O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
i – har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi 1 dan n gacha bo‘lgan
qanoatlantirilmagan sotib olish buyurtmalarining tartib raqami; n – har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi qanoatlantirilmagan sotib olish buyurtmalarining soni; max – har bir savdo kuni yopilishi vaqtida qanoatlantirilmasdan qolgan barcha sotib olish buyurtmalari orasidagi maksimal qiymat- li buyurtma narxi. min – har bir savdo kuni yopilishi vaqtida qanoatlantirilmasdan qolgan barcha sotish buyurtmalari orasidagi minimal buyurtma narxi, har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi qanoatlantirilmagan eng yaxshi sotish buyurtmasining narxi hisoblanadi, xususan: Za = minZai, (10) bunda Za – har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi qanoatlantirilma- gan eng yaxshi sotish buyurtmasining narxi, so‘m; Zai – har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi 1 dan n gacha bo‘lgan qanoatlantirilmagan sotish buyurtmalarining narxlari, so‘m; 55 i – har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi 1 dan n gacha bo‘lgan qanoatlantirilmagan sotish buyurtmalarining tartib raqami; n – har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi qanoatlantirilmagan sotish buyurtmalarining soni; min – har bir savdo kuni yopilishi vaqtida qanoatlantirilmas- dan qolgan barcha sotish buyurtmalari orasidagi minimal qiymatli buyurtma narxi. Har bir savdo kuni boshida Savdo tizimi oldingi savdo kuni yopilishi vaqtidagi narxlar hisoblangan listing kompaniyalari qim- madi qog‘ozlarining ochilish narxini avtomatik tarzda aks ettira- di. Sav do tizimi o‘tkazilgan birja savdolari natijalari bo‘yicha lis- tingdan tashqari kompaniyalar qimmatli qog‘ozlarining kotirovka narxini avtomatik tarzda hisoblaydi. Listingdan tashqari kompaniyalar qimmatli qog‘ozlarining kotirovka narxi quyidagi algoritm bo‘yicha hisoblanadi: a) birinchi qadam: oxirgi uch yil davomida birjada tuzilgan bitimning oxirgi narxi tanlanadi, bunda uning hisob-kitob o‘tkazi- lish sanasidagi miqdoriy hajmi emitent tomonidan chiqarilgan shu turdagi qimmatli qog‘ozlar umumiy sonining kamida besh foizini tashkil etadi; b) ikkinchi qadam: miqdoriy hajmi emitent tomonidan chiqaril- gan shu turdagi qimmatli qog‘ozlar umumiy sonining kamida besh foizini tashkil etgan bitimlar yo‘a bo‘lgan taqdirda Savdo tizimi oxirgi uch yil ichida emitentning shu turdagi qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha tuzilgan birja bitimlari asosida o‘rtacha o‘lchangan bir- ja kotirovkasidan kelib chiqqan holda qimmatli qog‘ozlarning kotirovka narxini quyidagi formula bo‘yicha hisoblaydi: S c =(x 1 · y 1 + x 2 · y 2 +...+ x n ·y n )/(x 1 + x 2 + ... + x n ) (11) bunda: S c – birjadagi o‘rtacha o‘lchangan narx; x 1 – listingdan tashqari kompaniyaning sotilgan qimmatli qo- g‘ozlari miqdori; 56 y 1 – listingdan tashqari kompaniya qimmatli qog‘ozlarining narxlari; d) uchinchi qadam: oxirgi uch taqvim yilida amalga oshirilgan bitimlar yo‘q bo‘lgan taqdirda, birja a’zosi tomonidan buyurtma kiritilgan sanadan boshlab, Savdo tizimi topshiriq (komissiya) shart- nomasi yoki qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish buyrug‘i (farmoyishi)ga muvofiq savdoga qo‘yilish narxini kotirovka narxi sifatida qabul qiladi, lekin ushbu narx qimmatli qog‘ozning nomi- nal qiymatidan past bo‘lmasligi kerak. Mazkur qoidalarda va qonunchilikda belgilangan cheklashlarni hisobga olgan holda kotirovka narxi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitim tuzish uchun foydalanilishi mumkin. Market-meyker va diler ishtirokidagi qimmatli qog‘ozlarni kotirovka qilish tartibi mazkur qoidalarga muvofiq birja tomonidan belgilanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, narxlar kotirovkasi tushunchasi- ga nafaqat talab va taklifning ta’siri ostida yuzaga keladigan bo- zor narxini aniqlash kiradi (tor ma’nodagi kotirovka), kotirovka tu shunchasi unga talab narxi, taklif narxi, birja kuni boshidagi narx va birja kuni yakunidagi narx, muayyan davrdagi narxlarning eng yuqori hamda eng past darajasi va shu kabilarning kiritilishini nazarda tutadi. Fond birjalaridan tashqari qimmatli qog‘ozlar narxlarining kotirovkasi dilerlar tomonidan birjadan tashqari bozorda amalga oshirilishi mumkin. Narxlarni emitentlarning o‘zlari tomonidan kotirovka qilish taqiqlanadi. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling