Tayanch so‘zlar: birjalar faoliyatini takomillashtirish, aksiyalarning birla-
mchi joylashtirilishi, mulkchilikning turli shakllari.
Nazorat savollari:
1. Mustaqillik yillarida birjalar faoliyatini shakllantirish va takomillashtir-
ish bo‘yicha qanday chora-tadbirlar amalga oshirildi?
2. Aksiyalarni birlamchi joylashtirish deganda nimani tushunasiz?
3. Mulkchilikning turli shakllarini yaratishning huquqiy asosi sanaluvchi
qanday qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilindi?
35
V BOB
BIRJALARNI TASHKIL QILISH
VA ULARNING TA’SISCHILARI
5.1. Boshqaruvni tashkil qilish
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko‘ra, birja –
ochiq va oshkora birja savdolarini oldindan belgilangan vaqtda va
belgilangan joyda o‘rnatilgan qoidalar asosida tashkil etish ham-
da o‘tkazish orqali faqat tovar-xomashyo boyliklari savdosi uchun
sharoitlar yaratuvchi yuridik shaxs.
Birja tovar-xomashyo boyliklari bilan birja faoliyatini yuritish
uchun litsenziyaga ega bo‘lishi kerak. Fond birjalarining muassis-
lari bo‘lib tovar-xomashyo boyliklari bilan operatsiyalarni amalga
oshirish uchun ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo‘lgan yuridik va
jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin. Davlat hokimiyati va bosh-
qaruvi idoralari, ularning xodimlari va mutaxassislari birjalarning
muassislari sifatida ishtirok etishi mumkin emas.
Birjani boshqarish uning institutsional tuzilmasi bilan belgila-
nadi, bu tuzilma quyidagi chizma yordamida ifodalanishi mumkin:
Birjaning institutsional tuzilmasi
Birjaning ta’sischi va a’zolari
Birjaning boshqaruv organlari
Birjaning statsionar tuzilmasi
Birjaning jamoat tuzilmasi
2-chizma. Birjaning institutsional tuzilmasi.
36
Do'stlaringiz bilan baham: |