O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- BIRJA A’ZOLARI VA ISHTIROKCHILARI 3.1. Brokerlik idoralari
Tayanch so‘zlar: tovar birjasi, rasmiy narx kotirovkasi va standartlar
bo‘yicha bitimlar tuzish, tovarlar ulgurji bozori, talab va taklif real nisbati, mu- vozanatli narxlar, investitsiyalash, sug‘urta operatsiyalari, birja konyukturasi, birja statistikasi, birja faoliyatini statistik tadqiq etish, bozorni narx haqida ax- borot bilan ta’minlash, riskni sug‘urtalash, bozorda raqobat uchun sharoitlar yaratish, «kesh» (cash) kassa bitimlari, «spot» kassa bitimlari. Nazorat savollari: 1. Birja faoliyatini tashkil etish asoslari nimalardan iborat? 2. Birja faoliyatini tashkil etish tamoyillarini ayting. 3. Birjada narxlar qanday shakllanadi? 4. Fond birjasida savdo ishtirokchilari qanday tartibda ro‘yxatga olinadi? 26 III BOB BIRJA A’ZOLARI VA ISHTIROKCHILARI 3.1. Brokerlik idoralari Birjada savdo tarmog‘i o‘tkazishda, odatda, ko‘p odamlar ishtirok etadi. U yerda ishlayotganlar aniq soni har kuni, ba’zida esa har soat o‘zgarib turadi. Kimdir savdo halqasida bir necha soat bo‘lib, so‘ng tanaffusga chiqishi va yana savdoning oxirlarida qay- tishi mumkin. Bozor favqulodda faollik holatida bo‘lganida zal to‘lib ketishi ham mumkin. Savdo zaliga kirish cheklangan. Bir- ja vositachilari savdo zalida ishtirok etadiganlardan biri sanaladi. Ular qatoriga brokerlar va maklerlar kiradi. Broker – bu ishlab chiqaruvchi va diler o‘rtasidagi yoki diler va iste’molchi o‘rtasidagi munosabatlarda agent sifatida qatnashadi- gan vositachi. Brokerlar faqat komission mukofotlar oladi. Brokerlik idorasi birjada asosiy operatsion bo‘g‘in hisoblanadi. U birja ma’muriyati vaqt-vaqti bilan o‘tkazib turadigan tender sav- dolarida sotib olinishi mumkin bo‘lgan to‘liq birja a’zosining joyi mavjudligida tashkil etilishi mumkin. Bitta to‘liq qatnashchi joyiga faqat bitta brokerlik idorasi tashkil qilinishi, o‘z navbatida, u bro- kerlar belgilangan sonini bepul akkreditatsiyalashi mumkin. Brokerlik idorasi mijozlar bilan brokerlik xizmatlari ko £ rsatish haqida shartnomalar tuzish, shuningdek, o‘z hisobidan harakat qi- lish huquqiga ega. O‘z xizmatlari uchun brokerlik firmalari tuzi ladigan bitim turi bilan ham, topshiriq turi bilan ham belgilanadigan mukofot oladi. Komission to‘lovlar har oy uchun qat’iy belgilan- gan miqdorda yoki har bitta bitim uchun foydadan olinadigan foiz ko‘rinishida olinishi mumkin. 27 Dunyoning eng yirik brokerlik kompaniyalari: – «Morgan Stepin» (AQSH); – «Solaman braders» (AQSH); – «Merrim Linch» (AQSH); – «Nashura» (Yaponiya); – «Dayva sekyuteriz», «SDJ. Uorbkurg», (Buyuk Britaniya); – «Dalkiniyen sekyuritiz» (Kanada). Mijozlar va brokerlik idoralari o‘rtasidagi munosabatlar ular tuzadigan shartnoma va bitimlar asosida vujudga keladi. Bunday bitimlar bir nechta bo‘lishi mumkin: odatda, doimiy mijoz bilan belgilangan muddatga tuziladigan brokerlik xizmatlari ko‘rsatish uchun shartnoma; mijozga o‘z brokeridan birja axboroti yoki mi- jozni qiziqtirayotgan tahliliy sharh olish imkoniyatini beradigan axborot xizmatlari ko‘rsatish uchun shartnoma. Shuningdek, bosh- qa bitimlar ham tuzilishi mumkin, masalan, vakillik yoki qo‘shma faoliyat haqidagi bitimlar. Mijoz bilan ishlashda brokerlik idorasi o‘z birjasining hisob-ki- tob firmalaridan birida bu mijoz bilan ishlash uchun hisob raqami ochadi. Broker bilan belgilangan turdagi bitim tuzish haqida keli- shib olar ekan, mijoz unga topshiriq beradi, bu topshriqlar variant- lari xilma-xil bo‘lishi mumkin. Masalan, bitta idoraning brokerlik xizmatlari ko‘rsatish haqidagi shartnomasida mijoz brokerga qu- yidagi topshiriq turlarini beradi: – tovarni joriy birja narxida sotib olish; – tovarni joriy birja narxida sotish; – tovarni joriy birja narxidan qimmatga sotib olmaslik; – tovarni joriy birja narxidan arzonga sotmaslik; – tovarni uning narxi belgilangan qiymatga yetgan paytda sotib olish; – tovarni uning narxi belgilangan qiymatga yetgan paytda so- tish; – tovarni brokerning xohishi bilan sotib olish; – tovarni brokerning xohishi bilan sotish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling