O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
FOND BIRJASINING TASHKILIY TUZILMASI
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
FOND BIRJASINING TASHKILIY TUZILMASI
8.1. Fond birjasi tushunchasi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko‘ra, fond birjasi – ochiq va oshkora birja savdolarini oldindan belgilangan vaqtda va belgilangan joyda o‘rnatilgan qoidalar asosida tash- kil etish hamda o‘tkazish orqali faqat qimmatli qog‘ozlar savdosi uchun sharoitlar yaratuvchi yuridik shaxs. Fond birjasi qimmatli qog‘ozlar bilan birja faoliyatini yuritish uchun litsenziyaga ega bo‘lishi kerak. Fond birjalarining muassis- lari bo‘lib qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari, ularning xodimlari va mutaxassislari birjalarning muas- sislari sifatida ishtirok etishi mumkin emas. Fond birjasida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar quyidagi asosiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi: – birja savdolarining ishtirokchilari, shuningdek, birja xiz- matchilari tomonidan qonunchilik va birja qoidalariga qat’iy rioya qilinishi; – birja savdolarining barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratilishi; – birja savdolari o‘tkazilishini oldindan belgilangan joy va yil bilan reglamentlash yo‘li orqali ushbu savdolarning reglamentla- nishini ta’minlash; – tuziladigan bitimlarning ixtiyoriyligi; – amalda yuzaga kelgan talab va taklif asosida narxni belgilash; – birja savdolariga ruxsat etilgan qimmatli qog‘ozlar haqidagi ishonch li va to‘liq ma’lumotlarni zudlik bilan e’lon qilish hamda 67 birja savdolari ishtirokchilarini birja bitimlarining narxlari to‘g‘risi- da xabardor qilish; – qonun yo‘li bilan talab etiladigan birja axborotini taqdim etish va e’lon qilish; – tovlamachilik, narxlar bilan nayrangbozliklar qilinishi, qasd- dan noto‘g‘ri axborot berilishining taqiqlanishi va ta’qib qilinishi va h.k. Birjada quyidagilar taqiqlanadi: – qalbaki, sun’iy qisqa muddatli bitimlarning tuzilishi; – monopoliyaga qarshi siyosatni yuritishga vakil etilgan organ bilan oldindan kelishuvlarsiz bir-birining mulkini nazorat qiluvchi bir shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan biror-bir emitent aksi- yalarining 35 va undan ortiq foizini ta’minlovchi yoki aksiyadorlar ovozlarining 50 foizidan ortig‘ini ta’minlovchi aksiyalarni xarid qilish hamda bitimlarni ro‘yxatga olish; – bir shaxs tomonidan bevosita yoki baholar kotirovkasiga ta’sir ko‘rsatishni maqsad qilgan soxta shaxs orqali qimmatli qog‘ozlarni sotib olish (sotish) bo‘yicha ko‘lamli bitimlarning tuzilishi; – qimmatli qog‘ozlar bozori konyunkturasining sun’iy ravishda o‘zgarishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yolg‘on xabarlarni tarqa- tish va qimmatli qog‘ozlar bilan savdolar qilishning asosiy tamo- yillariga hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan boshqa harakatlar. Fond birjalari o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlar jumlasi- ga kiradi. Bu shuni anglatadiki, birjalar qimmatli qog‘ozlar bilan birja savdolari qoidalarini, birjaning tarkibiy tuzilmalari, ularning a’zolarining ishini tartibga soluvchi hujjatlarni mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, biroq bularning barchasi qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlari doirasida amalga oshirilishi lozim. Xususan, birja operatsiyalarining qoida- lari majburiy tartibda quyidagi ta’riflarni nazarda tutishi kerak: – muayyan birjada qimmatli qog‘ozlar bilan savdo-sotiq qilish tamoyillari; – birja savdolari ishtirokchilarining tarkibi va ularga nisbatan qo‘yiladigan talablar; 68 – birja yig‘ilishlarining joyi va yili haqida axborot; – qimmatli qog‘ozlarning birja savdolariga ruxsat etilishi tartibi; – birja bitimlari; – mijozlarning brokerlarga topshiriqnomalari (buyruqlari)ning turlari; – savdolarni tashkil etish; – bitimlarni ro‘yxatga olish va rasmiylashtirish tartibi; – bitimlarni tuzishda foydalaniladigan shartnomalar, arizalar, hisobotlar, xabarnoma shakllari va boshqa birja hujjatlarining na- munalari. Birja savdolarining ichki qoidalari, birjaning ustavi majburiy tartibda O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi organ bilan kelishilishi zamr. O‘z vazifalarini bajarish uchun fond birjalari: – birja a’zoligiga kirish uchun zarur bo‘lgan investitsiya muas- sasalariga nisbatan qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilashi; – savdolarda birja a’zolarining vakillariga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilashi; – ekspert, malaka, kotirovka, bahslarni hal etish uchun nizolar bo‘yicha komissiya, maslahat va ma’lumotnomalar byurosini tash- kil etishi; – kirish va joriy a’zolik badallari, bitimlarni ro‘yxatga ohsh, tex- nik xizmatlar, birjaga doimiy va bir martalik kelib ketuvchilarning tashrifi uchun to‘lovlarni belgilashi va undirib olishi; – ustavni, savdolar qoidalarini buzganlik uchun, ro‘yxatga olis h yig‘imlarini o‘z yilida to‘lamaganlik uchun jarimalarni undirib olish i; – birja qo‘llanmalari, ma’lumotnomalari, to‘plamlarini nashr qilishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar bozorida birja faoliyati fond birjasining maxsus faoliyat turi bo‘lganligi bois qonunchilik bilan uning daro- mad manbalari qat’iy reglamentlangan. Chunonchi, birja faoliyati- ni moliyalash o‘z aksiyalarini, paylarini, brokerlik joylarini sotish, muntazam a’zolik badallari, birja bitimlarini ro‘yxatga olishdan tushgan yig‘imlar, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarda vosi- 69 tachilik qilganlik uchun vositachilik haqlari, shuningdek, axborot va ayrim boshqa xizmatlardan olingan daromadlar hisobidan amal- ga oshirilishi mumkin. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling