O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Birjalar: ta’sischilar, birja a’zolari
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birja boshqaruv organlari.
5.2. Birjalar: ta’sischilar, birja a’zolari
Birja ta’sischilari qatoriga birjaning tashkilotchilari sifatida namoyon bo‘ladigan institutsional guruh a’zolari kiradi. Ta’sischi- lar birjani tashkil qilish haqida ta’sis shartnomasini imzolaydilar va dastlabki badallarni kiritadilar. Ta’sischilar jismoniy shaxslar ham, yuridik shaxslar ham bo‘lishi mumkin. Birja boshqaruv organlari jamoat tuzilmasi va statsionar tuzilmadan iborat (3-chizma). Birja boshqaruv organlari Jamoat tuzilmasi Statsionar tuzilma Umumiy yig‘ilish Saylanma organlar Ixtisoslashgan organlar Ijrochi organlar Birja qo‘mitasi (kengashi) Taftish komissiyasi 3-chizma. Birja boshqaruv organlari. Jamoat tuzilmasi, o‘z navbatida, birja a’zolarining Umumiy yig‘ilish va birja a’zolari yig‘ilishida shakllantiriladigan saylanadi- gan organlar bilan ifodalanadi. Umumiy yig‘ilish – bu birja faoliyatining ichki qonun chiqaruv- chi organi bo‘lib, quyidagi funksiyalarni bajaradi: – birja va birja savdosiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish; – birja maqsad va vazifalarini, uning rivojlanish strategiyasini, ichki tartib-qoidalarini belgilash; – ta’sis hujjatlari (shartnoma, nizom, savdo qoidalari)ni tas- diqlash va o‘zgartirish; 37 – birja qo‘mitasi yoki kengashi va taftish komissiyasini saylash va tasdiqlash; – ularning birlamchi tarkibi va tuzilmasiga qo‘shimcha va o‘z- garishlar kiritish; – birja faoliyati natijalarini tasdiqlash va foydani taqsimlash; – dividend to‘lash tartibini, shuningdek, zararlarni qoplash shart larini belgilash; – birjada joylar sonini belgilash (kamaytirish yoki oshirish) va ularning a’zolari uchun kvotalar belgilash; – Birja qo‘mitasi (kengashi)ning tovar seksiyalarini yaratish (boshqarish), yangi birja a’zolarini qabul qilish haqidagi qarorla- rini tasdiqlash; – ijro qo‘mitasi (kengashi) va birja personali xarajatlar smetasini tasdiqlash. Narxlarni kotirovkalash – bu birja narxlarini birja qoidalari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish va e’lon qilish. Birja tovarlari narxini e’lon qilish sotuvchi va xaridorlar uchun mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi, ularga navbatdagi birja savdolarida o‘z xulq-atvor strategiyasini ishlab chiqishga yordam beradi. Birja savdosi qatnashchilarini ular uchun noqulay bo‘lgan narx o‘zgarishlaridan birja sug‘urtalashi (xejlash) himoya qiladi. Buning uchun birjada maxsus bitim turlari va ularni tuzish mexanizmlari- dan foydalaniladi. Birja savdosi qatnashchilarini sug‘urtalash vazi- fasini bajarishda birja uni tashkil qilgandan ko‘ra ko‘proq unga xiz- mat ko‘rsatadi. Birja real va naqd tovar sotuvchilari va xaridorlari o‘z xohishi bilan bir vaqtning o‘zida mos keluvchi birja savdolarida mijozlar va qatnashchilar sifatida ishtirok etishi uchun sharoitlar yaratadi. Bu birjaga ishonchni oshiradi, unga ham bevosita, ham vositachilar orqali savdo qiluvchi bozor chayqovchilarini jalb qiladi. Bitimlarning bajarilishini kafolatlash hisob-kitob va kliring birja tizimlari vositasida erishiladi. Buning uchun birja o‘zaro talablarni hisobga olish yo‘li bilan naqdsiz hisob-kitoblar tizimidan foydala- nadi va ularning ijro etjlishini tashkil qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling