O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Brokerlik firmasining birja savdosida
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
6.2. Brokerlik firmasining birja savdosida
ishtirok etishi, tovarga ariza berish va shartnoma tuzish jarayoni Broker birja savdosining professional qatnashchisi hisoblanadi, u tashkil qilingan bozorlarda faoliyat ko‘rsatadi va birjada tovarni sotish yoki sotib olish istagida bo‘lgan mijozga yordam ko‘rsatish uchun tayyorlangan bo‘ladi. Broker va mijoz o‘rtasidagi muno- sabatlar mijozning tashabbusi bilan vujudga keladi, biroq broker u ning xizmatlaridan birontasi yana bir marta foydalanib qolishi yoki birjada bitim imzolash niyatida bo‘lgan tanishlariga tavsiya etishini kutib o‘tirmasligi kerak. Brokerlik firmasi mijozlarni ham- korlikka jalb etishida xizmat ko‘rsatadigan asosiy kanal reklama e’lonlari hisoblanadi. Birjada ishlayotgan brokerlik firmalari mos keluvchi akkredi tatsiyadan o‘tadi, ya’ni birja firmaning unga qo‘yiladigan talab- larga muvofiqligini belgilaydi. Ayrim birjalarda firmaning o‘zini akkre ditatsiyalashdan tashqari, uning birja savdolarida ishtirok eta- digan brokerlarini ham akkreditasiyadan o‘tkazish talab qilinadi. Akkre ditasiyadan o‘tgan brokerlik firmasi birja reyestriga kiritiladi va birja bitimlarini tuzishda uning ostida harakat qiladigan raqam (kod, shifr) oladi. Ayrim birjalarda brokerlik firmasining raqamli kodiga harflarqo‘shiladi yoki, umuman, harflar bilan almashtiriladi, bunda u qat’iy belgilangan (4 dan 6 gacha) harflarga ega bo‘ladi. Brokerlik firmasining funksiyalari quyidagilardan iborat: a) bitimlar tuzishda birja vositachiligi, ya’ni buyurtmachining topshirig‘i bilan birjada turli topshiriqlar bajarish; tovar, shartnoma, tovar ayirboshlash operatsiyalari, qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi (fond birjalarida mos keluvchi malakaviy attestat mavjudligida); 42 b) birjadan tashqari vositachilik, ya’ni mijozlar o‘rtasida birjani aylanib o‘tgan holda bitimlar tuzish; d) mijozlarga birja va marketing faoliyati masalalari bo‘yicha maslahatlar berish, zarur tijorat axborotlari to‘plash; e) tuzilgan bitimlarni hujjatlarda rasmiylashtirish; f) amaldagi qonunchilikka va mos keluvchi birjaning me’yoriy hujjatlariga zid kelmaydigan boshqa funksiyalar. Birinchi bosqichda brokerlik firmasi faoliyati uni ta’sis etgan yuridik yoki jismoniy shaxslarning mablag‘lari hisobiga, keyincha- lik esa vositachilik faoliyatidan olinadigan daromadlar (tuzilgan bitimlar uchun komission to‘lovlar hisobiga shakllanadigan) va mi- jozlarga ko‘rsatiladigan turli marketing xizmatlari uchun to‘lovlar hisobiga moliyalashtiriladi. Brokerlik firmasi xodimlar shtati va unda band bo‘lganlar mehnatiga haq to‘lash hajmi firma egasi yoki rahbari tomonidan firmaning daromadlilik darajasiga qarab belgilanadi. Brokerlik xizmatlari uchun to‘lovlar, odatda, firma va mijoz o‘rtasida bitim summasiga qarab belgilangan foiz miqdorida o‘rna- tiladi (masalan, bitim summasi qancha katta bo‘lsa, foiz shunchlik kichik bo‘ladi). Yirik firmalar komission ajratmalarni bekor qilish va tur- li qo‘shimcha xizmatlar taqdim etishdan (aloqadan foydalanish, maslahat berish va h.k.) daromad olishni taklif etadi. Mijozning topshirig‘i bo‘yicha harakat qilar ekan, brokerlik firmasi bitimni uning nomidan tuzadi. Qoidaga ko‘ra, brokerlik firmasi bitimlarda kontragentlar bilan hisobkitoblarda ishtirok et- maydi va uning hisobraqamiga faqat komission to‘lovlar kelib tu- shadi. Biroq brokerlik firmasining tovarni keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olish varianti ham mavjud. Bu holatda u dilerlik operatsiyalarini amalga oshiradi, uning daromadi esa xarid va sotuv narxi o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘ladi. Birjada ishlayotgan brokerlar va brokerlik firmalari bitimlarni birja savdosi qoidalariga muvofiq amalga oshiradi; birjada sotish uchun taklif etilayotgan mahsulot va xizmat turlari haqida axborot 43 xarid qiladi yoki oladi; belgilangan tartibda birja personali xizmat- laridan, jumladan, savdo zallari va boshqa birja binolaridan, aloqa vositalari va boshqa idora texnikasidan (jumladan, hisoblash texni- kasidan) foydalanadi; birjaning arbitraj komissiyasi ishida qatna- shadi. Brokerlar bozor konyunkturasini, mahsulotni xarid qilish va so- tish imkoniyatlarini har tomonlama biladi, ancha tor tovarlar as- sortimentiga ixtisoslashadi. Brokerning vazifasi tovarni umumiy bozor aylanmasiga kiritishga ko‘maklashishdan iborat. Tovar egasi bo‘lgan sotuvchilar savdo bo‘ladigan kundan ka- mida bir kun oldin tovar birjasida ishlaydigan brokerlarga ularning tovarini sotish haqida topshiriq beradi. Brokerlik firmasi (idorasi) orqali brokerlik o‘rnini birjada sotib olgan yuridik shaxslar birjada faoliyat ko‘rsatayotgan brokerlar hisoblanadi. Brokerlar o‘z xohishi bilan tovar mavjudligi va navlarini ko‘rib chiqish, tovar egasi bo‘lgan sotuvchining topshiriqlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotni talab qilish huquqiga ega. Topshiriqlar yozma ko‘rinishda rasmiylashtirilishi, bunda broker sotuvchining nomidan harakat qilish uchun ishonchnomaga ega bo‘lishi lozim. Birja yig‘ilishida tovar egasi bo‘lgan sotuvchilar- ni topish taqiqlanadi. Savdo seksiyalar – «yama» bo‘yicha bo‘lib o‘tadi, har bir seksiyada birja tomonidan makler – savdoning bosh- lovchisi tayinlanadi. Makler ulardan kelib tushgan iltimoslar tartibida brokerlarga o‘z taklifini e’lon qilish uchun so‘z beradi. Keyingi 3 daqiqa ichida talabni aniqlash ro‘y beradi, bunda broker sotuv shartlarini o‘zgartirishi mumkin. Agar broker taklif- ni bekor qilganini e’lon qilmasa, u broker taklif qilgan shartlarda haqiqiy hisoblanadi va xaridorlar taklif ommaviy ravishda bekor qilinmagunga qadar birja yig‘ilishi davomida broker bilan bitim tuzish huquqiga ega bo‘ladi. Tovar birjalarining muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘ridan to‘g‘ri brokerlik idoralariga bog‘liq. Birjada ishlayotgan brokerlik idoralari, asosan, universal idoralar hisoblanadi. 44 Brokerlik firma (idora)larining taxminan 30 % i real tovar, ma- salan, don, paxta, elektronika, qurilish materiallari va h.k. sotib olis h va sotishga ixtisoslashadi. Ularning ko‘pchiligi davlat mulki- ni xususiylashtirishda qatnashshish uchun yetarli mablag‘larga ega. Biroq daromadni brokerlar, asosan, birjaga a’zolikdan emas, balki mulkdan oladilar, ya’ni ular amalga oshiradigan birja bitimlariga bog‘liq bo‘ladi. Broker qanchalik ko‘p operatsiya (bitim) amalga oshiradigan bo‘lsa, u shunchalik ko‘p komission to‘lov oladi. Bro- ker mijozni «ovlash»ni o‘rganishi lozim. G‘arb mamlakatlarida oddiy komissiya foizi 50–60 ga teng, ya’ni agar bir oy ichida broker qimmatli qog‘ozlar yoki real tovar bilan bir necha million dollarlik operatsiyalar amalga oshiradigan bo‘lsa, u darhol, ayniqsa, bozor faollashgan paytda juda boyib keti- shi mumkin. Qo‘polroq qilib aytganda, broker xuddi tozi it kabi yangi izlarni qidirishga tushishi lozim. Tovar va fond birjalarida yuzaga kelgan birja savdosi jarayoni quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: Makler birja tovari nomi va uning narxini arizalar kelib tushgan- da o‘qib eshittiradi. Broker makler e’lon qilgan tovarga qiziqishini qo‘l ko‘tarish yoki ovoz bilan bildiradi. Tovarni sotuvga qo‘ygan broker va unga qiziqish bildirgan broker bitimning qo‘shimcha shartlarini o‘zaro kelishib oladilar. O‘zaro kelishuvga kelingach, brokerlar (broker-sotuvchi va broker-xaridor) tovar ko‘rsatilgan va bitim obyekti hisoblangan arizani imzolaydi. Shu paytdan boshlab bitim tuzilgan hisoblanadi. Ikkala tomon imzolagan ariza maklerga beriladi, u arizaga o‘z imzosini qo‘yib, ro‘yxatga olish sanasi va vaqtini kiritadi. Shundan so‘ng halqadagi operator ro‘yxatga olin- gan bitim haqidadagi axborotni ma’lumotlar bankiga kiritadi. Agar makler e’lon qilgan tovarga biror kishi qiziqish bildirmasa, bu pozitsiyani e’lon qilgan broker (broker-sotuvchi) taklif qilingan tovarni o‘zgartirish va bu haqida makler orqali birja yig‘ilishiga xabar berish huquqiga ega. Buning uchun u qo‘lini ko‘tarib belgi beradi yoki maklerga axborotni yozma ravishda topshiradi. Agar u yoki bu pozitsiyaga nisbatan bittadan ortiq broker qizi- qish bildiradigan bo‘lsa, makler konkurs savdosi o‘tkazadi, unda 45 quyidagi sharoitda arizada ko‘rsatilgan narx o‘zgartirilishi mum- kin: – bir nechta broker-xaridor mavjud bo‘lsa, bunda bitimni amal- ga oshirish huquqini ko‘proq narx taklif qilgan kishi qo‘lga kiritadi; – bir nechta broker-sotuvchi mavjud bo‘lsa, bunda eng kam narx taklif qilgan kishi bitimni amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritadi. Agar pozitsiyani e’lon qilgan broker yoki arizachining o‘rniga bitim tuzish vakolati berilgan broker arizada ko‘rsatilgan shartlarda bitimni amalga oshirish yoki ro‘yxatga olishni rad qiladigan bo‘lsa, bu belgilangan shartlarda bitimni amalga osbirishdan bosh tortish sifatida baholanadi, savdo qoidalarining buzilishi deb tan olinadi va jarima bilan jazolanadi. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling