O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

3.2. Maklerlar
Makler – bu fond va tovar birjalarida bitimlar tuzishdagi vosi-
tachi. U mijozning topshirig‘i bo‘yicha va uning hisobidan harakat 
qiladi. Makler yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lib, birja operatsi-
yalarining belgilangan turlariga ixtisoslashadi. Ular vositachilik 
ximatlari ko‘rsatuvchi va buning uchun birja qo‘mitasi belgilagan 
miqdorda komission to‘lovlar oluvchi maklerlik idoralari va firma-
lariga birlashadi.
Birjada qatnashadigan shaxslar ichida maklerlar alohida o‘ringa 
ega. Ularning vazifasi – har bir xaridorga sotuvchini va har bir so-
tuvchiga xaridorni yetkazib berishdir.
Asrlar davomida mavjud bo‘lib kelgan «maklerlar vositachilik 
qilishi, lekin shartnomalar tuzmasligi lozim» degan tamoyil birja 
savdosining rivojlanishi va 1896-yil birja qonunining kuchga kiri-
shi bilan yanada kuchaydi. Bu qonunga ko‘ra, qasamyod qiladigan 
maklerlar oldingi kabi tayinlanmaydi, ularning o‘rnini hozirda kurs 
maklerlari egalladi. Kurslarning rasmiy belgilanishida ular yor-
damchi shaxslar sifatida ishtirok etadi. Savdoning boshqa turlari 
bilan shug‘ullanish va unda ishtirok etish ular uchun taqiqlangan.
Kurs maklerlari lavozimga hukumat tomonidan tayinlanadi. 
Ishlarni boshlashdan avval ular zimmalariga yuklatilgan vazifalarni 
sidqidildan bajarishga qasamyod qilishlari zarur. Bu holatda, gar-
chi faoliyati xususiy xarakterga ega bo‘lsa-da, ular amaldorlarga 
aylanadilar. Shu bilan birga, kurs maklerlari savdogar bo‘lib, ular-
ning barcha huquq va majburiyatlariga egalar, garchi boshqa savdo 
maklerlariga qarshi ma’lum bir cheklovlarga uchrasalar ham.
Kurs maklerlari birja zalida o‘z joylariga egalar, shunday ekan, 
u yoki bu narsani sotish yoki sotib olish istagida birjaga tashrif 
buyurgan shaxs kimga murojaat qilishini biladi. Erkin maklerlar
aksincha, butun birja bo‘ylab yugurib yuradi. Kurs maklerlarining 
savdo faoliyati doirasi erkin maklerlarning faoliyat doirasiga to‘liq 
mos kelmaydi. Mukofotli bitimlar ham bularning keyingisiga tega-
di. Kurs maklerlari bu bilan shug‘ullanmaydi. Shuning uchun ham 
29
mukofotlar kursi norasmiy. Kurs maklerlarining bu bilan shug‘ul-
lanmasliklarining sababi shundaki, ular birjada o‘z o‘rinlariga 
bog‘lab qo‘yilgan. Mukofotli bitimlar bo‘yicha makler turli birja 
guruhlarida turli qatnashchilarni izlashi lozim. U bir joydan boshqa 
joyga ko‘chib yurish imkoniga ega bo‘lishi kerak.
Maklerlarning birja daromadlari 2 ta elementdan: kurtaj va 
chayqov foydasidan tashkil topadi. Kurtaj – bu savdo maklerining 
vositchalik bilan bog‘liq yugur-yuguri uchun mukofot. Kurs qiy-
matiga ega bo‘lmagan, alohida hisoblab chiqiladigan kurtaj kurs 
maklerlarida mingdan 1/2 ga teng bo‘ladi. U xaridor tomonidan 
ham, sotuvchi tomonidan ham to‘lanadi, kurs maklerining kurtaji 
esa naqd bitimlarda ifodalanib, doimiy qiymatga ega bo‘ladi: mak-
simum mingdan 1/2, minimum 0 (franko kurtaj), odatda esa, ming-
dan 1/4.
Xulosa
O‘zbekistonda birja savdosining zamonaviy holati va istiqbol-
lari ko‘plab omillar bilan belgilanadi. Ko‘rinib turibdiki, birjalar 
kelajagi, iqtisodiy islohotlarning umumiy borishidan tashqari, biz-
ning birjalar G‘arb mamlakatlarining birjalariga qanchalik tez ya-
qinlashishiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Agar listing, qimmatli qog‘ozlarni kotirovkaga yo‘l qo‘yish bir 
martalik harakat bo‘lsa, qimmatli qog‘ozlar kursi yoki narxini bel-
gilash – bu kimoshdi jarayonida har bir birja xabarida doimiy yan-
gilanib turadigan operatsiyadir.
Qimmatli qog‘ozlar kotirovkasi – bu narxni aniqlash, uni har 
bir ish kuni davomida qayd qilish mexanizmidir. Birja savdosi 
jara yonida narxning paydo bo‘lishi ro‘yxatga olingan savdogarlar 
o‘zaro aloqasining natijasi hisoblanadi. Birja faqat ularni aniqlaydi, 
uning shakllanishiga obyektiv xizmat qiladi.
Birja qimmatli qog‘ozlar xarid qilish hamda sotish talab va 
taklifni mujassamlaydi, talab va taklif nisbatini belgilaydi, nati-
jada vaq tinchalik va nisbiy muvozanatning ifodasi, biroq u yoki 


30
bu maq sad va bitimni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan narx 
aniqlanadi.
Bitim tuziladigan va qimmatli qog‘ozlar bir qo‘ldan boshqasiga 
o‘tadigan narx kurs deb ataladi. Birja kursi birja va birjadan tashqari 
aylanmada bitimlar tuzishda mo‘ljal sifatida foydalaniladi. Bunda 
«baravariga o‘tkaziladigan auksion» keyingi «zalpgacha» mavjud 
bo‘ladigan, uzluksiz kimoshdi esa qimmatli qog‘ozlarga joriy talab 
(talab narxi, xaridor taklif etadigan eng yuqori narx) va taklif (tak-
lif narxi, qimmatli qog‘ozlar sotiladigan minimal narx) o‘rtasidagi 
nisbatni aniqlashga imkon beradi.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling