O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

Tavanch so‘zlar: fond birjasi, klassik fond birjasi, tashkiliy asoslar, bosh-
qarish organlari, funksional bo‘linmalar, qimmatli qog‘ozlar savdolariga rux-
sat berish tadbiri, umumiqtisodiy ko‘rsatkichlar, balans likvidligining ko‘rsat-
kichlari, likvidlik koeffitsiyentlari, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari, 
moliyaviy koeffitsiyentlar, aktivlarni boshqarish ko‘rsatkichlari, foydalilik
(rentabellik) ko‘rsatkichlari, aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligi 
ko‘rsatkichlari.
Nazorat savollari:
1. Fond birjasi qanday faoliyatlarni amalga oshiradi?
2. O‘zbekistonda fond birjasi qachon vujudga keldi?
3. Birja qanday boshqarish organlariga ega?
4. Birjaning funksional bo‘linmalari nimalardan iborat?
5. Qimmatli qog‘ozlar savdolariga ruxsat berish tadbiri qay tarzda amalga 
oshiriladi?


76
IX BOB
BIRJA SAVDOSINI AMALGA OSHIRISH
9.1. Birja savdosini amalga
oshirish amaliyoti
Birja – bozor mexanizmining tarkibiy qismi; u talab va taklif 
real nisbatini aniqlaydi, muvozanatli narxlarni shakllantiradi va 
ularga ulgurji bozorni yo‘naltiradi, tovar massasini tovar muoma-
lasi sohasiga jalb etishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, birja – 
xejlash orqali narxni barqarorlashtirish vositasi, narxlar o‘rtasidagi 
farqda tijorat chayqovlari vositasi va shu asnoda investitsiyalash 
uchun jalb etuvchi soha hisoblanadi.
Birja savdosi quyidagi yo‘l bilan amalga oshiriladi:
– birja bitimlarini birja vositachisi tomonidan mijozning no-
midan va uning hisobiga yoki o‘z nomidan va mijozning hisobiga 
amalga oshirish (brokerlik faoliyati);
– birja bitimlarini birja vositachisi tomonidan keyinchalik bir-
jada qayta sotish maqsadida o‘z nomidan va o‘z hisobiga amalga 
oshirish (dilerlik faoliyati).
Zamonaviy jahon iqtisodiyotida birja savdosining rolini ko‘rib 
chiqish uchun, albatta, birja savdosini avtomatlashtirish mohiyati-
ga murojaat qilish zarur. Oxirgi paytlarda iqtisodiy vazifalarni hal 
qilishda EHMni qo‘llash kengaymoqda. Bugungi kunda deyarli 
barcha tashkilotlar o‘z ishida hisoblash texniksidan foydalanmoq-
da. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi davomida hi-
soblash texnikalari bozori ham, dasturiy ta’minot vositalari bozori 
ham, asosan, kichik va o‘rta korxonalarning qo‘shilishi hisobiga 
ancha kengaydi.
77
Saqlanayotgan ma’lumotlar hajmi va tarkibiy murakkabligining 
o‘sishi, axborot tizimlaridan foydalanuvchilar doirasining kenga-
yishi shunga olib keldiki, 60-yillarda ma’lumotlar to‘plamini bosh-
qarish tizimlarining (SUBD) ilk sanoat namunalari – MTni tashkil 
qilish va yuritish uchun mo‘ljallangan ixtisoslashgan dasturiy vo-
sitalar paydo bo‘ldi. Iqtisodiy jarayonlarni avtomatlashtirish uchun 
SUBDdan foydalanish ko‘p hollarda maqsadga muvofiq hisoblana-
di. Bandlik xizmati yoki mehnat birjasini avtomatlashtirish misoli-
ni ko‘rib chiqamiz.
Birjaning kompyuter tizimida barcha ma’lumotlar – savdo haqi-
da, birjada ro‘y beradigan operatsiyalar haqida xizmat axborotlari 
va h.k. saqlanadi.
Xizmat axboroti deb, uni ochib berish birjaga va savdo qatnash-
chilariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan va quyidagilarga aloqa-
dor har qanday axborot hisoblanadi:
– emitentlar va ular chiqargan emission qimmatli qog‘ozlar, 
to bundan axborot e’lon qilinadigan paytga qadar, jumladan, agar 
bu emitentning qimmatli qog‘ozlar bozor bahosiga ta’sir etadigan 
bo‘lsa, shuningdek, emitentdan yangiliklar lentasida e’lon qilin-
masdan oldin jiddiy dalillar haqida olingan ma’lumotlar:
– savdo qatnashchilari, jumladan, ularning moliyaviy ahvoli;
– savdo hisobraqamlarida qimmatli qog‘ozlar miqdori va pul 
mablag‘lari summasi haqidagi axborot;
– birja savdolarida qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar, birja to-
monidan axborotlar belgilangan tartibda e’lon qilingan holatlar 
bundan mustasno;
– savdo qatnashchilari va birja xodimlarining birja kompyuter 
tizimi va birja kompyuter tarmog‘iga kirish uchun nomlari va pa-
rollari;
– birjaning kompyuter tizimini ruxsatsiz ulanishdan himoya qi-
lish tizimi;
– Birja, Hisob-kitob tashkiloti, Kliring tashkiloti, Hisob-kitob 
depozitariysi faoliyatida majburiy ochib berish lozim bo‘lmagan 
jiddiy hodisalar;


78
– savdo qatnashchisini qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa 
subyektlariga nisbatan ustun holatga qo‘yishi mumkin bo‘lgan 
boshqa axborotlar.
Xizmat axborotlarini qayta ishlash qoidalari va ularga ulanish 
rejimi.
Himoya qilinishi lozim bo‘lgan axborot birjada elektron ko‘ri-
nishda (jumladan, kompyuter tarmoqlarida, magnitli vositalarda), 
shuningdek, bosma hujjatlar shaklida saqlanadi.
Uchinchi shaxslarning birjaga ulanishi faqat birja xodimlari 
ishtirokida amalga oshiriladi.
Birja xodimlarining, shuningdek, uchinchi shaxslarning birja 
kompyuter tizimiga ulanishi faqat individual nom va parollar aso-
sida amalga oshiriladi.
Birja kompyuter tarmog‘iga ulanishga faqat birja xodimlariga 
har oy o‘zgartiriladigan individual parollar asosida ruxsat beriladi.
Texnik vositalardan foydalangan holda axborot texnologiyalari 
bo‘limi quyidagilarni amalga oshiradi:
– onlayn rejimida birja kompyuter tizimiga, birja kompyuter 
tarmog‘iga ulanish monitoringi, shuningdek, ruxsatsiz ulanishning 
oldini olish va bunga yo‘l qo‘ymaslik;
– kiruvchi/chiquvchi e-mail xabarlari monitoringi;
– ichki nazorat bo‘limi bilan birgalikda xodimlarning lavozim 
majburiyatlariga muvofiq birja xodimlarining birja kompyuter 
tizimi va birja kompyuter tarmog‘i resurslariga ulanish huquqini 
cheklash.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling