O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

6.3.2. Qimmatli qog‘ozlarning
kotirovka jarayonini amalga oshirish tartibi.
Qimmatli qog‘ozlar narxining kotirovkasi
Ekspert-kotirovka komissiyasi ishining muhim qismi qimmatli 
qog‘ozlar narxini kotirovkalash sanaladi. Fond birjasida kotirovka-
lash – bu birjada tuzilgan bitimlar, shuningdek, bozor konyunk-
turasini tavsiflovchi boshqa bozor axborotining (talab va taklifning 
o‘zaro nisbati) narxini aniqlash va belgilashdir. Kotirovka birja 
kunining natijalari bo‘yicha hamda savdo jarayonida (joriy yoki 
oraliq kotirovka) amalga oshirilishi mumkin. Bu birja savdolari-
ning tezligiga, qimmatli qog‘ozlar aylanmasining hajmiga bog‘liq. 
Bitimlar kam tuzilganda faqat yakuniy kotirovka amalga oshiriladi, 
yirik birja savdolari bajarilganda esa, narxlar darajasini birja kuni 
mobaynida aniqlashga zarurat tug‘iladi.
Fond birjasida kotirovkaning roli bitimlarning turiga qarab har 
xil bo‘ladi. Bitimlar, yuqorida ta’kidlanganidek, kassa bitimlariga 
yoki muddatli bitimlarga bo‘linadi.
Hozirgi kunda «Toshkent» RFBda real qimmatli qog‘ozlar bi-
lan savdolar qilinmoqda. Bunda ushbu qimmatli qog‘ozlar nar-
xini kotirovkalash ma’lumotnoma xususiyatiga ega bo‘lib, birja 
savdolari ishtirokchilari uchun sotilayotgan va xarid qilinayotgan 
qimmatli qog‘ozlar narxi darajasini aniqlashda mo‘ljal bo‘lib xiz-
mat qiladi.
Kotirovka fond birjasining Ekspert-kotirovka komissiyasi to-
monidan avvalgi birja savdosining (masalan, kechagi kunning) 
natijasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Shunday qilib, kotirovka narxi 
mazkur birja savdosi uchun oldindan belgilanmagan bo‘lib, bo-
zorning kechagi holati haqida axborot beradi. Bu sotuvchilar va 
xaridorlarning birjadagi bozor holatini (sotilayotgan va xarid 
qilinayotgan qimmatli qog‘ozlar narxi darajasini) to‘g‘ri aniqlash 
uchun juda zarur. Ya’ni agarda biz o‘tgan birja kunining narxlari va 
ular shakllangan sharoitlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lsak, u 
holda bugungi narxlarning taxminiy darajasini yetarli darajada aniq 
53
belgilashimiz mumkin bo‘ladi. Narxlar kotirovkasining ahamiyati 
muddatli bitimlardan birmuncha farq qiladi. Muddatga tuziladigan 
shartnomalarda (shartnomani ma’lum kelajak yil mobayr.ida ijro 
etish bilan) bitimlar narxlari har doim ham ko‘rsatilmaydi. U holda 
ushbu shartnomalar shartnoma shartlariga ko‘ra bitim ijro etilishi 
lozim bo‘lgan kunda yuzaga kelgan narxlar bo‘yicha ijro etiladi. 
Shunday qilib, ushbu kun kotirovkasining narxlari brokerlar uchun 
nafaqat mo‘ljal, balki bunday bitim uchun belgilangan narx bo‘lib 
qoladi.
Qimmatli qog‘ozlarning shakllanuvchi birja narxlaridan ke-
lib chiqqan holda birja tomonidan hisoblangan ko‘rsatkich maz-
kur kotirovka narxlarini aniqlash qoidalarning maqsadlari uchun 
kotirovka narxi hisoblanadi. Kotirovka narxlari birja boshqaruvi 
tomonidan qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda birjada yu-
ritiladigan va saqlanadigan kotirovkalarning elektron jurnalida aks 
etadi. Savdo tizimi avtomatik tarzda har bir savdo kuni yopilishi 
vaqtidagi listing kompaniyalari qimmatli qog‘ozlarining kotirovka 
narxini quyidagi algoritm bo‘yicha hisoblaydi:
a) kotirovka narxi oxirgi bitim narxiga quyidagi shartlarda teng 
bo‘ladi:
{D, agar B = 0 bo‘lsa; A = 0 (buyurtmalar yo‘q); (1)
Q = {D, agar B < D < A bo‘lsa; (buyurtmalar yo‘q) (2)
{D, agar B < D bo‘lsa; A = 0 da (buyurtmalar yo‘q); (3)
ID, agar D < A bo‘lsa; B = 0 da (buyurtmalar yo‘q); (4)
b) kotirovka narxi har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi qanoat-
lantirilmagan eng yaxshi sotib olish buyurtmasining narxiga quy-
idagi shartlarda teng bo‘ladi:
Q ={V, agar D < B < A bo‘lsa; (5)
{B, agar H < B bo‘lsa, A = 0 da (buyurtmalar yo‘q); (6)
d) kotirovka narxi har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi qanoat-
lantirilmagan eng yaxshi sotish buyurtmasining narxiga quyidagi 
shartlarda teng bo‘ladi:
Q ={A, arap D > A > B bo‘lsa; (7)
{A, agar D > A bo‘lsa, B = 0 da (buyurtmalar yo‘q); (8)
bunda: Q – yopilish narxi (kotirovka narxi);


54
D – oxirgi bitim narxi;
B – har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi qanoatlantirilmagan 
eng yaxshi sotib olish buyurtmasining narxi;
A – har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi qanoatlantirilmagan 
eng yaxshi sotish buyurtmasining narxi.
Har bir savdo kuni yopilishi vaqtida qanoatlantirilmasdan qol-
gan barcha sotib olish buyurtmalari orasidagi maksimal buyurtma 
narxi har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi qanoatlantirilmagan 
eng yaxshi sotib olish buyurtmasining narxi hisoblanadi, xususan:
Zb = maxZbi, (9)
bunda Zb – har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi qanoatlantirilma-
gan eng yaxshi sotib olish buyurtmasining narxi, so‘m;
Zbi – har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi 1 dan n gacha bo‘lgan 
qanoatlantirilmagan sotib olish buyurtmalarining
narxlari, so‘m;

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling