O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Xizmat axborotlarini ruxsatsiz ulanishdan himoya qilish


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

Xizmat axborotlarini ruxsatsiz ulanishdan himoya qilish 
tizimlari. Ruxsatsiz ulanish quyidagi tizimlarga taalluqli bo‘lishi 
mumkin:
 ma’lumotlar bazasi serveri;
– birjaning savdo zalida joylashgan savdo qatnashchilarining ish 
o‘rni;
– savdo qatnashchilarining uzoqda joylashgan ish o‘rni:
– birja kompyuter tizimidagi birja savdosi bo‘limi xodimlari-
ning ish o‘rni.
79
Axborotni qayta ishlash, uzatish va birja kompyuter tizimida 
saqlash bosqichlarida xavfsizlikka tahdidlar quyidagilarni qamrab 
oladi:
– axborotning maxfiyligini buzish;
– axborotning to‘laqonliligini buzish;
– axborotning ochiqligini buzish.
Birja kompyuter tizimiga nisbatan qoidabuzarlar ichki (xodim-
lar orasidan) va tashqi (begona shaxslar) bo‘lishi mumkin.
Ichki qoidabuzarlar quyidagi xodimlar toifalaridan bo‘lishi 
mumkin:
– birja kompyuter tizimidan foydalanuvchilar (operatorlar);
– texnik vositalarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar (muhandislar, 
texniklar);
– amaliy va tizimli dasturchilar;
– binolarga xizmat ko‘rsatuvchi texnik personal:
– birja kompyuter tizimining xavfsizlik xizmati xodimlari;
– birja kompyuter tizimiga ulanish huquqiga ega bo‘lgan turli 
pog‘onadagi rahbariyat.
Begona shaxslar orasidan quyidagilar qoidabuzarlar bo‘lishi 
mumkin:
– savdo qatnashchilari (vakolatli treyderlar va ularning yordam-
chilari);
– birja savdo zaliga tashrif buyuruvchilar;
– birja kompyuter tizimiga masofadan ulanish kanallari bo‘yicha 
hujum qiluvchilar;
– birja kompyuter tizimi bilan uning hayot faoliyatini ta’minlash 
masalalari bo‘yicha aloqa qiluvchi tashkilotlar;
– raqobatlashuvchi tashkilotlar vakillari;
– tasodifan yoki atayin propusk (o‘tkazish) rejimini buzgan 
shaxslar (birja kompyuter tizimi xavfsizligini buzish maqsadisiz);
– birja hududidan tashqaridagi istalgan shaxslar.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling