O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Birja a’zolarining mijozlar bilan
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
7.2.1. Birja a’zolarining mijozlar bilan
tuziladigan shartnomalarining muhim shartlari Birja a’zosi – broker qonunchilikda, mijoz bilan tuzilgan shart- nomada va ishonchnomada topshiriqni boshqa kishilarga ishonib topshirish ko‘zda tutilgan holatlarni istisno qilgan holda, unga berilgan topshiriqni shaxsan o‘zi bajaradi. Birja a’zolari – bro- kerlar tomonidan bitimlarni amalga oshirish uchun beriladigan ishonch noma faqat boshqa birja a’zolariga topshiriladi. Birja a’zosi brokerlik xizmatlarini bajarish jarayonida o‘z pul mablag‘laridan foydalanishga haqli. Bunda ushbu mablag‘lar shart- noma muddati tugaganidan keyingi o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish paytida mijoz tomonidan qoplanadi. Birja a’zosi mijoz tomonidan unga berilgan pul mablag‘laridan, agar bu mijoz bilan tuzilgan shartnomada ko‘zda tutilgan bo‘lsa, o‘z manfaatlari uchun foydalanishga haqli. Bunda u mijozga ushbu pul mablag‘lari hisobiga uning topshiriqlarini bajarishni yoki ularni mijozning talabi bo‘yicha qaytarishni kafolatlaydi. Birja a’zosiga o‘z manfaatlari uchun foydalanish huquqini ber- gan mijozlarning pul mablag‘lari birja a’zosiga bunday huquqni bermagan mijozlarning pul mablag‘lari saqlanadigan hisobraqam (hisobraqamlar)dan alohida bo‘lgan hisobraqam (hisobraqamlar)da saqlanishi lozim. Birja a’zosi o‘zining pul mablag‘larini ushbu hisobraqam (hisob- raqamlar)ga o‘tkazishga haqli emas; ularni mijozlarga qaytarish va (yoki) qonunchilikda belgilangan tartibda mijozlarga qarz berish hollari bundan mustasno. Birja a’zosi mijoz bilan tuziladigan shartnomada quyidagi bar- cha muhim shartlarni ko‘zda tutishi kerak: a) shartnoma turi – topshiriq yoki komissiya; 63 b) xizmatlar turi – qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish hamda mijoz xohishiga ko‘ra birja a’zosining vakolatlariga kiruv- chi boshqa qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish; d) emitentning nomi, qimmatli qog‘ozlarning turi va tipi, ular- ning soni, nominal qiymati, sotib olish (sotish) narxi; e) mijozning qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha huquq va vazifalarni o‘z zimmasiga olganligi to‘g‘risidagi majburi- yatlari; f) qimmatli qog‘ozlarni topshirish hamda ularning to‘lov mud- dati va usuli; g) birja a’zosiga to‘lanadigan haq miqdori va uni to‘lash mud- dati; h) qimmatli qog‘ozlarni birja savdolariga qo‘yishda ushbu qim- matli qog‘ozlarni sotayotgan yuridik shaxsning ustav jamg‘armasi- dagi davlat ulushining miqdorini ko‘rsatish; i) aksiyalarni sotib olishda bank aksiyalarining 20 foizidan va xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining 35 foizidan ortiq aksi- yalar paketi ulushining shakllanishiga olib kelish-kelmasligi; j) bank aksiyalarini sotib oluvchi yuridik shaxs offshor hududda ro‘yxatga olingan norezidentmi yoki yo‘qmi; k) birja savdolarida bitimlar amalga oshirilgunga qadar mijoz birja a’zosiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishga majbur: – investor – xaridor tomonidan ochiq aksiyadorlik jamiyati us- tav jamg‘armasining jami 15 va undan ortiq foizini tashkil qiluvchi aksiyalar paketini sotib chsh niyati to‘g‘risidagi oldindan nashr qi- lingan e’lon nusxasi; – O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari, aksiyalarining el- lik foizidan ko‘pi O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari egaligida, foydalanishida va (yoki) tasarrufida bo‘lgan O‘zbekis- ton Respublikasi rezidentlari hisoblangan yuridik shaxslar hamda bank aksiyalarini xarid qiluvchilarning mablag‘larini boshqaruv- chilar (ishonchli vakillari) hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan bank aksiyalarini sotib olishga Markaziy bankning oldindan berilgan roziligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi; 64 l) mazkur qoidalarda belgilangan birjadagi bitim va komissiya yig‘imlarining to‘lov muddatlari buzilgan hollarda birja akseptsiz tartibda bitimning ikkala tomoni uchun sotib oluvchi tomonidan depozitga qo‘yilgan pul mablag‘laridan komissiya yig‘imlarini un- dirishini ko‘rsatish; m) tomonlarning javobgarligi, shu jumladan, mijoz tomonidan ma’lumot taqdim etish talabining buzilishi oqibatida birjaning bitimni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishi. Mijoz tomonidan birja a’zosiga taqdim etilgan ma’lumot- ning haqqoniyligi uchun uning mijozi javobgar bo‘ladi. Qimmat- li qog‘ozlarni sotavotgan yuridik shaxsning ustav jamg‘armasida davlat ulushi mavjud bo‘lgan taqdirda, qimmatli qog‘ozlarni sotish uchun baholashni o‘tkazish va baholovchi tashkilotning baholash haqidagi hisobotini taqdim etish zarur. Agar aksiyalarni sotib olishda bank aksiyalarining 20 foizidan yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining 35 foizidan ortiq aksiyalar paketi ulushining shakllanishiga olib kelsa, unda aksi- yalarni sotib olish uchun vakolatli organlarning ruxsatnomasini taqdim etish kerak. Shuningdek, birja a’zosining mijozi tomonidan barcha talab etilgan hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa, shuningdek, bank aksi- yalarining xaridori offshor hududda ro‘yxatga olingan norezident yuridik shaxs bo‘lsa, birja a’zosi topshiriq va komissiya shartnom- alarini tuzishga haqli emas. Shartnomaning muhim deb hisoblagan boshqa shartlari taraflar tomonidan qonunchilikka muvofiq ravishda belgilanadi. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling