O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Birja kompyuter tizimida foydalanuvchini tanib olish
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
Birja kompyuter tizimida foydalanuvchini tanib olish. Birja
kompyuter tizimida foydalanuvchini tanib olish tizimga foydalanuv- chining ismi va parolini kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Foy- dalanuvchi birja kompyuter tizimida oladigan huquqlar quyidagi qoidalar bilan belgilanadi: Birja kompyuter tizimida ro‘yxatga olingan har bir foydalanuv- chiga xuddi shu nomli SQL served foydalanuvchisi mos keladi. Foydalanuvchi birja kompyuter tizimiga kirishga harakat qilgan- da tizim kiritilgan ism va parolni SQL serverga tanib olish uchun uzatadi. Agar SQL server foydalanuvchini tanimasa, foydalanuv- 82 chi birja kompyuter tizimida ishlashga ruxsat bermaydi. Agar SQL server foydalanuvchining huquqlarini tasdiqlasa, birja kompyuter tizimidagi foydalanuvchilar jadvalida ushbu foydalanuvchining nomi izlanadi. Bu jadvalda quyidagilar ko‘rsatiladi: – foydalanuvchiga birja kompyuter tizimida ishlashga ruxsat berilgan vaqt oralig‘i; – foydalanuvchining qo‘shimcha vakolatlari. Foydalanuvchining nomi va paroli asosida SQL seiver uni ma’lumotlar to‘plamidagi foydalanuvchilar guruhlaridan biriga kiritadi (atamashunoslikda Microsoft SQL Server). Muayyan gu- ruhga mansublik server darajasida obyektlarga (ma’lumotlar va ja- rayonlarga) ulanish jismoniy huquqini beradi. Hozirgi paytda birja kompyuter tizimida quyidagi foydalanuvchilar guruhlari mavjud: – tizim administratori; – smena boshligi; – buxgalter; – savdo administratori; – nazoratchi; – savdo qatnashchisining savdo zalidagi treyderi; – savdo qatnashchisining masofadagi ish o‘rnida treyderi. Savdo qatnashchilari foydalanadigan amaliy dasturiy ta’minot ma’lumotlar to‘plamini bevosita o‘zgartirish huquqiga ega emas. Treyderlar o‘tkazadigan ma’lumotlarni o‘zgartirish bo‘yicha bar- cha operatsiyalar saqlanadigan jarayonlar orqali amalga oshirila- di. Har bir murojaatda saqlanadigan jarayon treyder nomi asosida treyderning bajarilayotgan o‘zgarishni amalga oshirish huquqini tekshiradi. Tizim foydalanuvchilarning unga ulanishga qilgan harakatlarini maxsus fayllar (jadvallar)ga yozib boradi. Bunda har bir so‘rov bi- lan ishlashda tizim quyidagilarni qayd qiladi: – voqea vaqti; – voqea turi (ulanish-uzish so‘rovi); – foydalanuvchining nomi; – so‘rov kelib tushgan stansiya raqami. 83 Birja savdolar bo‘limi savdo zalining nazorat guruhi xodimlari kelib tushayotgan so‘rovlarni birja savdo zalidagi real o‘rinlar soni bilan taqqoslagan holda bu jarayonni doimiy kuzatib boradilar. Pa- rolni tanlab topishga harakatlar ham dasturiy, ham vizual jihatdan qayd qilinadi. Axborot texnologiyalari bo‘limi xodimlari lokal tarmoqning bar- cha stansiyalarida o‘rnatilgan barcha dasturiy vositalarning kunda- lik monitoringini yuritadi. Har bir stansiya uchun unda o‘rnatilishi va ishga tushirilishi mumkin bo‘lgan dasturlar ro‘yxati belgilanadi. Stansiyalarning katta qismiga (xususan, barcha treyder stansiyala- riga) disketadan foydalanish uni protsessor blokidan olib tashlash yo‘li bilan taqiqlanadi. Protsessor bloklari muhrlanadi. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling