O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
3.2. Maklerlar
Makler – bu fond va tovar birjalarida bitimlar tuzishdagi vosi- tachi. U mijozning topshirig‘i bo‘yicha va uning hisobidan harakat qiladi. Makler yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lib, birja operatsi- yalarining belgilangan turlariga ixtisoslashadi. Ular vositachilik ximatlari ko‘rsatuvchi va buning uchun birja qo‘mitasi belgilagan miqdorda komission to‘lovlar oluvchi maklerlik idoralari va firma- lariga birlashadi. Birjada qatnashadigan shaxslar ichida maklerlar alohida o‘ringa ega. Ularning vazifasi – har bir xaridorga sotuvchini va har bir so- tuvchiga xaridorni yetkazib berishdir. Asrlar davomida mavjud bo‘lib kelgan «maklerlar vositachilik qilishi, lekin shartnomalar tuzmasligi lozim» degan tamoyil birja savdosining rivojlanishi va 1896-yil birja qonunining kuchga kiri- shi bilan yanada kuchaydi. Bu qonunga ko‘ra, qasamyod qiladigan maklerlar oldingi kabi tayinlanmaydi, ularning o‘rnini hozirda kurs maklerlari egalladi. Kurslarning rasmiy belgilanishida ular yor- damchi shaxslar sifatida ishtirok etadi. Savdoning boshqa turlari bilan shug‘ullanish va unda ishtirok etish ular uchun taqiqlangan. Kurs maklerlari lavozimga hukumat tomonidan tayinlanadi. Ishlarni boshlashdan avval ular zimmalariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarishga qasamyod qilishlari zarur. Bu holatda, gar- chi faoliyati xususiy xarakterga ega bo‘lsa-da, ular amaldorlarga aylanadilar. Shu bilan birga, kurs maklerlari savdogar bo‘lib, ular- ning barcha huquq va majburiyatlariga egalar, garchi boshqa savdo maklerlariga qarshi ma’lum bir cheklovlarga uchrasalar ham. Kurs maklerlari birja zalida o‘z joylariga egalar, shunday ekan, u yoki bu narsani sotish yoki sotib olish istagida birjaga tashrif buyurgan shaxs kimga murojaat qilishini biladi. Erkin maklerlar, aksincha, butun birja bo‘ylab yugurib yuradi. Kurs maklerlarining savdo faoliyati doirasi erkin maklerlarning faoliyat doirasiga to‘liq mos kelmaydi. Mukofotli bitimlar ham bularning keyingisiga tega- di. Kurs maklerlari bu bilan shug‘ullanmaydi. Shuning uchun ham 29 mukofotlar kursi norasmiy. Kurs maklerlarining bu bilan shug‘ul- lanmasliklarining sababi shundaki, ular birjada o‘z o‘rinlariga bog‘lab qo‘yilgan. Mukofotli bitimlar bo‘yicha makler turli birja guruhlarida turli qatnashchilarni izlashi lozim. U bir joydan boshqa joyga ko‘chib yurish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Maklerlarning birja daromadlari 2 ta elementdan: kurtaj va chayqov foydasidan tashkil topadi. Kurtaj – bu savdo maklerining vositchalik bilan bog‘liq yugur-yuguri uchun mukofot. Kurs qiy- matiga ega bo‘lmagan, alohida hisoblab chiqiladigan kurtaj kurs maklerlarida mingdan 1/2 ga teng bo‘ladi. U xaridor tomonidan ham, sotuvchi tomonidan ham to‘lanadi, kurs maklerining kurtaji esa naqd bitimlarda ifodalanib, doimiy qiymatga ega bo‘ladi: mak- simum mingdan 1/2, minimum 0 (franko kurtaj), odatda esa, ming- dan 1/4. Xulosa O‘zbekistonda birja savdosining zamonaviy holati va istiqbol- lari ko‘plab omillar bilan belgilanadi. Ko‘rinib turibdiki, birjalar kelajagi, iqtisodiy islohotlarning umumiy borishidan tashqari, biz- ning birjalar G‘arb mamlakatlarining birjalariga qanchalik tez ya- qinlashishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Agar listing, qimmatli qog‘ozlarni kotirovkaga yo‘l qo‘yish bir martalik harakat bo‘lsa, qimmatli qog‘ozlar kursi yoki narxini bel- gilash – bu kimoshdi jarayonida har bir birja xabarida doimiy yan- gilanib turadigan operatsiyadir. Qimmatli qog‘ozlar kotirovkasi – bu narxni aniqlash, uni har bir ish kuni davomida qayd qilish mexanizmidir. Birja savdosi jara yonida narxning paydo bo‘lishi ro‘yxatga olingan savdogarlar o‘zaro aloqasining natijasi hisoblanadi. Birja faqat ularni aniqlaydi, uning shakllanishiga obyektiv xizmat qiladi. Birja qimmatli qog‘ozlar xarid qilish hamda sotish talab va taklifni mujassamlaydi, talab va taklif nisbatini belgilaydi, nati- jada vaq tinchalik va nisbiy muvozanatning ifodasi, biroq u yoki 30 bu maq sad va bitimni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan narx aniqlanadi. Bitim tuziladigan va qimmatli qog‘ozlar bir qo‘ldan boshqasiga o‘tadigan narx kurs deb ataladi. Birja kursi birja va birjadan tashqari aylanmada bitimlar tuzishda mo‘ljal sifatida foydalaniladi. Bunda «baravariga o‘tkaziladigan auksion» keyingi «zalpgacha» mavjud bo‘ladigan, uzluksiz kimoshdi esa qimmatli qog‘ozlarga joriy talab (talab narxi, xaridor taklif etadigan eng yuqori narx) va taklif (tak- lif narxi, qimmatli qog‘ozlar sotiladigan minimal narx) o‘rtasidagi nisbatni aniqlashga imkon beradi. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling