O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

Tayanch so‘zlar: birja, oldi-sotdi, narx kotirovkasi, arbitraj, axborot xizmati 
ko‘rsatish, xejlash, bitimlar, bir xillashtirish, brokerlar, dilerlar, NASDAQ.
Nazorat savollari:
1. Tovar birjasi tushunchasi va mohiyati nimada?
2. Qanday bitimlar mavjud?
3. Birja tarixi haqida gapirib bering.
4. Birjani bozor elementi sifatida tavsiflang.
5. Birjalarni ajratib turuvchi belgilarni sanab bering.


20
II BOB
BIRJALAR FAOLIYATINING
ASOSIY TAMOYILLARI
2.1. Birja faoliyati tushunchasi
Tovar birjasi bozor iqtisodiyotining tashkiliy rasmiylashtirilgan, 
klassik instituti, rasmiy narx kotirovkasi va standartlar bo‘yicha 
bitimlar tuzish vaqti hamda doimiy ish joyiga ega bo‘lgan, munta-
zam faoliyat ko‘rsatadigan tovarlar ulgurji bozoridir.
Birja – bozor mexanizmining tarkibiy qismi; u talab va taklif 
real nisbatini aniqlaydi, muvozanatli narxlarni shakllantiradi va ul-
gurji bozorni ularga yo‘naltiradi, tovar massasini tovar muomalasi 
sohasiga jalb etishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, birja – xejlash 
orqali narxni barqarorlashtirish vositasi, narx farqida tijorat chay-
qovlari vositasi va shu sababli investitsivalash uchun jalb etuvchan 
soha hisoblanadi.
«Birja» atamasi ostida birja jarayonining o‘zi ham, birja bitim-
larini amalga oshirish, ularning natijalarini hisobga olish, sug‘urta 
operatsiyalari, belgilangan qoidalarga rioya qilinishini ta’minlov-
chi mos keluvchi infratuzilma ham tushuniladi.
Birja jarayonini tartibga solish va nazorat qilish, birja savdosi 
qonuniyatlarini aniqlash, birja konyunkturasini baholash, talab va 
taklifni bashorat qilish ehtiyojlari birja faoliyatini statistik tadqiq 
etish zaruratini asoslab beradi.
Birja statistikasini o‘rganish predmeti quyidagilar hisoblanadi: 
birja konyunkturasi, tovar massasi harakati, birja narx shakllanishi, 
birjada narx darajasi va tendensiyalari, investitsion jarayonlar, so-
tuvchi va xaridorlarning daromad va yo‘qotishlari, birjaning tovar-
lar bozoriga ta’siri, birja infratuzilmasi.
21
Birja savdosining bosh funksiyasi bozorni narx haqidagi axborot 
bilan ta’minlash, riskni sug‘urtalash va bozorda raqobat uchun sha-
roitlar yaratish hisoblanadi.
Alohida tovar birjasi doimiy ish vaqti va joyiga ega bo‘lgan, 
ma’lum bir tovar yoki tovarlar majmuyi bilan savdo qiladigan bo-
zorni ifodalaydi.
Jahon amaliyotida tovar birjalari faoliyati, asosan, xomashyo va 
qishloq xo‘jalik mahsulotlari oldi-sotdisi bilan cheklanadi. Qoida-
ga ko‘ra, birja tovarlari – bu xomashyo, mahsulot ishlab chiqarish-
ning texnologik jarayoni boshlanishiga mansub. Shu sababli ular 
ko‘p jihatdan chiqariladigan boshqa tovarlar narxini belgilab bera-
di. Klassik birja tovari – sifati va hajmi bo‘yicha bir xillashtirilgan, 
qat’iy belgilangan, oson muayyanlashtirilgan, barqaror xususiyat-
larga ega bo‘lgan ommaviy mahsulot. U urfdan chiqib qolmasli-
gi yoki ma’naviy eskirmasligi lozim. Bu shuni anglatadiki, birja 
tovari birjaga yetkazib berilmasligi mumkin. Xaridorga farqi yo‘q 
bo‘lishi lozim: sotuvchi kim, tovar qaysi partiyadan olingan. Eng 
mashhur birja tovarlari: neft va neft mahsulotlari, rangli va qim-
matbaho metall, o‘rmon, paxta, kauchuk, kofe, shakar, don. Bir xil 
tovar bir mamlakatda birja tovari bo‘lishi, boshqasida bo‘lmasligi 
mumkin.
Shuni e’tiborga olish kerakki, birja yuridik shaxs maqomida 
oldi-sotdi bitimining tomonlaridan biri sifatida ishtirok etmasdan
faqat bitimning amalga oshirilishi va birja savdosi qoidalariga rio-
ya qilinishini ta’minlaydi.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling