O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

Birjaning axborot faoliyati. Birjaning eng muhim funksiyala-
ridan biri birja narxlarini to‘plash va ro‘yxatga olish, keyinchalik 
ularni umumlashtirish va e’lon qilish, mijozlarga va turli manfaat-
dor tashkilotlarga, xalqaro bozorga namunalar bo‘yicha va yuzaga 
kelgan birja standartlari asosida mavjud tovarlar haqida axborot 
berish hisoblanadi. Bu ma’lumotlar gazeta, jurnal, axborot agent-
liklarida e’lon qilinadi.
Tayanch so‘zlar: birja ta’sis fondi, funksional bo‘limlar, kotirovkalash 
hay’ati, arbitraj hay’ati, ro yxatga olish byurosi, axborot-ma‘lumotlar bo‘limi, 
ekspert byurosi, hisob-kitob kliring palatasi, umumiy kengash.
Nazorat savollari:
1. Birjalarning tashkiliy-huquqiy shakllari qanday?
2. Birjaning qanday funksional bo‘limlarini bilasiz?
3. Birjaning boshqaruv organlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
4. Birja kengashiga kimlar a’zo bo‘lishi mumkin?
39
VI BOB
BIRJANING HUQUQ VA
MAJBURIYATLARI
6.1. Birjadagi brokerlik joyi tushunchasi
Birja savdosining o‘ziga xosligi shundaki, u sotuvchi yoki xari-
dorlarning o‘zi tomonidan emas, balki ularning vakillari – birja vo-
sitachilari tomonidan amalga oshiriladi.
Birjaning ajralmas bir uzviy qismi deb brokerlik idorasini hi-
soblash mumkin. U birja strukturasiga kirmaydi. Biroq brokerlik 
firmalarisiz birja savdosini tashkil qilib bo‘lmaydi.
Brokerlik faoliyati birja vositachiligiga mansub bo‘lib, birja 
bitimlarini mijoz nomidan va uning hisobidan, birja vositachisi no-
midan va mijoz hisobidan, mijozning nomidan va birja vositachisi 
hisobidan amalga oshirishdan iborat.
Brokerlik firmasi – bu xususiy, shirkat, aksiyadorlik yoki boshqa 
korxona bo‘lib, uning asosiy funksiyasi birja va mijozlar (mahsu-
lot ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar, savdo vositachilari) o‘rtasida 
aloqani ta’minlashdan iborat. Muayyan birjaning brokerlik firmasi 
birja aksiyalar (pay)ini sotib olish asosida tashkil etilishi mumkin. 
Aksiya egasi birjada o‘z brokerlik firmasini tashkil qilish yoki bir-
ja savdolarida ishtirok etish huquqini boshqa tashkilotlarga ijaraga 
berish va ijara to‘lovi shaklida mos keluvchi daromad olish huquqi-
ga ega.
Yuqorida avtib o‘tilganidek, birjada brokerlik firmasi sifatida 
ro‘yxatga olinadigan tashkilot amaldagi qonunchilikka muvofiq 
istalgan tashkiliy-huquqiy shaklga ega bo‘lishi mumkin.
Brokerlik firmasini tashkil qilishning eng tarqalgan va qulay turi 
mas’uliyati cheklangan o‘rtoqchilik (MCHO‘) hisoblanadi.


40
Brokerlik firmasi mustaqil yuridik maqomga ega bo‘lmasdan, 
biror-bir korxona yoki tashkilotning tarkibiy qismi bo‘lishi ham 
mumkin.
Agar birja aksiyalarining egasi vositachilik tashkiloti hisoblan-
sa, u mazkur birjaning brokerlik firmasi sifatida ro‘yxatga olinadi, 
xolos.
Vositachilik firmasi birja uchun aksiyador hisoblanmagan hol-
larda esa u o‘zining brokerlik firmasini tashkil qiladi.
Brokerlik firmasi mijozlarning birja tovarlarini sotish va sotib 
olishga arizalarini to‘playdi, ularni ro‘yxatga oladi va tezkorlik bi-
lan birjadagi brokerlarga yetkazadi. Brokerlar olingan topshiriqlar-
ni bajaradi va bu haqida xabar brokerdan kompaniyaga va undan 
mijozga yetkaziladi.
Brokerlik firmalari butun mamlakat bo‘ylab joylashishi mumkin 
va bu mijozlarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bunday 
firmalar chet elliklar tomonidan ham tashkil qilinishi mumkin.
Brokerlik firmasi ta’sischilari va personali ular faoliyatida 
ishtirok etishni mo‘ljallayotgan muayyan birjaning huquq va maj-
buriyatlarini, qonunchilik me’yorlarini bilishi zarur (nizom, bro-
kerlik firmalari faoliyati haqidagi qoidalar, Birja qo‘mitasining qa-
rorlari, shuningdek, birja savdosi qoidalari va b.). Birjaning buyruq 
beruvchi va ijrochi boshqaruv organlari birja savdosi qoidalari, 
talablar va boshqa birja me’yoriy hujjatlarini yaratuvchi hamda 
qonunchilik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan brokerlar va brokerlik 
firmalari faoliyatiga aralashish huquqiga ega emas.
Brokerlik firmasini birjada ro‘yxatga olishda ro‘yxatga olish 
xiz mati tomonidan unga birja bilan aloqa qilish uchun tijorat kodi 
va raqam beriladi.
Brokerlik firmasini ro‘yxatga olish uchun quyidagilarni taqdim 
etish zarur: brokerlik firmasini ta’sis qilgan aksiyadorning arizasi; 
ta’sis hujjatlarining notarius tasdiqlagan nusxalari; mos keluvchi 
hukumat organlarining brokerlik firmasini yuridik shaxs sifatida 
ro‘yxatga olish haqidagi qarorining tasdiqlangan nusxasi.
41
Brokerlik firmalari brokerlik firmalari maxsus reyestrida ro‘y­
xatga kiritiladi. Ro‘yxatga olingandan so‘ng brokerlik firmasi mos 
keluvchi guvohnoma oladi.
Brokerlik idoralari birja boshqaruvini amalga oshirmaydi.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling