O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Birjaning elektron savdo maydonchasida


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

9.4. Birjaning elektron savdo maydonchasida
aksiyalar xaridi yoki sotuv narxini kiritishda
treyderlarning xatolari
Kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari tufayli birja 
savdosi klavishani bosish tezligida amalga oshirilmoqda. Va, al-
batta, xuddi shu tezlikda xatolarga ham yo‘l qo‘yilmoqda. Elektron 
savdo maydonchasida xato yoki noto‘g‘ri bosilgan klavisha mil-
lionlab dollar turishi va hattoki bozor «qulashi»ga sabab bo‘lishi 
mumkin.
Insonga xato qilish xos, hattoki zamonaviy texnologiyalar eng 
tajribali reyder ham aksiyalar xaridi yoki sotuv narxini kiritishda 
xato qilmasligini kafolatlay olmaydi.


86
Quyida bunday xatolarga misollar keltirilgan:
J. P. Morgan Securitiyes Japan kompaniyasi treyderi kompyuter-
da boshqa klavishani bosib yubordi, natijada sotuvga boshqa aksi-
yalar chiqarib yuborildi. Xato aniqlangan paytda esa J. P. Morgan 
Securitiyes Japan sotib yuborilgan aksiyalarni qayta sotib olishiga 
to‘g‘ri keldi. Kunning ikkinchi yarmida, xato aniqlangan paytda 
birja indeksining o‘sganligiga qarab, aksiyalarni qimmatroq narxda 
sotib olishga to‘g‘ri kelgan. Ekspertlarning baholashicha, noto‘g‘ri 
bitim tufayli kompaniya yo‘qotishlari 50 mln. dollardan oshmagan.
2006-yilning iyuni. Yaponiyaning Tachibana Securitiyes kom-
paniyasi Adways internet kompaniyasining 2600 dona aksiyasini 
har birini 1670 iyenadan (14,47 dollar) sotishga buyurtma ber-
di, bundan sal oldin kompaniya 2400 dona aksiyaning donasini 
1,4 mln. iyenadan (12 ming dollar) joylashtirgan edi. Garchi xato 
darhol aniqlangan va buyurtma bekor qilingan bo‘lsa-da, 1482 dona 
aksiya sotib yuborilgan. Broker yo‘qotishni 1,5 mln. dollardan or-
tiq baholagan.
2005-yil dekabr. Rekord xatoga Yaponiyaning Mizuho Secu-
ritiyes kompaniyasi treyderi yo‘l qo‘ydi. Broker J-Com rekruting 
kompaniyasining bir dona aksiyasini sotishga buyurtma oldi. Bu 
J-Com savdosining birinchi kuniyoq ro‘y berdi: sal oldin kompani-
ya aksiyalari 610 ming iyena (5 ming dollar) narxida joylashtiril-
gan. Broker kompyuterga xato qilib 1 iyena narxida 610 ming 
dona aksiyani sotishga buyurtma kiritdi. Xatoni darhol aniqladi-
lar, biroq buyurtmani bekor qilishga barcha so‘rovlarga birja kom-
pyuter tizimi javob qaytarmadi. «Vedomosti» gazetasining baho-
lariga ko‘ra, Mizuho Securitiyes ko‘rgan zarar 40 mlrd. iyenadan 
(341 mln. dollar) ortdi. Bunda kompaniyada jami 14 ming dona 
aksiya mavjud bolib, buyurtmani joylashtirish bozorda xaosga olib 
keldi, asosiy bozor indeksi Nikkei 225 301 punktga pasayib ketdi.
Voqea sodir bo‘lganidan ikki hafta o‘tgach Tokio birjasi rah-
bariyati iste’foga chiqdi. Shu paytda yangi qoidalar joriy qilindi. 
Bu qoidalarga ko‘ra, brokerlik kompaniyalari kompaniya aksiyala-
rining 5 % idan ortiq bo‘lgan barcha buyurtmalarni xatoga tekshirib 
87
chiqishi talab qilinadi. Shunisi qiziqki, Mizuho Securitiyes brokeri 
birjadan yetkazilgan zarar uchun tovon to‘lashni talab qilgan, chun-
ki kompyuter tizimi bunday bitimga yo‘l qo‘ygan. Birja to‘lashdan 
bosh tortgan, natijada ish sudda ko‘riladigan bo‘lgan.
2003-yilning apreli. Britaniya treyderi xato bo‘yicha GlaxoSmith 
Kline kompaniyasining 500 mingta aksiyasining har birini 13 funt-
dan sotib olgan, bozorda esa bu aksiyalar narxi 70 pensdan ham 
kam bo‘lgan. Yetkazilgan zarar 6 mln. funtdan ortiq deb xabar be-
radi The Wall Street Folly.
2002-yil noyabr. Ryanair kompaniyasi kotirovkalarini qo‘ya-
digan brokerlik firmasi klerki yevro va funtdagi aksiyalar narxini 
adashtirib yuborgan. Bu xato London fond birjasi indeksini darhol 
61 % yoki 404,5 punktdan 653,7 punktgacha oshirgan.
2002-yil oktyabr. Britanivalik treyder fyuchers narxini kiritish-
da xatoga yo‘i qo‘ydi, ikkilamchi moliyaviy vositalar bilan ishlash 
bo‘yicha eng yirik mavdoncha hisoblangan Eurex birjasida savdo 
uch soatga to‘xtab qolgan, birja indeksi esa 500 punktga pasaygan.
2002-yil sentyabr. Bitta nemis indeksi DAXni 5 180 punkt da-
rajada sotish istagida bo‘lgan Eurex treyderi 5 180 ta shartnoma-
ni sotib yubordi va bu narxning keskin tushib ketishiga olib keldi. 
Besh soat o‘tgach, birja rahbariyati buning sababi bo‘lgan bitimdan 
keyin tuzilgan barcha bitimlarni bekor qilishga qaror qildi.
2001-yil dekabr. Shveytsariyannig UBS Warburg banki trey-
deri ikki soniya ichida ajoyib natijaga erishdi – o‘z kompaniyasi-
ga 71 mln. funt zarar yetkazdi. U Densu yapon kompaniyasining 
16 dona aksiyasining har birini 600 ming iyenadan sotishga harakat 
qilib, buning o‘rniga 610 mingta aksiyani olti iyenadan sotib yu-
bordi.
2001-yil may. Lehman Brothers investbank treyderi 3 mln. funt-
lik aksiyalarni sotish istagida edi, biroq u ortiqcha nollarni qo‘shib 
yubordi va 300 mln. funtlik aksiyalarni sotib yubordi.
1999-yil noyabr. Diler klaviaturaga suyanib, tasodifan Premi-
yer Oil kompaniyasining umumiy qiymati 1,8 mln. funtdan ortiq 
bo‘lgan 16 mingta aksiyasini sotib yubordi.


88
Boshqacha aytganda, birja savdosining yaxshiroq ishlashi uchun 
faqat avtomatlashtirishning o‘zigina emas, EHMdan foydalanishda 
e’tiborlilik ham talab qilinadi.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling