgan Antverpen birjasiga o‘rnini 
bo‘shatib berdi. Bu birja shaharning geografik jihatdan qulay joy-
lashganligi va savdo aloqalari tufayli dunyo ahamiyatiga ega edi.
XV–XVI asrlarda birjalar yirik tovar partiyalari bilan tashqi 
savdo operatsiyalarini riovjlantirish zaruratining namoyon bo‘li-
shi sifatida Italiya va Gollandiyada manufakturalar paydo bo‘lgan 
joylarda vujudga kela boshladi. Antverpen birjasiga qarab Lion 
(1545), London Qirollik birjasi (1566) va boshqa birjalar vujudga 
kelib, ular, asosan, tovar va veksellar bilan savdo qilgan. 1602-yil-
da tashkil qilingan Amsterdam birjasi XVII asrda jahon savdosida 
bosh rolni o‘ynagan, unda endi paydo bo‘la boshlagan aksiyador-
lik kompaniyalarining aksiyalari ilk bor birja bitimlari predmetiga 
aylandi. AQSHda tovar bozorlari 1752-yildan beri mavjud; ular-
da mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlar, uy xo‘jaligi mahsulotlari, 
to‘qimachilik mahsulotlari, teri va jun, metall va yog‘och bilan sav-
do qilingan.
7
Dastlab real tovar birjasi, ya’ni manufaktura ishlab chiqari-
shiga mos keladigan ulgurji savdo shakli vujudga kelgan. Uning 
zamonaviy birjalarga ham xos bo‘lgan ajratib turuvchi jihatlari 
sav doni tiklashning muntazamligi, savdoning oldindan o‘rnatilgan 
qoidalari va belgilangan joyga bog‘lab qo‘yilganligidir. Birja ope-
ratsiyalarining eng xarakterli turi naqd tovar bilan operatsiyalar hi-
soblanadi. Birja savdosining bu bosqichida faqat xaridor va ishlab 
chiqaruvchi yoki iste’molchi o‘rtasida aloqa o‘rnatilgan. Birjalarni 
ta’sis etish juda sekin borgan va, asosan, xalqaro savdo bandar-
gohlari uchun yetakchi birjalar bilan cheklangan.
Sanoat inqilobi xomashyo va oziq-ovqatga talabning kengayi-
shi, savdo hajmi va nomenklaturasining o‘sishiga olib keldi, tovar-
lar sifatining bir xilligi va ta’minotning muntazamligiga talablarni 
kuchaytirdi. Ishlab chiqarishning bu talablarini qondirish zarurati 
birinchi turdagi birjalarning o‘zgarishini, ularning yangi sharoitlar-
ga moslashuvini asoslab berdi. Xususan, bozordan o‘rin ajratish, 
birja savdosini tashkil qilish va savdo odatlarini qayd etish bilan 
birga birjalarning asosiy funksiyalari qatoriga tovar standartla-
rini belgilash, namunaviy shartnomalar ishlab chiqish, narxlarni 
kotirovkalash, muammolarni tartibga solish (arbitraj) va axborot 
faoliyati ham qo‘shildi. Birjalar asta-sekinlik bilan xalqaro savdo 
markazlariga aylandi.
Savdo aylanmasi o‘sish sur’atining tezligi, jahon bozorining 
vujudga kelishi naqd tovar partiyalari asosida savdo yuritishni 
qiyinlashtirdi. Ommaviy ishlab chiqarish ularning narxi o‘zgarib 
turadigan xomashyo yetkazib berilishiga ishonchdan tashqari ka-
pitalga, jumladan, tovar shaklida sotish bosqichida turgan mahsu-
lot chiqarishga sarflangan kapitalga foyda olishni ham talab qiladi. 
Narxlarning keskin o‘zgarishi riskni sezilarli oshirib, foyda olish-
dan ishonchi komil bo‘lishni pasaytiradi. Natijada birja operatsi-
yalarida tadbirkorlarga talab qilingan sifatli tovarni kerakli paytda 
foyda olish imkoniyatini ta’minlaydigan narxda yetkazib berish-
ni kafolatlaydigan real tovar bilan muddatli bitimlar yetakchi rol 
o‘ynay boshladi. Birja savdosi rivojlanishining keyingi bosqichida 


8
fyuchers (ulgurji sirtqi, naqdsiz) savdosi vujudga keldi. Zamonaviy 
fyuchers savdosi tarixi AQSHning O‘rta Sharqida 1800-yillarning 
boshida boshlangan. U Chikagoda tijorat faoliyati va O‘rta G‘arbda 
don savdosining rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq.
Talab va taklif sohasidagi betartiblik, yuk tashish va saqlash 
muammolari fermerlar va savdogarlarni tovarlarni keyin yetka-
zib berish sharti bilan shartnomalar tuzishga majbur qildi. Mak-
kajo‘xori yetkazib berishga oldindan shartnomalar ilk bor daryo 
orqali savdo qiluvchi savdogarlar tomonidan tuzilgan bo‘lib, ular 
fermerlardan donni kech kuzda va qishning boshida olganlar, biroq 
uni makkajo‘xori kemaga yuklash uchun yaroqli holatga kelgunga, 
daryoda muz erib ketgunga qadar saqlashlari lozim bo‘lgan. Qishki 
saqlash paytida narxning tushib ketishi riskini kamaytirish uchun 
bu savdogarlar Chikagoga borib, u yerda donni qayta ishlaydigan 
korxonalarga bahorda don yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar 
tuzganlar. Shunday qilib, ular o‘zlariga xaridorlar va don narxini 
kafolatlaganlar. Masalan, 1851-yilning 13-martida iyun oyida yet-
kazib berish sharti bilan 3 ming bushel (75 tonna atrofida) makka-
jo‘xori yetkazib berishga shartnoma imzolangan.
XIX asrning oxirlariga kelib fyuchers savdosi shunchalik tezla-
sha boshladiki, savdo amaliyotini rasmiylashtirish, shartnomalarni 
standartlashtirish, hisob-kitob va xulq-atvor qoidalari, muammolar-
ni hal qilish tartibini belgilash zarurati vujudga keladi. XX asr-
ning boshlarida esa yangi tovar birjalarining vujudga kelishi bilan 
fyuchers savdosi yana va yana rivojlana boshladi.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling