Tayanch so‘zlar: birja, xizmat axboroti, savdo qatnashchilari, birja kompyu-
ter tizimi, treyder, zaxiralash, arxivlash, «yong‘in» nusxalari, birja statistikasi.
Nazorat savollari:
1. Birja nima?
2. Kimlar savdo qatnashchilari hisoblanadi?
3. Birjada axborotga ulanish qanday amalga oshiriladi?
4. Xizmatga oid axborotlarni ruxsatsiz ulanishdan himoyalash tizimi qan-
day amal qiladi?
5. Birja kompyuter tizimida axborot xavfsizligiga tahdidning asosiy turlari-
ni sanab bering.
6. Himoya tizimiga qo‘yiladigan talablar qanday?
7. Birja kompyuter tizimida foydalanuvchini tanib olish qanday ro‘y beradi?
8. Savdo jarayoni modeli nimalarni qamrab oladi?
9. Dasturiy vositalar operatorlarining xatolaridan himoyalash qanday
amalga oshiriladi?
10. Axborotni saqlash qanday amalga oshiriladi?
11. Treyderlarning eng tarqalgan xatolarini ko‘rsating.
12. Birja statistikasining vazifalari qaysilar?
91
X BOB
FOND BIRJASIDA QIMMATLI
QOG‘OZLAR SAVDOSI BITIMLARI
10.1. Qimmatli qog‘ozlar savdosi
bitimlarini tuzish bo‘yicha
amaliy ko‘rsatmalar
Birjada quyidagi birja bitimlari amalga oshirilishi mumkin:
– bevosita bitimlar – qimmatli qog‘ozlar va, shuningdek, ular-
ning xosilalarini sotib olish va sotish bitimlari;
– repo bitimlari – qaytarib sotib olish sharti ko‘zda tutilgan qim-
matli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimi.
Shuningdek, repo-kelishuv – bu tomonlar ishtirokida repo biti-
mini amalga oshirish uchun tuziladigan kelishuv bo‘lib, ushbu
bitimning narxi va o‘zga shartlarini, shuningdek, muddatlarini bel-
gilaydi.
Birja a’zolari o‘rtasidagi bitim uni savdo tizimida qayd etish va
maxsus hisob registrida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali tuziladi. Bir-
ja bitimlari birja nomidan va hisobidan amalga oshirilishi mumkin
emas. Birja a’zolari bitimlarni o‘z nomidan va o‘z hisobidan yoki
mijozlarning topshirig‘i bo‘yicha amalga oshirishlari mumkin.
Topshiriq shartnomasi yoki komissiya shartnomasi birja a’zolari
tomonidan mijozlar topshirig‘i bo‘yicha bitimni amalga oshirish
uchun asos bo‘ladi. Tuziladigan topshiriq shartnomalari va komis-
siya shartnomalarining muhim shartlari mazkur Qoidalarda ko‘zda
tutilgan talablarga to‘g‘ri kelishi lozim.
92
Do'stlaringiz bilan baham: |