O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


 Investitsiya vositachisi majburiyatlari


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

7.2. Investitsiya vositachisi majburiyatlari
va unga qo‘yiladigan talablar
Broker quyidagi majburiyatlarga ega:
– unga berilgan topshiriqni shaxsan o‘zi bajarishi, agar shart-
nomada boshqa narsa ko‘zda tutilmagan bo‘lsa yoki mijozning 
manfaatlarini himoyalash zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlar 
tufayli boshqa narsa kelib chiqmasa;


60
– mijozning talabiga ko‘ra unga topshiriqning bajarilish jarayoni 
haqida axborot berish;
– mijozga topshiriqni bajarish borasida amalga oshirilgan bitim-
lar bo‘yicha olingan barcha natijalarni zudlik bilan topshirish;
– topshiriq bajarilganidan keyin darhol mijozga amal qilish 
muddati tugallanmagan ishonch qog‘ozini qaytarish va, agar shart-
noma shartlari hamda topshiriqning xususiyatiga ko‘ra talab etilsa, 
oqlovchi hujjatlar ilova qilingan hisobotni taqdim etish;
– agar mijozning bitim narxini to‘lashiga ishonch bo‘lmasa, 
qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish uchun topshiriq shartnomasini 
tuzmaslik;
– agar mijoz haqiqatdan ham ushbu qimmatli qog‘ozlarga va 
ularni topshiriq berilgan yildan boshlab 5 ish kuni ichida investit-
siya vositachisi ixtiyoriga topshirishining kafolati bo‘lmasa, qim-
matli qog‘ozlarni sotish uchun topshiriq shartnomasini tuzmaslik;
– bitim bajarilganidan keyin yoki topshiriqning amal qilish mud-
dati tugashi bilan mijozga qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarning 
tuzilganligi yoxud tuzilmaganligi va uning natijalari haqida zudlik 
bilan xabar qilish;
– mijoz nomidan qimmatli qog‘ozlar bilan ketma-ket operatsi-
yalarni bajarish uchun yoki mijozning aktivlarini boshqarish haqida 
mijozdan ishonch qog‘ozini olish chog‘ida ishonch qog‘ozida ke-
lishilgan vakolatlar doirasiga qat’iv amal qilish, ishonch qog‘ozida 
mijoz va brokerning o‘zaro munosabatlariga taalluqli barcha shart-
lar belgilanishi lozim.
Dilerlarning majburiyati quyidagilardan iborat:
– qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar tuzilgunga qadar qimmatli 
qog‘ozlarni xarid qilish va sotishning qat’iy boshlang‘ich narxlari-
ni ochiqcha e’lon qilish;
– ularga qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish yoki sotish taklifi bi-
lan murojaat qilgan shaxslar bilan qimmatli qog‘ozlarning oldindan 
e’lon qilingan narxlari va miqdoriga muvofiq bitimlar tuzish hamda 
bunday bitimlarni tuzishdan bo‘yin tovlamaslik.
Investitsiya brokeri – tashkilotning investitsiya vositachisi 
bo‘lgan xodimi; investitsiya vositachisi – yuridik shaxs – qim-
61
matli qog‘ozlar bozorida brokerlik (va dilerlik) faoliyatini amalga 
oshiruvchi investitsiya muassasasi; yakka tartibdagi investitsiya 
vositachisi – maxsus shahodatlashdan o‘tgan, mahalliy hokimiyat 
idoralarida qimmatli qog‘ozlarning birja bozorida yakka tartibda-
gi brokerlik va dilerlik faoliyatini yuritishga ruxsat olgan jismoniy 
shaxs.
Birja a’zolarining treyderlari Savdo tizimining ish tartibiga mu-
vofiq muayyan qoidalarda belgilangan tartibda savdolarda ishtirok 
etishlariga ruxsat beriladi.
Birja a’zosining treyderi quyidagilarga ega bo‘lishi lozim:
a) qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli 
davlat organi tomonidan mutaxassisga berilgan qimmatli qog‘ozlar 
bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi I yoki II 
toifali malaka guvohnomasi;
b) treyderning attestatsiya sinovidan o‘tganligi to‘g‘risidagi bir-
ja malaka komissiyasining guvohnomasi;
d) Savdo tizimida ishlash huquqini beruvchi birja malaka komis-
siyasining guvohnomasi;
e) birja a’zosi tomonidan berilgan tegishli ishonchnoma;
f) birja a’zosi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda 
tayyorlangan va treyderga berilgan treyderning ro‘yxatga olish 
shtampi (treyder shtampi).
Birja a’zosi treyderining birja savdolarida qatnashishi uchun 
Sav do tizimiga ulanishida uning Savdo tizimiga kirishi uchun asos 
bo‘lgan hujjatlarning mavjudligi va huquqiy holati tekshiriladi. 
Birja a’zosi qonunchilik va mazkur qoidalarda belgilangan tartibda 
o‘z treyderlarining harakatlari (harakatsizligi) uchun javobgardir.
Bosh makler (maklerlar)ga qo‘yiladigan talablar birja makleriati 
to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi. Qimmatli qog‘ozlar bozorini 
tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi vakilining vakolat-
lari qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Savdolarga qo‘yish, savdo ishtirokchilarini identifikatsiyalash 
ustidan nazorat qilish hamda ularga qimmatli qog‘ozlar bilan ope-
ratsiyalarni bajarish huquqini berish birjaning bosh makleri va birja 


62
a’zolarini ro‘yxatga olish uchun mas’ul bo‘lgan birja bo‘linmasi 
tomonidan amalga oshiriladi.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling